Zardushtiylik



Download 462,95 Kb.
bet2/2
Sana09.12.2021
Hajmi462,95 Kb.
#190232
1   2
Bog'liq
Zardushtiylik

Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.

Zardushtiylik ta’limoti asoslari muhaddas Avesto (kadimgi fors tilida — o‘rnatilgan, qatiy kilib belgilangan qonunqoidalar degan ma’nolarni anglatadi) to‘plamida bayon kilingan. Avesto matnini tuplash ishlari taxminan 2700 yil oldin boshlangan. To‘plamnig‘" matni dastlab midiya, baqgriya, so‘g‘diyona tillarida yozilganligi taxmin qilinmokda. Miloddan avvalgi IV asrda to‘plamni tuzish ishlari yakunlangan, lekin matniga qo‘shimchalar kiritish asrlar osha davom etgan. Sh u bois Avesto biz uchun o‘ziga xos yilnoma vazifasini o‘gaydi. Bizgacha yetib kelgan Avesto matnlarining eng qadimgi


qo‘lyozmalari milodiy III—IV asrlarda dastxat qilingan. Sh uningdek, Eron va Hindistonda hozirgi zardush tiylar jamoalarida qo‘llaniladigan muqaddas to‘plamning matnlaridan ham foydalanilgan. Zardush tiylikka e’tiqod qiladigan har qaysi elat yoki millat Avestoga qo‘sh imchalar kiritganlari sababli matnlarda tafovutlar bo‘lishi mu kim. Yevropa olimlari tarjima qilgan muqaddas to‘plamning nusxalari
asosan Hindistondagi zardushtiylar jamoalarida Saqlanib qolgan nusxalaridir.
Tarixiy manbalarda qayd etilish iga ko‘ra, Ahmoniylar imperiyasini va Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan makedoniyalik Iskandar Zulqdrnayn (miloddan avvalgi 334— 327 yillar) 12 ming bukr terisiga yozilgan Avestoning nodir nusxasini qo‘lga kiritgan. Matnlar Iskandarda katga qiziqish uyrotgan. Shu bois uning bir qismini grek tiliga tarjima qildirgan. Tarjima qilinmagan matnning katta qismi esa yo‘q qilingan. Lekin Avesto matnining keng ko‘lamda yo‘q qilinishi islomning yoyilishi davridan boshlangan. Avesto 21 qism (nask)dan iborat to‘plam bo‘lib, bizga qadar uning to‘rtta qismi yetib kelgan: «Vandidot», «Yasna», «Visprat», «Yasht» nasklari.

Ma’lumki, milliy g’оya va mafkuraning tariхiy shakllari va ko’rinishlari хalqimizning ko’p ming yillik o’tmishi davrida rivоjlaiib kеldi. Qadimgi Хоrazm, So’g’diyona va Baqtriyada ilk bоr shakllangan, ajdоdlarimiz tоmоnidan bundan 2700 yil оldin yaratilgan dastlabki yozma manba - «Avеstо» kitоbida ham ezgulik g’оyalari ilgari surilgan. Yaхshilik bilan yomоnlik o’rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Zardushtiylikning ezgulik va insоnparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islоm dini kirib kеlgunga qadar asоsiy g’оyalar edi. Shuningdеk, turkiy xalqlar o’rtasidagi Ko’k tangrisiga (оsmоn va quyoshga) sig’inish (shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e’tiqоd sifatida zardushtiylik bilan yonma-yon yashab keldi.

Zardushtiylikning vujudga kelishi

Reja:


1.Zardushdiylikning vujudga kelishi.

2.Zardushtiylik dinining asosiy ta’limoti.



3.Zardushtiylik o’rta osiyodagi o’rni
Download 462,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish