Gaz holdagi chiqindilarni tozalash va qayta ishlash
Sanoat korxonalari atmosfera havosi tarkibiga chiqarayotgan zaharli gazlarni mumkin bo’lgan me’yoriy miqdorda bo’lishini ta’minlash maqsadida turli xildagi tozalash usullaridan foydalaniladi. Bu usullar sanoat korxonalri tomonidan chiqarilayotgan zaharli gazlarning tarkibiga qarab tanlanadi.
Sanaot korxonalari chiqarayotgan zaharli kimyoviy gazlar tarkibiga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin. Sanoat chiqindi gazlarni tarkibidagi zararli qo’shimchalar ikki guruhga bo’linadi:
1. mayda zarrachalar (aerozollar), changlar, tutun va tuman;
2. gaz va bug’ holidagi birikmalar;
Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo’lgan qattiq hamda suyuq zarrachalardan iborat bo’lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema chiqindilari bilan birga chiqadi. Anorganik changlar esa, sanoat chiqindilarida metall va uning rudalari alyumosilkatlar turli mineral tuzlar o’g’itlar karbidlar va shunga o’xshash anorganik birikmalarni qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
Organik tavsifga ega bo’lgan changlarga ko’mir, torf, slanes, pista ko’mir va qurum kiradi Sanoat chiqindi gazlaridagi tumanlar asosan sulfat hamda fosfat kislotalardan iborat.
Ikkinchi guruhga gaz hamda bug’ holidagi qo’shimchlar birmuncha ko’p bo’lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz holatidagi oksidlar aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, piridinlar kiradi.
Birinchi guruh organik yoki anorganik xususiyatga ega bo’lgan qattiq hamda suyuq zarrachalardan iborat bo’lib, ular havoga gazlar hamda ventilyatsion sistema chiqindilari bilan birga chiqadi. Anorganik changlar esa, sanoat chiqindilarida metall va uning rudalari alyumosilkatlar turli mineral tuzlar o’g’itlar karbidlar va shunga o’xshash anorganik birikmalarni qayta ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
Organik tavsifga ega bo’lgan changlarga ko’mir, torf, slanes, pista ko’mir va qurum kiradi Sanoat chiqindi gazlaridagi tumanlar asosan sulfat hamda fosfat kislotalardan iborat.Ikkinchi guruhga gaz hamda bug’ holidagi qo’shimchlar birmuncha ko’p bo’lib, ularga asosan kislotalar, kolloidlar va kolloidli hosilalar hamda gaz holatidagi oksidlar aldegidlar, ketonlar, spirtlar, uglevodorodlar, aminlar, piridinlar kiradi.
Sanoat chiqindi gazlari tarkibidagi zararli birkmalar odam, o’simlik hamda hayvonlar uchun zararligidan tashqari, bu chiqindilarning iqtisodiy ziyoni ham bor.
Chunki bu chiqindi gazlar bilan birgalikda to’planib bo’lmaydigan holatdagi ko’p foydali birkmalar organik erituvchilar, metallar, oltingugurt oksidlari havoga chiqarib yuboriladi. Masalan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda havoga chiqarib yuborilayotgan oltingugurt miqdori shu mamlakatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan oltingugurt miqdoridan ko’p.
Bundan tashqari, havo tarkibida turli kimyoviy moddalar bo’lganda metallar tez zanglaydi masalan, sanoat rayonlarida po’lat qishloq yerlariga qaraganda 3-4 marta tez zanglaydi.
Chiqindi gaz tarkibidagi zararli birikmalarning tavsifiga qarab, ularni tozalash usullari uch turga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |