Zardushtiylik
Zardushtiylik,majusizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi.
[1]
Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot
xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan,
Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta
Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi
"Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni
"majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik"
esa "majusiylik" sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi
oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib
chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi
sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb
qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu
oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi.
Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa
sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar
podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam
mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va
Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin
Islom dini
hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin
qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon
viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115
mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar
mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb
hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda
tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan
qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi oqimga asos soldi. Zardushtning
tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb
teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan
zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan
zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi
qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning
ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar.
Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda
Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan
Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian
vedja»)da yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham
maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar
boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun barcha
narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z
to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida),
Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan
mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.
Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga
ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni
davlatga ketadi.
1. Hamidjon Homidiy.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988; Avesto (Askar
Mahkam tarjimasi). T., 2001; Avesto (Mirsodiq Ishoqov tarjimasi), T., 2001; Homidov H.,
Avesto fayzlari, T., 2001; Boboyev H., Hasanov S, Avesto — maʼnaviyatimiz sarchashmasi, T.,
2001.
Manbalar
Adabiyot
Havolalar