Gripp kasalligini qo’zg’ovchi viruslar.
Gripp kasalligini qo’zg’ovchi virus Pneumohilus gripsus bo’lib ko’rinishi shar shaklida diammetri 80 dan 120 nm, goho ipsimon formasi ham uchrab turadi. Bu virus tovuq tuxumini Ollontolik qobig’ida maymun buyragida o’stiriladi. Hozirgi vaqtda bu grippni bir qancha serologik-A.B.C turlari antigenlik xususityatiga ega bo’lganlari uchrab turadi. Ushbu gripp virusini hayvonlar organizmiga ekish bilan odamlarga nisbatan o’z patogenlik xususiyatini yo’qotadi ya’ni (vaktsina) olinadi. Virusni hayotchanligi uncha yuqori emas. U 600 qizdirilganda 30 minutda o’ladi. Ulьtrabinafsha nurlariga, trietilenglikolga, formalinga, spirtga, kislota va ishqorlarga turg’un emas.
Epidemiologiyasi–bu kasalliklarga sichqonlar, buzoqlar, cho’chqa, oq sichqon, tipratikan va mushuklar o’ta beriluvchan. Odamlarda bu gripp burun bo’shlig’ini shilliq pardasida, xalqumida yaxshi rivojlanadi. Bu gripp odamlarda juda tez tarqaladi. Ma’lumotlarga ko’ra aholini 50% gacha kasallantirishi aniqlangan. SHunga ko’ra uni 2 guruhi mavjud.
Bir yarim oy mobaynida juda tez tarqalib va tez pasayadi.
Bu tur gripp juda sekin ko’tarilib va juda sekinlik bilan kamaya boradi. Uni gurkirab ko’tarilishi 3-6 oy mobaynida bo’ladi. Grippni spontal ko’payishi har bir ikki yildan keyin takrorlanib turadi. (A-tipi) grippni (V-tipi) har 3-6 yilda qaytariladi.
Klinikasi-gripp virusi kutilmaganda birdaniga ko’payishiga sabab inkubatsion davrni qisqaligidadir. Kasallangan odamni tana xarorati 39-400 S gradusga chiqib ketadi. Uni belgilari qulog’i shang’ilaydi, boshi og’riydi, burundan suv oqadi, yo’taladi, ba’zan kasalni burnidan qon keladi.
Kasallikni diagenozi. Gemogglyutinatsiya orqali va sivorotka yordamida aniqlanadi.
Kasallikni davolashda aerozol va grippga qarshi sivirotkalar qo’llaniladi. Dori – darmonlardan Penitsilin, biomitsin, tetrotsiklin va boshqalar qo’llaniladi.
Quturish kasalligini qo’zg’ovchi viruslarni xarakterli xususiyatlari.
Quturish kasalligini – Neuroryctes robiei eng katta virus bo’lib uni uzunligi 100–150 nm. Ko’ndalang kesimi 60 nm, ba’zan 300 nm gacha borligi kuzatilgan. Kasal odamda yoki hayvonda virus bosh va orqa miyada ko’payadi. Kamdan-kam qonda uchraydi. Hayvonlarni so’lagida ko’p miqdorda va doimo uchraydi. Bu virusni xarakterli xususiyatlaridan biri tsitoplazmada qora tana hosil qilishi, bu tanani uni topgan odam nomiga qo’yilib Babesh-Negri deb ataladi. Quturish kasallini virusi sichqonlarni miya po’stida, jo’jada, quyonda, Dengiz cho’chqasini, inson organlarida ham o’stirib ko’paytiriladi.
Quturish virusi sovuqqa chidamli 600S issiqda tez o’ladi. 50% glitsirinda oylab yashaydi, 1% fenol ta’sir qilmaydi, margansovka, barot kislotasi, xloromin, sovunli krezolni (1-2%) 10-12 minutda o’ldiradi. Quyosh yorug’i ultrobinafsha nurlar tezda nobud qiladi.
Epedimologiyasi. Quturish kasalligini virusi bo’rini, itni, tulkini, mushukni tezda kasallantiradi. Huddi shuningdek ot, qo’y, echki, tuya, ko’rshapalaklar ham kasallikka beriluvchandir.
Kasallanish asosan quturgan hayvonni tishlashidan yoki tanani biror yeri jarohatlangan bo’lsa, kasaldan sog’ odamga yuqishi kamdan-kam uchraydi. Asosan it tishlashidan yuqadi.
Klinikasi. Virusni inkubatsion davri itlarda 10-60 kungacha. Bu davrda it achchiqlanadigan, ko’z qorachig’i kengayib og’izdan ko’p so’lak oqadi. Kasallik boshqa hayvonlarda otda, molda, cho’chqada va mushukda daxshatli kechadi. Bunday hayvonlar 4-5 kunda o’ladilar. Tekshirganda qorinda tosh, somon va boshqa qoldiqlar bilan Babesh-Negri tanachani bo’lishi bilan asoslanadi.
Odamda quturish kasallini virusi it tishlanagandan so’ng 12–99 kunda agar yuqori qismni boshni, quloqni tishlasa, kasallik alomatlari juda tez nomayon bo’ladi. Kasallikni namoyon bo’lishi it tishlagan yerni og’rishi, tushkunlikka tushishi, uyqusizlik, ko’ngil aynishi dastlabki ko’rinishidir. Kasallangan odam biroz vaqt o’tgach xushdan ketishi, chanqov, suvni ko’p ichishi yuqoridagi xolatlarni eshitsa-ko’rsa qaltirash boshlanadi.
Aniqlash-(diagonastika) kasal odamni tiriklik davrida klinik belgilarga qaraladi. Eng asosiysi laboratoriyada Babesh-Negri tanasini bo’lishi yana biopreporatlar tayyorlash miya qobig’i va so’laklar aniqlanadi.
Bashoratlash-kasallikni davolashni foydasi kamroq, kasallangan hayvon oxiri baribir o’ladi.
Joriy davolash: proflikatik Vaktsinatsiya qilish. 0,5% xenol (gammogen 5%) quyon yoki qo’y miyasidan tayyorlangan modda bilan emlash (pririvka) U teri ostiga 10-20 in’eksiya beriladi. Bir hafta davomida buni hamma odamga hayvonlarga balki taxmin qilingan kasalga ham in’eksiya qilinadi.
Quturgan molni suti, go’shti eyishga ruxsat beriladi, qachonki uni issiqlik bilan ishlov berilgan, kallasi esa tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |