Zarali g’oyalar va mafkuraviy kurash


Eshitildi: “ZARALI G’OYALAR VA MAFKURAVIY KURASH”



Download 24,43 Kb.
bet2/2
Sana17.08.2021
Hajmi24,43 Kb.
#150137
1   2
Bog'liq
zararli g'oya bayonnomasi

Eshitildi:

ZARALI G’OYALAR VA MAFKURAVIY KURASH” nomli tadbirni kollej direktori M. Xolmatova ochdi. Yig’ilganlarni kun tartibidagi masala va tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Kun tartibidagi masala bo’yicha so’zni QDPI umumiy pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri dotsent p.f.n M. Umarova,M.Karimova,M.Botirovalarga so’z berildi.

M. Umarova so’zi:

Assalomu aleykum qadrli hamkasblar,bilimga chanqoq talabalar siz azizlar bilan bugun mana shunday ko’tarinki, samimiy kayfiyatda, ko’rishib turganimizdan g’oyatda xursandmiz. Biz mamlakatimizda erkin va ozod, adolatli, insonparvar jamiyatda yashar ekanmiz. Bunday kunlarga yetganligimiz sizning, bizning baxtimizdir, buning uchun biz bu ozod va erkin jamiyat qurishda o’zlarini katta xissalarini qo’shgan buyuk siymolarimiz, ajdodlarimizning doim yod olib, ular bilan faxrlanib va ularga munosib avlod bo’lishdek ulkan ma’suliyatli vazifalarimizni unitmasligimiz kerak. Shuningdek, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev 2017-yil ‘’Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari’’ yili deb e’lon qilishlari jamiyatimizning mustaqiligi,tinchligi va obodligiga faqat bayramlar yarashadi. Lekin zararli g’oyalari bilan xalqimizi, yoshlarimizi buzg’unchilikga,aqidaparaslikga boshlovchi kimsalar topiladi. Shuning uchun siz yoshlarga qisqacha mazmunda shu zararli g’oyalarni oqibati haqida ma’ruzamizi tinglab hulosa chiqarishingizni istaymiz,zero O’zbekiston kelajagi siz yoshlarni qo’lidadir. So’zni QDPI umumiy pedagogika-psixologiya kafedrasi o’qituvchisi M.Karimovaga beramiz.

M.Karimova QDPI umumiy pedagogika-psixologiya kafedrasi o’qituvchisi –so’zi

TERRORIZMNING MOHIYATI

Terrorizm–asosiy mazmun va mohiyati jihatidan siyosiy yoki boshqa raqiblarni qo’rqitishga qaratilgan hodisa sifatida insoniyatga qadimdan malum. Aynan qo’rqitish, qarshi tarafni parokanda qilish, sarosimaga solish terrorizm deb ataluvchi zo’ravonlik ta’sirining markaziy, o’zak xususiyatini tashkil qiladi. Terrorizm tushunchasining etimologiyasi ham uning shu xususiyatidan dalolat beradi. Lotin tilida terror–qo’rquv, dahshat degan ma’noni anglatadi.

Bu hodisaning o’nlab tariflari mavjud. Yondoshishlarning rang-barangligi mintaqalar spetsifikatsiyasi, milliy va tarixiy an’analar, demokratiya darajasi, u yoki bu mamlakatdagi siyosiy barqarorlik ko’rsatkichi, huquqiy maktablar o’ziga hosligi bilan izohlanadi. Shunday bo’lsa ham terrorizm tushunchasining turlicha talqinlari uning umumiy belgilari, komponentlarini ajratishga imkon beradi, bu belgi–komponentlar to’plami esa terrorizmning ijtimoiy-siyosiy fenomenini yetarlicha ob’ektiv tasavvur qilish imkonini yaratadi. Bu belgilar quyidagilardan iborat:

1. Terrorizm aniq siyosiy maqsadga erishishga intiladi;

2. Qarshi tarafga nisbatan u yoki bu shakldagi zo’ravonlik ishlatiladi yoki zo’ravonlik ishlatish xavfi bilan tahdid qilinadi;

3. Zo’ravonlik xavfi yoki zo’ravonlikning o’zi ta’sir ob’ektini butunlay yoki qisman parokanda qilishga yo’naltirilgan qo’rqitish bilan qo’llaniladi;

4. Terroristik ta’sir ob’ekti ikkita: a) bevosita ob’ekt–moddiy ob’ektlar, siyosiy, ijtimoiy, milliy, diniy yoki boshqa tamoyilga ko’ra tanlangan aholining ayrim kategoriyalari yoki oldindan aniq tanlanmagan tasodifiy odamlar va b) yakuniy yoki strategik ob’ekt–konstitutsiyaviy tuzum yoki uning ayrim elementi (hududiy yaxlitlik, boshqarish tartibi, iqtisodiy qudrat va h. z.) lardan iborat bo’ladi.
TERRORNING ILDIZLARI VA PSIXOLOGIYASI

Terrorizm mafkuraviy va davlat huquq tizimi inqirozga uchraganda paydo bo’ladi. Turli siyosiy, ijtimoiy, milliy va diniy muxolifatchi guruhlar paydo bo’lib, ular mavjud hokimiyat va uning butun boshqarish tizimining qonuniyligiga shubha bilan qaray boshlaydilar. Agar bunday guruhlar o’z maqsadlariga qonuniy yo’l bilan erisha olmaymiz, degan xulosaga kelsalar, unda ular kuch ishlatish, zo’ravonlik, terror yo’liga o’tadilar. Bunda albatta muxolifat o’z qotilliklarini, xunrezliklarini o’z maqsadlarining sofligi va muhimligi bilan oqlashga harakat qiladi.

Terroristlar hozirgi davrning bir qancha o’ziga xos xususiyatlarini tez anglab yetmoqdalar. Xususan: hokimiyat avvalo saylovlarga, demak ijtimoiy fikrga tobe; juda kuchli ommaviy axborot vositalari mavjud bo’lib, ular har qanday “Terrorchilik sensatsiyasi”ga o’ch bo’lishadi va bir zumda ommaviy ijtimoiy fikrni shakllantirishadi; ko’plab mamlakatlarda odamlar siyosiy zo’ravonlikdan to’yishgan va undan qo’rqishadi.

Shuning uchun ham hozirgi kunda terrorning eng ko’p qo’llaniladigan va samarali usullari bu hokimiyat vakillariga nisbatan emas, balki tinch, himoyasiz, eng muhimi terrorning haqiqiy ob’ektlariga hech qanday aloqasi bo’lmagan odamlarga nisbatan zo’ravonlik qilishdir. Bunda, albatta, terrorning halokatli natijalari ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy fikrga namoyish qilinadi va faqat u orqali uzatuvchi mexanizm sifatida mamlakat yo’lboshchilariga bildiriladi. Va nihoyat, aynan o’sha ommaviy axborot vositalari orqali jamiyat va mamlakat liderlariga terrorning motivlari va uni to’xtatish shartlari e’lon qilinadi.

Shunday qilib, o’tgan asrlardagidan farqli o’laroq, terrorizmning butunlay yangi elementi–ommaviy axborot vositasi paydo bo’ldi va u terroristlar bilan terror adresi o’rtasidagi maxsus uzatuvchi qurilma (retranslyator) vazifasini bajarmoqda.

Oddiy jinoyatchilardan farqli ravishda terror muhit albatta, o’zini qandaydir “oliy ideallar va manfaatlarni tushunish va himoya qilish lideri” deb e’lon qiladi va go’yoki ularni hayotga tadbiq qilish majburiyatini oladi. Bu ideallarni shakllantirish va jamiyatga bayon qilish uchun har bir terror muhitida “intellektual-nazariyotchilar” guruhi–boshlang’ich mafkuraviy markaz mavjud bo’lib, bu markaz atrofida jangovar terroristik guruhlar tashkil topadi.

Bir vaqtning o’zida terror muhiti aholining muxolifat guruhlariga modomiki, terror muhiti o’ziga qandaydir majburiyatlarni olar ekan, aholining muxolifat guruhlari ham o’ziga terrorchilarni qo’llab turish majburiyatini olishi lozimligini anglatadi. O’ziga xos yopiq doira vujudga kelib, bu holat terror muhiti liderlariga muxolifat guruhlardan doimiy pul, taominot, yashirish, yangi odamlar bilan taominlanish imkonini beradi. Oqibatda, bevosita yoki bilvosita terrorga aholining katta qatlamlari jalb qilinadi. Buning natijasida esa terror muhitining ijtimoiy asosi vujudga keladi, bu narsa jamiyatda terrorga qarshilikni shakllantirishni qiyinlashtiradi.

TERRORNING MAFKURAVIY ASOSI VA TERROR MUHIT

Terrorda qatnashish terroristdan hech bo’lmaganda boshlang’ich bosqichda ichki o’z-o’zini oqlashni talab qiladi. Vazifa yoki terrorning maqsadi shunchalik yuqoriki, u har qanday usulni oqlaydi yoki maqsad shunchalik noaniqki, har qanday marazlikdan ham qaytmaslik kerak, deb o’ylaydigan qancha kerak bo’lsa, shuncha ko’proq odamlar ommasini jalb qilishdan iboratdir.

“Oliy maqsadlar” vositasida odatda, o’zining aqliy va ahloqiy yetuk emasligi tufayli har qanday radikal milliy, ijtimoiy yoki diniy g’oyalar qarmog’iga ilinadigan yoshlar jalb qilinadi. Ularni ko’proq yoki totalitar (ya’ni insonning irodasini butunlay so’ndirib, uni “dohiy” yoki “ustoz” irodasiga butunlay bo’ysundirish), yoki diniy, mafkuraviy mazhablar orqali jalb qilinadi.

«Shaxsni yakson qiladigan hamma narsa, nima deb atalishidan qat’iy nazar, despotizm hisoblanadi». Djon Styuart Mil. Terroristik guruhlarda despotizm o’zining eng yuqori cho’qqisida namoyon bo’ladi. Bu yerda hech narsa, hech qachon muhokama qilinmaydi, “dohiy” yoki “ustoz”ning har qanday ko’rsatmasiga ko’r-ko’rona itoat qilinadi. Aynan ana shu so’zsiz bo’ysunish guruh a’zolariga ta’sir ko’rsatish, ularning irodasini sindirish va odatdan tashqari harakatlarga undashning asosini tashkil qiladi. So’fizm ta’limoti, uning yirik namoyondalarining mazmuni bilan tanishmiz. Diqqatga sazovor yeri shundaki, so’fizmning deyarli barcha yo’nalishlarida «oshiq», so’fiylik yo’lini tanlagan odamdan talab qilinadigan eng birinchi shart ham aynan, uning o’z-o’zidan voz kechishi, o’z «Men»ini o’ldirishi bo’lgan. Faqat farq shundaki, so’fizmda bu talab, insondagi g’urur, dunyo lazzatlariga ixlos qo’yish uning haq yo’lida zaxmat, aziyat chekishiga xalaqit beradi, deb hisoblangan. Ekstremistik islom terroristik guruhlarida maqsad o’zgarganligi bilan, guruhlarga a’zolar jalb qilish, irodani so’ndirish, ko’r-ko’rona itoat mexanizmi so’fizm ta’limotida qanday bo’lsa, shundayligicha qolmoqda.

Terroristik guruhlar a’zolarining yagona, bir-biridan farq qilmaydigan dunyoqarashlarini shakllantirish ijtimoiy psixologiyadagi konformizm – guruhning bosimi, ta’siri ostida xulq yoki etiqodni o’zgartirish mexanizmiga asoslanadi. «Jamiyat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy bosim ahloqiy qadriyatlarimizning poydevoridir». Amitay Ettsioni. Shaxs o’zi yashayotgan jamiyatni u yoki bu sababga ko’ra inkor qilish, xohlagan odamlar guruhini o’z jamiyati sifatida e’tirof etish huquqiga ega. Terrorizm mafkurasi tomonidan real jamiyat haqidagi yolg’on ma’lumotlar, u haqida shakllantirilayotgan jirkanch tasavvurlar ayrim jamiyat aozolarida jamiyat, uning talablari, ahloqiy qadriyatlar tizimini inkor etib, mavjud jamiyatga qarshi kurashish kerak, uni yovuzlik manbai sifatida yo’qotish kerak, degan e’tiqodni mustahkamlaydi. Terroristik guruhlarda bevosita xulq manipulyatsiyasi, xulqni aniq maqsad ko’zlab boshqarish amalga oshadi.

Terroristik guruh a’zolarining terroristik mashqlar paytida, yashirin sharoitda uzoq vaqt birga bo’lishlari va ularga nisbatan zombilashtirish (irodasini so’ndirish) maxsus psixologik ta’sir texnologiyasining qo’llanilishi jinoyatchilik ruhiga o’xshagan o’ziga xos ongga ega bo’lgan odamlardan tashkil topgan maxsus terror muhitning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bunday muhit uchta o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi.



Birinchidan primitiv sodda, isbot talab qilmaydigan diniy-fanatik dunyoqarash tufayli ular terrorning yakuniy maqsadlarini tahlil qilishga urinishdan voz kechishadi. Ikkinchidan ularda boshqa gunohkor bandalardan ustunlik hissining shakllantirilishi terrorning har qanday maraz usullarini anglashni kamaytiradi yoki butunlay bekor qiladi.

Uchinchidan o’ta qiyin terroristik mashqlar o’ldirish va halok bo’lishga tayyorlikka yo’naltirilib o’zining va boshqalarning azob-uqubatlariga befarqlikni shakllantiradi.

Terrorizm bilan kurash texnologiyasi va amaliy taktikasi bo’yicha antiterroristik xizmatlar quyidagilarni tavsiya qilishadi: terrorizmni boshlang’ich nuqtasida sezish, uning qurilma sifatida shakllanishi va rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik; terrorni har xil “e’tiqodni himoya qilish”, ”millatlar huquqini himoya qilish” kabi shiorlar bilan o’zini oqlashiga yo’l qo’ymaslik; butun ommaviy axborot vositalari kuchi bilan uni fosh qilish; antiterroristik faoliyatni boshqarishni ishonchli maxsus xizmatlar qo’liga berish, boshqa har qanday organning uning ishiga aralashishining oldini olish; terroristlarga hech qachon yon bermaslik, bironta teraktni jazosiz qoldirmaslik, chunki tajriba shuni ko’rsatadiki, terroristlarning har qanday muvoffaqiyati terrorning va qurbonlar sonining o’sishiga olib keladi; ommaviy axborot vositalarida terroristik harakatlarni bostirishni fojiali zarurat sifatida taqdim qiladigan va terrorning qora niyatlariga u bilan kurashayotganlarning pokiza niyatlarini qarshi qilib singdiradigan maxsus psixologik operatsiyalarni o’tkazish; ommaviy axborot vositalarida terroristlardan g’ururlanish, ularga tan berish va ularni tushunishga chaqirishni jinoyatchilik sifatida baholash.

O’z-o’zidan shunday savol tug’iladi, kimlar ko’proq shunday g’oyalar ta’siriga beriluvchan, aynan qaysi ijtimoiy guruh yoki qatlamlarda va yosh bosqichlarida ana shunday oqimlarga nisbatan moyillik mavjud. Bunday guruhlarga qo’shilgan yoshlarning hayoti tahlil qilinsa, ularning aksariyati ahloqli, odobli, intizomli, yoshlikdan ota-onalarining qat’iy nazoratida bo’lgan, ayrimlarini hatto qo’y og’zidan cho’p olmagan ekanliklarini ko’rish mumkin. Bundaylarga bolalikdan boshlab jamiyat ota-onalar, tarbiyachilar, o’qituvchilar qiyofasida ularning imkoniyatidan ortiq talablar qo’yadi, ular asta-sekin bu talablarga moslasha borishadi va o’z navbatida vaqti kelib jamiyatga nisbatan ham shunday talablarni qo’ya boshalashadi. Dunyoda hech bir jamiyat hech qachon o’z a’zolarining talablariga to’la javob bermagan va bermaydi ham. Ularning jamiyat tomonidan qondirilmagan mayllari oqibatida paydo bo’lgan frustratsiya (qondirilmagan mayllar mavjudligi bilan izohlanadigan psixologik holat) natijasida introversiya-diqqatning haddan tashqari o’z-o’ziga qaratilishi, o’z-o’zini va mavjud vaziyatni tinmay tahlil qilish paydo bo’ladi. Xalqimizning «Tinch oqqan daryodan qo’rq», degan maqoli shu yerda to’la amal qiladi. Bunday yoshlar asta-sekin ekzistentsial vakuum – mazmuniy bo’shliq hissini ichdan kechira boshlashadi, psixologik qonuniyatga ko’ra esa mazmunsizlik insonni suitsid – o’z joniga qasd qilish, hayotdan voz kechishga undaydigan eng asosiy omildir. Mustaqillikning yo’qligi ularni o’z fikrini himoya qilish, qat’iylik ko’rsatishlariga to’sqinlik qiladi, ular ijtimoiy fikrga to’la tobe bo’lib qolishadi, birdan-bir haqiqiy jamiyat sifatida ular qabul qiladigan terroristik muhit ularning hulqini o’zi xohlagancha boshqara boshlaydi, chunki ular shunday ta’sirga psixologik to’la tayyor bo’lishadi. Bunday yoshlarning g’azabi ham, nafrati ham, shodligi ham, quvonchi ham, muhabbati ham ichida qaynaydi. Ularda tortinchoqlik rivojlana boshlaydi, turli aksilijtimoiy ta’sirlarga nisbatan chidamlilik, bardoshlilik susayadi. Bora-bora bunday yoshlar o’zlarining holatlaridan norozilik his qila boshlaydilar va shu holatlari uchun avvalo ota-onalari, o’qituvchilari, kattalarni ayblaydilar, bora-bora bu agressiya butun jamiyatga, tuzumga ko’chiriladi, proektsiya qilinadi. Terror mafkurasi esa ularga go’yoki o’zlariga o’tkazilgan alam uchun qasd olish, o’z-o’zini namoyon qilishning yagona yo’li bo’lib tuyuladi. Shuning uchun ham Amerika psixologlari tortinchoqlikni ruhiy kasallik sifatida davolashni taklif qilishadi.

Ko’pchilik bilan doimo muloqotda bo’lgan, bolalikning sho’xligi-yu, odobsizligini boshidan kechirgan bolalar hayot qadriyatlari, ko’pchilik bilan muloqot usullarini egallashadi, hayotning turli qaltis vaziyatlariga ham tayyor bo’lishadi. Bundaylarni yo’ldan urish oson emas. Terrorizm oziqlanadigan manbani ehtimol bizning «qolipimiz»ga to’g’ri kelmaydigan, o’ziga xosligi, biroz qaysarligi, biroz betgachoparligi, biroz odobsizligi bilan bizga tashvish, bosh og’rig’i tug’diradiganlar ichidan emas, aksincha o’ta odobli, o’ta intizomli, mo’min-qobil, «ideal» yoshlar orasidan qidirish kerak. Italyan psixologi Antonio Menegetti ta’kidlaganidek, «namunaviy ahloqli odamda har doim psixologik komplekslar rivojlanadi».

Har qanday ota-ona o’z farzandining diniy ilmga ixlos qo’yishini orzu qiladi, bu tabiiy hol. Diniy ilm insonni bag’rikenglik, mehribonlik, odob-ahloqqa chorlaydi. Lekin, taaassuflanarli yeri shundaki, aynan diniy ilm istagidagi yoshlar terroristik guruhlarning qarmog’iga oson ilinib qolishmoqda, shuning uchun har qanday ota-ona o’z farzandini diniy ilm o’rganishini xohlasa, farzandi nimani o’raganyapti, nimani o’rgatishyapti va kimlar o’rgatyapti degan savollar bilan qiziqib turishi shart.

XX asrning oxiri XXI asrning boshida insoniyat terrorizm bilan bog’liq yana bir, g’ayri insoniy muammoga duch keldi. Qanday holat va vaziyatda bo’lmasin insonning o’z joniga qasd qilishi har doim boshqa odamlarda chuqur tushkunlik holatiga sabab bo’lib kelgan. Biron-bir din hech qachon odamning o’z joniga qasd qilishini yoqlamaydi, insonga hayot yaratgan tomonidan ato etilgan va uni tortib olish ham yaratganning ixtiyorida. Suitsid psixologiya, sotsiologiya, pedagogika, genetika kabi bir necha fanlar tomonidan o’rganilgan va afsuski, hozirgacha o’zining to’la echimini topmagan muammolardan sanaladi. Qayta qurish yillari bir avj olgan ayollarning o’z-o’ziga o’t qo’yish hodisasi o’rganilganda bu hodisa, asosan, bahor va kuz faslida kuchayganligi kuzatilgan, genetiklar hatto inson miyasida suitsidga moyillikni boshqaradigan markaz mavjudligini ta’kidlashadi, Freyd ta’limoti bo’yicha esa o’limga intilish instinkti asosiy instinktlardan biri sanaladi. Albatta, kattalarning ehtiyotsiz muomalasi tufayli o’z joniga qasd qilgan o’smirning, cheklangan erkinlikni qabul qilolmagan maxbusning, qandaydir xatti-harakati uchun sharmandalikdan ko’ra o’limni afzal ko’rgan odamning va ham o’zining, ham boshqa ko’plab begunoh odamlarning hayotiga zomin bo’lgan, o’zini o’limga bag’ishlagan «shahid, kamikadze»ning bir-biridan farqi katta. Asosan Rossiya ommaviy axborot vositalarining o’zini o’limga bag’ishlaganlarni «shahid» deb atashlari to’g’ri emas, bunday atash ular haqida butunlay noto’g’ri tasavvur tug’diradi. Islomda din yo’lida yoki Vatan yo’lida qurbon bo’lganlarni shahid deb ataladi, o’z jonini qurbon qilish evaziga o’z dindoshlari, vatandoshlarining hayotiga zomin bo’lganlarni shahid deb atash Vatan, din yo’lida qurbon bo’lganlar xotirasiga haqoratdan boshqa narsa emas. Birovning o’z joniga qasd qilganini qabul qilish qiyin, odamning so’nggi fojiali qarorga kelishi undan ham qiyin, buning uchun inson chuqur psixologik inqirozni boshidan kechirishi kerak. Terroristik guruhga kirgan odam so’nggi qadam, to’g’ridan-to’g’ri maonoda qurbonliq uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich tayyorlab boriladi. Giyohvand moddalar, maxsus adabiyotlar matnlaridagi neyrolingvistik rejalashtiruvchi tayanch so’zlar, giyohvand moddalar ta’siri bilan jannatni anglatuvchi maishat, davat vositasidagi gipnotik ta’sir, mavjud tuzum, uning qadriyatlar tizimi haqidagi eng jirkanch tasavvurlar, mavjud tuzumni yovuzlikning birdan-bir manbai sifatida ko’rsatib, demak bunday jamiyatda yashagandan ko’ra o’lgan va shu yo’l bilan jannati bo’lgan ming marta afzal, deb ishontirish o’zini o’limga bag’ishlaganlarni tayyorlashning eng asosiy vositalaridir. Suitsid hodisasining o’ziga xosligi shundaki, boshqa barcha hodisalar ichida aynan shu hodisa yuqumliligi jihatidan oldingi o’rinlardan birida turadi.

Sobiq ittifoq hududida haqiqiy terrormuhit shakllanishining birinchi bosqichi Afg’onistondagi urush bo’ldi. Ekspertlar shuni ta’kidlashadiki, afg’onchilarning alohida guruhlari urushdan nafaqat jangovar malaka orttirib, balki narkobiznes sirlarini ham o’rganib qaytishdi va aynan shular ko’plab terroristik guruhlarning o’zagini tashkil qilishdi. Dastavval, terrorizm mahalliy jinoyat olami uchun “milliy adolatni tiklash” shiori ostida o’z ta’sir doiralarini bo’lib olish uchun xizmat qildi. Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy Osiyoga radikal islom g’oyalari bilan sayyor daovatchi to’dalar oqib kira boshladi.

Jamiyatda har qanday siyosiy asoslangan zo’ravonlikni o’z vaqtida oldindan payqash va oldini olishga safarbar qilingan maxsus ijtimoiy institut bo’lishi shart. Holbuki, har qanday kelajakda huquqbuzarlikka o’sib o’tish ehtimoli bor jinoyatgacha bo’lgan hodisalar bilan keng ko’lamda kurash olib borish, terrorizm mafkurasini keng jamoatchilik oldida fosh qilish va obro’sizlantirish, xavfli kriminogen tendentsiyalarni jinoyatkorona niyat va kriminal maqsad-ustanovkalar shakllanishining ilk bosqichlaridayoq aniqlash siyosiy asoslangan zo’ravonlikni profilaktika qilishning mohiyati hisoblanadi. SHunday qilingandagina jamiyatda terrorizmning oldini olishning samarali va amaliy quroliga ega bo’lish mumkin.

M.Botirova QDPI umumiy pedagogika-psixologiya kafedrasi o’qituvchisi –so’zi

1. Terrorizm deganda nimani tushunasiz?

2. Terrorizmning mohiyati nimada?

3. Terrorning ildizlari qanday shakllanadi?

4. Terrorning mafkuraviy asosi va terror muhiti nima?

5. Terorizm bilan din o‘rtasida bo‘liqlik bormi?

6. Zararli g‘oyalarga qarshi qanday kurashmoq kerak?

Tadbir yig’ilishining qarori:

Terrorizmning mohiyati anglagan holda,terrorning ildizlari va psixologiyasi o’rganilib.Terrorning mafkuraviy asosi va terror muhit,Terror, psixologiya, ildiz, davr, tashkil, zo’ravonlik, maqsad, mafkura,haqida ma’ruzalariga hos ma’naviy- ma’rifiy ishlarni o’zlari uchun dasturil amal qilib belgilanib, shu oy davomida bayram kayfiyatida tadbirlar o’tkazish vazifasi yuklatilsin.



Yig’ilish raisi: M. Umarova

Kotiba: M.Yo’ldoshova
Download 24,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish