«Avesto» da ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarining yoritilishi.
Endi ma‘rifat masalalari va ularning bizning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
«Avesto» da eng avvalo ma‘naviy komil, adolatparvar insonni shakllantirish asosiy ol uynaydi. Bu kitobda Xalqimizning qadimiy muhim ma‘naviy qadriyatlari hisoblangan yaxshilik,xojatbarorlik, insonparvarlik, xalollik va poklik, pand-nasixat shakllari mavjud. Yaxshilik va ezgulik uchun kurash muhim insoniy qadriyatlarning shakllanishida asos bulib xizmat kiladi, deb karaladi. 15 yosh balogat yoshi hisoblangan, ular inson tanasidan olingan soch, tirnoklarni makrux deb karashgan va ularni o’zokrok joyga kumganlar.
«Avesto» da, ezgulikni barkaror kila oladigan adolatparvar insonni shakllantirish g’oyasi mavjud. Shu asosda insonning bunyodkorlik, yaratuvchanlik mexnati uluglanadi. Mexnatni, kasb xunarni yaxshilik, moddiy noz-ne‘matlar manbai deb biladi. Inson saxovatli bo’lishi uchun avvalo mexnat qilishi, o’z kuli bilan noz-ne‘matlar, moddiy boyliklar yaratish zarurligini uktiriladi. «Avesto» da dexkonchilik yaxshilik belgisi deb karalib, don ekkan kishi takvodorlik urugini ekadi. Bunday insonlar Axuramazdaga ixlosmandlik e’tiqodini olga suradi va imonini oziklantirib savobni kupaytirib boradi. Bunga misol: un ming marta ibodat qilish bilan barobar, yo’zlab qurbonlik qilishga teng bo’lgan savobga ekin ekkan kishi ega bo’ladi. Mexnat qilish – yerdagi yovo’zlikni yo’qotishdir, deb xisoblanadi. Galla yerdan unib chikkanda, - deyiladi «Avesto» da devlar larzaga keladi, galla urib olinayotganda nola-faryod chekadi, galla yanchib un kilinayotganda devlar xalok bo’ladi…» , degan fikrlarda mexnatning uluglanganligini kurish mumkin. Bu goyada moddiy hayotni yaxshilashga intilish, kurik yer ochib, boglar va ekinzorlarga aylantirish iloxiyat raxmatiga ega bo’ladi, deb xisoblanadi.
«Avesto»da inson axloki-odobi, ma‘naviyati kuyidagi uch fikrda yoritiladi Gumata-yaxshi fikr: Gvarshta-yaxshi ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon- shavkat bahsh etaman», deb ta‘kidlaydi Axura Mazda.Yaxshi fikr deganda fikrning sofligi kishilarga mexribonlik, muxtojlik va xavf-xatar ostida kolganida yordam berishga shaylik, kishilar baxt saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan axil va totuv yashash va boshkalar tushuniladi.
Yaxshi so’zlar deganda esa, so’zning shirinligi o’z va‘dasiga rioya qilishi, so’zining ustidan chikish, savdo sotik ishlarida xalol bo’lish, karzni o’z vaktida tulash, ugirlik va talonchilik kilmaslik, bo’zuklikdan o’zini tiyish va xokazolar tushunilgan.
Yaxshi ishlar deganda insonning o’z xatti harakatida yaxshi fikr va yaxshi so’zlarida ilgari surilgan barcha ijobiy yul- yuriklarga ogishmay amal qilishi nazarda tutilgan.
Zardushtiylikda inson odob- axlokida xayvonlarga nisbatan ham shafkatli bo’lishlik talab kilinadi. Xayvonlarni kaltaklash va kiynash gunox, deb xisoblanadi. Foydali xayvonlar haqida gamxurlik qilish, ularga o’z vaktida ovkat berib turish va yirtkich xayvonlardan kuriklashga da‘vat etiladi.
«Avesto»da tozalik, poklikka aloxida etibor karatilgan. Tuprok, suv xavo va olov mukaddaslashtirilib, ularni xar jixatdan pokiza saklashga va tuprokni obod qilishga uringanlar. Olov inson gunoxini tozalovchi sexrli kuch deb hisoblangan. Ibodatxonalarda mangu olov yonib turgan. Tuprok va xavo shunday e‘zozlanganki, xavoni bulgash, xayvonlar uligini suvga okizish jinoyat hisoblangan. Hayotning manbai bo’lgan ona zaminni zur mexr- muxabbat bilan e‘zozlaganlar. Xatto xovo’zdan yuvilmagan iflos ko’zada suv olgan kishi 5 darra urilish bilan jazolangan. Insonlar yashaydigan xonada yuvinish, poklanish kat‘iyan koralangan. Bunday ma‘naviy xislatlar bugungi hayotimiz uchun ham bebaxo ahamiyat kasb etadi
«Avesto»da inson naslining sog’lomligiga ham aloxida etibor berilgan va kattik nazorat kilingan. Shu borada xozirgi meditsina fani aka-uka, yakin karindoshlar urtasidagi kudachilik munosabatlari, kelajak avlodning sog’lom, tula-tukis bulib tugilishiga salbiy ta‘sir kursatishini tulik aniqlagan. Bu xodisani bizning ajdodlarimiz usha zamondayok allakachon aniqlaganliklari xozirgi zamon kishisini xayratga soladi. Kolaversa, yakin kishilarning nikoxi masalalarida ma‘naviy jixatdan ham mas‘uliyat borki, bunga inson kalbi yul bermasligi kerak. Kurinadiki, Urta Osiyoda oila va nikox masalalariga muhim ahamiyat berilgan. Oila va nikox yaratuvchining talabiga mos kelganligi bois uni bo’zish takiklanib, mukaddaslashtirilgan. Agarda oilada er yoki xotin axloksizlik (bo’zukchilik) sodir etsa, unday kishilar tayok bilan urib jazolangan. Shunday choralar orkali oila mustaxkamligi uchun kurash olib borilgan.
Bu goyada axolining kupayishiga ham aloxida ahamiyat berilgan. Kasddan uylanmaydigan yigitga va kasddan erga chikmaydigan kizlar ham ellik darradan urilish bilan jazolangan. Uylanmagan yigitga beliga temir kamar boglab kuyishi shart bo’lgan. Farzand kurish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni uylab ish tutish kabilar ham umuminsoniy fazilat ekanligi kayd etilgan. Bu borada Zardusht Axuramazdadan serfarzand xonadonga nima berasan?, deb suraganda, u: «bunday odamlarni o’z ximoyamga olaman, hayotini farovon, rizkini mul kilaman», deb javob bergan ekan.
«Avesto»da kadimgi tabiblarning kasamyodi va tabobat ramzi sifatida ilon va jom belgisi bo’lganligi ta‘kidlanadi. Demak, tibbiyot kasamyodi va ramzi G’arb olimi Gippokratdan emas, balki bu bizning ajdodlardan boshlanganligini kursatadi. Bu ham bizning ma‘naviyatimizning qadimiyligini kursatuvchi dalillardan biridir.
Zardushtiylikda kabristonlar axoli turar joyidan chetda, tepalik joyda bo’lishi kerakligi aytilib, u yerda mevali daraxt ustirish ta‘kiklanadi. Kitobda ilm-ma‘rifat va xunarni boshkalarga urgatish zarurligi aloxida uktirilgan.
Qadimgi va ma‘naviy taraqqiyotga erishgan. O’z davlatchiligiga ega bo’lganligi sababli bu yerlik Xalqlarda diniy e’tiqodlar, urf-odatlarni saklab kolish va rivojlantirish aloxida ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, bugungi umumXalq bayramimiz Navro’z ham zardushtiylik davrida yangi yil kirgani deb nishonlashgan qadimiy ma‘naviy udumdir. Navro’zda tabiatning kayta uygonishni ezgulik deb karab, uni bayram qilishi shart, deb bilishgan. Markaziy Osiyo kupdan-kup e’tiqodlar,diniy-falsafiy ta‘limotlar va «Avesto»ning ham asl vatanidir. Shu bilan birga ta‘kidlash kerakki, Markaziy Osiyo nafaqat Sharqning, balki bir butun dunyo Xalqlarining ham madaniy markazi xisoblanadi.Buni olim N.N.Kondradning adolatli yozishicha, Markaziy Osiyo dunyo madaniyatining uchoklaridan biri bo’lgandir kabi fikrlari isbotlab turibdi. Darhaqikat, insoniyat tarixi, madaniyati,falsafasi va ma‘naviy hayoti taraqqiyotida Markaziy Osiyo madaniyati,diniy e’tiqodlari,shu jumladan Zardushtiylik va uning noyob kitobi «Avesto»ning ta‘siri bekiyosdir.
Haqikatdan ham Xalqimiz o’zining kimligini aniqlash uchun «Avesto» kabi utmishi, qadimiy madaniyati, ma‘naviy merosi, tarixiy qadriyatlarini o’rganishi lozim. Bu borada sunggi ilmiy ma‘lumotlarda Zardushtiylikning asosiy akidalari va uning «Avesto» yodgorligi kadimgi Yunon falsafasi rivojiga sezilarli ta‘sir kilganligi ta‘kidlanmokda. Jumladan, olima Fozila Sulaymonovaning «Sharq va G’arb», «Nur Sharqdan taraladi» kabi asarlarida ta‘kidlanganidek Markaziy Osiyo Xalqlarining qadimiy dini zardushtiylik Ovrupaning kuxna madaniyati, uning beshigi hisoblangan yunon madaniyatiga sezilarli ta‘sir kursatgan. Yakin vaktlarga kadar Misr fani Yakin Sharq madaniyati ta‘sirida shakllangan, degan fikr xukmron bo’lgan bulsa, sunggi ilmiy tadkikotlarda unga aniqlik kiritilib, asosiy ta‘sir miloddan avvalgi 7-6 asrlardayok Zardushtiylik ta‘limotidan bo’lgan, degan goyalar ilgari surilmokda.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Zardushtiylik dinining «Avesto» kitobida ajdodlarimizning bir necha ming yillik ma‘naviy merosi o’z aksini topgan bulib, ezgulik va yovo’zlik urtasidagi kurash oqibatida karor topadigan tugri yul, yaxshilik tomonida turib kurashishga boglik degan goya olga surilgan. Bu goya umumbashariy dolzarb masala bulib, jamiyat uchun zarur bo’lgan umuminsoniy ma‘naviyatning tamal toshlaridan birini tashkil kiladi. Chunki bu goyada joxillik,zuravonlik, tuxmat kabi salbiy xislatlar koralansa, sof kungilli bo’lish, xiyonat kilmaslik, savdoda aldamaslik, xakorat kilmaslik, or-nomus,ozodlik,mardlik, vatanparvarlik, fidoyilik kabi ma‘naviy xislatlar targib etiladi. Xullas «Avesto» insoniyatning yorug kelajagiga, yovo’zlik ustidan ezgulikning galabasiga va adolat tantana qilishiga umid bagishlaydi. Shu asosda Zardushtiylikning mukaddas kitobi «Avesto» kadimgi ajdodlarimiz amal kilgan ma‘naviy xislatlar majmui bulib, bu ma‘naviy boyliklarni o’rganish va uni bugungi amaliy hayotimiz yuriknomasiga aylantirish bugungi kunda ham foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |