Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet108/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Ishning borishi: Go’sht peptonli bulьonda asosan hamma geterotrof organizmlar o’sa oladi, uni tayyorlash uchun paylardan, suyaklardan tozalangan mol go’shtidan 0,5 kg olib go’sht maydalagichdan o’tkazilib bir litr vodoprovod suvida bir kun davomida qaynatiladi. So’ngra uni doka suzgichdan o’tkazilib suv xammomida 30 minut qaynatiladi.
Tayyor bo’lgan bulьon yana bir metkaga yetkazib 5 gr Osh tuzi 10 gr pepton solib eruvchan oqsillar cho’kmaga tushirish uchun 1 atom bosimda 20 minut sterillanadi. Odatda tayyorlangan bulьon nordonroq (kislotali) bo’ladi. Bu esa ko’pchilik bakteriyalar uchun noqulay muxit, shuning uchun 1% li natriy bikorbanat bilan netrallanadi. Keyin filtrlanib yana bir atmosfera bosimda sterillanadi.
Yuqoridagi usul biroz uzoq vaqt talab qiladi. Biroq hozirgi vaqtda bulьon kubiklari magazinlarda sotiladi. Bir litr bulьon tayyorlash uchun 2 dona kubik eritilsa, bunga osh tuzi solinmaydi faqat kislotali xususiyati tekshiriladi.
Go’sht peptonli agar (MPA) tayyorlash.
MPA ozuqa muhiti universal ozuqa bo’lib, u 100 S da eriydi. Buning uchun asosiy yuqoridagi usulda tayyorlangan GPB bo’lib unga 2% agar qo’shilib eritiladi. Issiq erigan GPA ni 10% li soda natriy bikarbonat bilan neytrallanadi so’ngra filьtrlanib 1 atmosfera bosimda 20 minut sterillanadi.
Agarli sof ozuqa tayyorlash.
Bir litr suvga 2% hisobidan agar solib, ochiq avtoklavda 1000 S da eritiladi. Issiq holda qog’oz filьtr yordamida filьtrlanib 1 atmosfera bosimda sterillanadi. Bu usulda tayyorlangan agarni turli guruh mikroorganizmlarni saqlash uchun ishlatish mumkin.
Loviyali agar tayyorlash usullari.
Bir litr vodoprovod suvida 100 gr loviya solib sekin, loviyalar yorilmasligi taminlangan xolda qaynatiladi, chunki kraxmal koleystrga aylanmasligi kerak. Loviya qaynatmasini issiq xolda filьtrlanadi, bunga 2% agar qo’shib avtoklavda sterillanadi. Bu ozuqani agar qo’shmay ozuqa sifatida ishlatish mumkin.
Kartoshkali ozuqa tayyorlash.
Kartoshkadan tayyorlangan ozuqani tarkibida oziqali moddalar ko’pligidan unda ko’pchilik geterotrof organizmlarni o’stirish mumkin. Buning uchun zararlanmagan kartoshkani tuganagidan olib po’chog’ini tozalab, agar ekiladigan bakteriya Petri kosasida bo’lsa, kartoshka pallasi tayyorlanadi. Agar bakteriya o’stirish probkaga mo’ljallangan bo’lsa, u holda sverlo yordamida probka olinib uni teng o’rtasidan ikkiga bo’lib, tekis tomoni tepaga qaratilib xuddi suyri (kosak agar) agarga o’xshatib probirkaga joylashtirib 1 atmosfera bosimda 30 minut sterillanadi.
Izoh: kartoshkani sterillash tezlashtirilsa, ustki qismi qorayib foydalanishga yaramay qoladi.
Pivo suslosiva SA Suslo agarli ozuqa tayyorlash
Pivo zavodlarida tayyorlangan xom pivo ya’ni suslo olib 6-7S (Baling bo’yicha)ga kelguncha suyultirib ko’p mikroorganizmlarni o’stirish mumkin. Undan agarli qattiq ozuqa tayyorlash uchun 2% agar qo’shiladi (SA). Buni ochiq avtoklavda qaynatiladi. Suslo agar sut kislotali va achitqilar uchun juda yaxshi ozuqa hisoblanadi. SHuni eslab qolish kerakki, agar SA da achitqilarni o’stirmoqchi bo’lsangiz undagi qand miqdori esa 8-12% bo’lishi kerak. SHuning uchun foydalaniladigan SA da qand miqdorini aniqlash kerak.
Sutli ozuqa muhit tayyorlash.
Sutda miroorganizmlar uchun deyarli hamma ozuqalar bor, ayniqsa geterotrof organizmlar uchun qulay ozuqa hisoblanadi. Bunday ozuqani achimagan sutdan har bir probirkaga 10 ml quyib paxta probka bilan berkitib, Tindal usulida (Kox apparatida) sterillanadi.
Agar sutli ozuqani yuqori haroratda sterillansa, sut tarkibidagi qand karamelizatsiyaga uchraydi va sut rangi o’zgarib qoladi. Sut kislota hosil bo’lganini aniqlash uchun sterillashdan oldin unga lakmus eritmasini 5% lisi quyiladi. Agar sut kislotasi hosil bo’lsa faqat ivib qolgandan balki sut rangi qizil tusga kirishidan bilish mumkin.
Ozuqalarni idishlarga quyish.
Ozuqalarni avvalo katta idishlarda (1–1,5 l) kolbalarda tayyorlanadi. Ishlashdan oldin sterillangan sutni probirkaga yoki chashkalarda quyiladi. Qattiq ozuqalar oldin qizdirib suyultiriladi so’ngra idishlarga quyiladi. Agarli ozuqalarni ochiq avtoklavda eritib qo’yilgan ma’qulroq bo’ladi. Jelatina suv xammomida tez eriydi. Ya’ni 25–30 S da. Ozuqalarni quyishda sterilizatsiya qoidalariga rioya qilib, quyishdan oldin kolbani og’zi gaz alangasi ustidan o’tkazib olinadi. Paxtali probka esa gaz alangasida biroz quydirib olinadi.
Probirkaga quyilayotganda probirkani paxtali probkasi sinchalak va undan keyingi barmoq bilan qo’l kaftiga bosib turiladi. Oziqalar quyib bo’lingach quyidagicha sterillanadi: to’g’ri yarim to’ldirilgan (talab miqdorga qarab) probirkalar shtativga qo’yiladi. Yassi egri (kosyak) olish uchun probirkalar qiyshiq qilib yotkiziladi. Probirkadagi ozuqa miqdori 1 sm3 dan kam bo’lmaslik, hamda agarli ozuqani tepa qismidan oxirigacha 3–4 sm uzunlikda bo’lishi kerak.

Nazorat uchun savollar


1. Ozuqalar tayyorlash va go’sht peptonli bulьon tayyorlash (GPB) qanday bajariladi?
2. Agarli sof ozuqa tayyorlash qanday bajariladi?
3. Loviyali agar tayyorlash usullari qanday amalga oshiriladi?
4. Kartoshkali ozuqa tayyorlash qanday bajariladi?
5. Pivo suslosidan zamburug’lar uchun SA oziqa tayyorlash usullari qanday amalga oshiriladi?
6. Mikroorganizmalarning oziq muxit tarkibida qanday elemintlar uchraydi?
7. Oziq muhitlari necha usulga buladi?.
8. Mikroorganizmlarning boyitilgan kul’turasini olish uchun qanday oziqli muhitlarga ekiladi?.
9. Suyuq ba qattiq oziq muhitlarni qanday tayyorlash mumkin.







Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish