Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet11/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Fimbriy va pililar (bakteriyalarning ustki qismidagi ingichka, yo’g’onligi 3-25 nm, uzunligi 12 nm. gacha bo’lgan iplar, (pili - jinsiy fimbriy). Bakteriyalarda hivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo’lib unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo’lishi mumkin. Ularning uzunligi 0.3 – 4 mkm, eni 5 – 10 nm bo’lib, soni 100 - 200, ba’zan esa 1000 taga yetib boradi.
Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda fimbriylarning bir qancha tipi uchraydi va ular funktsiyalariga qarab farqlanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi o’rganilgan.
1 – tip ko’pgina bakteriyalarda bo’lib, ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriya hujayrasining muhit boshqa hujayraga yoki inert substratga yopishishini ta’minlaydi, suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham ishlatiladi. SHuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin.
2 – tip jinsiy fimbriy - pili bo’lib (G’), u ichi bo’sh kanaldan iborat. Bu kanaldan bakteriya kon’yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik material beradi. Pilining boshqa bir hususiyati ham bo’lib, u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi.
Bakteriyalarning sporalari va ularning hosili bo’lishi
Bakteriyalarning Bacillus, Clostridium, Desulfotomaculum avlodlariga kiruvchilari, ayrim kokklar, spirillalar endosporalar hosil qiladi. Sporalarning shakli yumaloq yoki ellipsimon bo’ladi. Ular tashqi muhit sharoitiga chidamli bo’ladi. Sporalar nur sindiradi va shuning uchun mikroskop ostida kuzatilganda yaltirab ko’rinadi. Bakteriya hujayrasi odatda bitta spora hosil qiladi. Ammo Clostridium ning ba’zi turlarida bir va undan ko’p sporalar hosil bo’lishi aniqlangan. Bakteriyaning oziqa muhitidan kerakli moddalarni olishi qiyinlashsa yoki modda olmashinuvida ko’p mahsulotlar hosil bo’lsa, spora hosil qiladi.
Demak, spora hosil qilish – bakteriya hujayrasi uchun noqulay sharoitga moslashishdir. Spora hosil bo’lishi sharoitga bog’liq. Sporalar, vegetativ hujayralar nobud bo’ladigan sharoitlarda ham tirik qoladi. Ular quritish va bir necha soat qaynatishga ham chidamli.
Sporalarni o’ldirish uchun, ular 120S issiqlikda, 1 atm bosimda sterillanadi. Bunday sharoitda spora 20 minut davomida nobud bo’ladi. Quruq holatda, ularni o’ldirish uchun 150-160 S issiqlik va qizitish muddati esa bir necha soat bo’lishi kerak.
Spora hosil bo’lish jarayonida, hujayrada dipikolin kislotasi (piridin 2,6 – dikarbon kislota) hosil bo’ladi. Dipikolin kislotasi sporaning 10-15% ini tashkil qiladi. U sporaning markaziy qismida hosil bo’ladi. Dipikolin kislota Sa2 ionlari bilan kompleks (Sa  DPK) hosil qiladi. Bu kompleksda magniy, marganets va kaliy miqdorining oshishi sporani noqulay sharoit va issiqlikka chidamliligini oshiradi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish