Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet112/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Ishning borishi: Bu mashg’ulotni o’tkazish uchun quyidagi shartlarga amal qilish kerak: anorganik tuzlardan oziq modda tayyorlash;
oziq modda tarkibida organik moddalar bo’lmasligini ta’minlash;
uni havo bilan yetarlicha darajada ta’minlash;
oziq modda tarkibida ishqoriy sharoit yaratish uchun unga oq bo’r qo’shish; bakteriyalarning rivojlanishi uchun zarur haroratni yaratish.
Nitrifikatsiya jarayonining birinchi fazasida ishtirok etadigan bakteriyalarni to’plash uchun 100 ml suvga tubandagi tuzlar kristali qo’shib eritiladi.
NaNO2 – 0.1 g K2HPO4 – 0.05g
Na2CO3 – 0.1 g MgSO4 – 0.03 g
NaCL – 0.05 g FeSO4 7H2O – 0.04 g
Tayyorlangan eritmalar Vinogradskiy kolbalariga 5-10 ml dan quyiladi va har biriga bir chimdimdan tuproq qo’shib aralashtiriladi, so’ngra kolbalarning og’zi paxta tiqin bilan berkitilib, 300 issiq termostatga joylanadi. Oradan 15-20 kun o’tgach, birinchi fazada nitrit, ikkinchi fazada nitrat kislota hosil bo’lganligi kuzatiladi va bu jarayonnining qo’zg’atuvchi bakteriyalar bilan tanishiladi.
Buning uchun oq chinni likopchaga birinchi kolbadagi suyuqlikdan bir necha tomchi quyilib, ustiga Nessler reaktivi tomiziladi. Agar ammiak oksidlanmasdan qolsa, suyuqlik qizg’ish jigarrang yoki zarg’aldoq tusga kiradi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi:
NH3 + 2(HgI2 + 2KI) + 3KOH → NH2HgIO + 7KI + 2H2O
Qizg’ish –jigarrang yoki zarg’aldoq
Yuqoridagi usulda tayyorlangan eritmada nitrit kislota bor-yo’qligi, rux-yod-kraxmal reaktivi yordamida aniqlanadi. Buning uchun oq chinni ustiga bir tomchi rux-yod-kraxmal eritmasi va bir tomchi suyultirilgan sulfat kislota tomizib aralashtiriladi. So’ngra birinchi kolbadagi eritmadan bir necha tomchi olib, unga quyiladi. Nitrit kislota ta’sirida suyuqlik ko’karib qoladi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi:
ZnCL2 + ZnI2 + 2H2SO4 → 2ZnSO4 + 2HCL + 2HI;
2HNO2 + 2HI → 2H2O + 2NO + I2 J2 + (C6H10O6)n → ko’karadi.
Ikkinchi kolbada nitrat kislota borligini aniqlash uchun quyidagi reaktsiyalar o’tkaziladi:
Likopchaga 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizilib, unda difenilamin kristallari eritiladi. So’ngra tayyorlangan eritmaga tekshiriladigan suyuqlikdan ozgina qo’shiladi. Agar tekshiriladigan eritma tarkibida nitrat kislota bo’lsa, u holda eritma dastlab ko’kish-binafsha va keyinroq ko’kish qo’ng’ir rangda tovlanib, turadigan bulut hosil qiladi. Biroq nitrit kislota bilan ham shunday reaktsiya boradi. SHu sababli eritmadagi nitrit kislotani yo’qotish kerak. Buning uchun tekshiriladigan eritmaga 10% li ammoniy xlordan bir oz qo’shib, aralashma qizdiriladi.
Kichik probirkaga FeSO4tuzining to’yingan eritmasidan quyib, unga tekshiriladigan suyuqlik aralashtiriladi. So’ngra bu aralashmaga juda ehtiyotlik bilan kuchli sulfat kislota qo’shiladi. (Sulfat kislotani probirka devori bo’ylab quyish kerak). Agar reaktsiya natijasida aralashmada qo’ng’ir rangli xalqa hosil bo’lsa, bu hodisa nitrat kislota borligini ko’rsatadi. Bu reaktsiya faqat nitrat kislotaga xos bo’lib, quyidagicha boradi:
6FeSO4 + 2NaNO3 + 4 H2SO4 → 3Fe2(SO4)3 + Na2SO4 + 4H2O + 2NO;
2NO + 2FeSO4 → 2[Fe(NO)SO4]
Nitrifikatsiya jarayonini qo’zg’atuvchi bakteriyalar bilan tanishish uchun birinchi va ikkinchi kolbadagi eritmadan ikkita buyum oynasiga bir tomchidan tomizib, mazok tayyorlanadi. Mazok TSil fuktsini bilan bo’yaladi va immersion sistemada kuzatiladi. Birinchi kolbadagi nitrozomonas (Nitrosomonas) bakteriyalari ingichka va uzun tayoqchalar shaklida ko’rinadi.

Nazorat uchun savollar:


1. Nitrifikatsiya nima?


2. Nitrifikatsiya jarayonida qanday bakteriyalar ishtirok etadi?
3. Nitrifikatsiya jarayoni necha fazadan iborat?

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish