Zar sochuvchi daryo


Texnogen landshaftlarni ekologik optimallashtirish muammosi



Download 6,13 Mb.
bet28/29
Sana17.07.2022
Hajmi6,13 Mb.
#811378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Ирода МД

3.3.Texnogen landshaftlarni ekologik optimallashtirish muammosi

Kattaqo‘rg‘on vohasining janubiy va janubi-g‘arbiy tog‘oldi zonalarida texnogen landshaftlar va ularning areallari ko‘p uchraydi. Texnogen landshaftlarni chet mamlakatlarda buzilgan yerlar, tog‘-sanoat yerlari deb atash qabul qilingan (Uollvork, 1979, Rixter, 1983).


Kattaqo‘rg‘on vohasining tog‘kon sanoati va texnogen landshaftlar rivoj topgan joylarda vujudga kelgan ekologik keskinlikni sog‘lomlashtirish, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, atrof muhitni muhofazalash, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish antropogen landshaftshunoslikning hozirgi zamon dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Bunday muammolarni hal etish uchun texnogen landshaftlarga oid bo‘lgan meliorativ tadbirlar rejasini ishlab chiqib, uni izchillik bilan amaliyotda tadbiq etish kerak. Ishlab chiqilgan meliorativ tadbirlar texnogen landshaftlarni va ular doirasida shakllanib, inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan geoekologik vaziyatlarni oldini olishda hamda optimallashtirishda katta rol o‘ynaydi.
Texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish va shu yo‘l bilan ularni qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan unumdor yerlarga aylantirish masalalari E.A.Novikov (1976), L.V.Motorina (1978, 1985), V.I.Fedotov (1985), A.A.Abdulqosimov (1990, 1991), X.Vahobov (1997, 1998, 1999) va boshqalarning ilmiy asarlarida yoritilgan.
Tog‘ kon sanoati korxonalari va texnogen landshaftlar bilan band bo‘lgan joylarda tabiiy geokomplekslar va ularni tarkibiy qismlari bo‘lgan geografik komponentlar inson xo‘jalik faoliyati tufayli shu darajada o‘zgarib transformatsiyalashib ketganki, ularga dastlabki payt-larda xos bo‘lgan bokira belgilaridan, harakterli xususiyatlaridan va komponentlarning tarixiy shakllangan o‘zaro aloqadorlik mexanizmidan nishon ham qolmagan.
Kattaqo‘rg‘on vohasi geosistemalarining tevarak-atrofidagi texno-gen landshaftlarni rekultivatsiya qilish antropogen landshaftlarning ekologik sharoitini optimallashtirishda, komponentlararo aloqadorlikni tiklashda va uning barqarorligini mustahkamlashda, buzilgan yerlardagi geokomplekslarni unumdorligini oshirishda hamda ulardan maqsadga muvofiq va oqilona foydalanishni tashkil etishda katta imkoniyat yaratadi.
Kattaqo‘rg‘on vohasi hududida vujudga kelgan texnogen landshaftlar, buzilgan yerlar qishloq xo‘jalik ekin maydonlariga, yaylovlarga va geoekosistemalarga katta zarar yetkizmoqda. Hatto texnogen landshaftlar tevarak-atrofdagi hosildor geokomplekslarni ifloslantirib, ularni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz yerlarga aylantirmoqda. Oqibatda agrolandshaftlar va yaylovlarning chegarasi hamda areallari qisqarib, ularning ekologik sharoiti salbiy tomonga o‘zgarmoqda. Bunday sodir bo‘layotgan jarayonlarni oldini olish, texnogen landshaftlarni va buzilgan yerlarni o‘rniga hosildor va geoekologik jihatdan sog‘lom agrogeokomplekslarni, antropogen yaylovlarni barpo etish uchun ularni rekultivatsiya qilish ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiat manzarasini va atrof muhitning ekologik sharoitini buzib turgan texnogen landshaft-larni va buzilgan yerlarni faqat rekultivatsiya qilish yo‘li bilan optimal-lashtirish hamda ularning ekologik vaziyatini sog‘lomlashtirish mumkin.
A.A.Abdulqosimovning (1991) ta’kidlashicha, tog‘ kon sanoati korxonalari rivojlangan regionlarda, ayniqsa foydali qazilmalarni ochiq usul yo‘li bilan ishlab chiqadigan joylarda tabiiy landshaftlar juda kuchli talafot ko‘rgan. Qazilma boyliklarni ochiq usul yo‘li bilan kovlab olish natijasida komponentlararo tarixiy shakllangan tabiiy aloqadorlik va uzviy bog‘liqlik, yer osti va yer usti suvlarining gidrogeologik, gidrologik tabiiy rejimi, atrof muhitning ekologik muvozanati, modda va energiya almashinuvi buziladi, tuproq-o‘simlik qoplami yo‘q qilinib tashlanadi, hayvonot olami talafot ko‘radi. Bunday jarayonlar faqat sanoat korxonalari hududlarida sodir bo‘lib qolmasdan, ular tevarak-atrofdagi qo‘shni joylashgan geokomplekslarga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Tabiiy landshaftlarning degradatsiyalanishiga va ularning turli darajada buzilishiga foydali qazilmalarni yopiq usul yo‘li bilan qazib olish ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Qazilma boyliklarni yopiq usul bilan qazib olingan joylarda tabiiy geosistemalar ikki tomonlama talafot ko‘radi. Birinchidan, yer ostidan qazib olingan rudalar boyitilgandan keyin bo‘sh tog‘ jinslari hosildor yerlarning ustiga chiqarib tashlanadi va ular texnogen relef shakllarini hosil qiladi. Ikkinchidan, yer ostida qazib olingan tog‘ jinslari o‘rnida katta-katta bo‘shliqlar vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan atmosfera yog‘inlarining yerga singib borishi natijasida bo‘shliqlar yuzasi cho‘kib, antropogen karstlar, suffozion cho‘kmalar va o‘pirilgan joylar hosil bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan ana shunday texnogen landshaftlar va buzilgan yerlar Zarafshon botig‘i hududida yuzlab va minglab gektar maydonni tashkil etadi. Texnogen landshaftlar va buzilgan yerlarni melioratsiya yo‘li bilan optimallashtirish, ularni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun hosildor yerlarga aylantirish xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda va kengaytirilgan ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilishdan asosiy maqsad foydalanilmay tashlandiq bo‘lib yotgan karerlarni, chiqindi bo‘sh jinslar-dan tarkib topgan tepaliklarni, irrigatsion eroziya ta’sirida kuchli parcha-langan lyossli va lyossimon jinsli uchastkalarni, suffozion karst jarayoni tufayli vujudga kelgan cho‘kmalarni serunum yerlarga aylantirish, ularni uzoq vaqt davomida buzilgan geoekologik sharoitini va komponentlararo aloqadorligini tiklash yo‘li bilan qishloq xo‘jalik muomalasiga qaytarishdir (Abdulqosimov, 1991). Buzilgan yerlarning hosildorligini tiklash va kuchli zararlangan geokomplekslarning tabiiy sharoitini sog‘lomlashtirish uchun har qaysi regionning zonal-landshaft xususiyat-lariga ko‘ra bir necha usullardan foydalanish mumkin. Tajribada ko‘pincha rekultivatsiya qilishning ikki usuli – texnikaviy va biologik usullari qo‘llaniladi (Novikov, 1976, Rixter, 1983, Motorina, 1985, Fedotov, 1985).
Texnikaviy rekultivatsiya jarayoni ketma-ket amalga oshiriladigan bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda texnogen landshaftlar hududida suv balansini, yer osti suvlarini barqarorligini va yer usti suvlarini xo‘jalikda foydalanishni tashkil etish uchun chiqindi tog‘ jinslari uyumlarini, karerlarni, suffozion cho‘kmalarni va kuchli parchalangan yerlarning yuzasi texnika yordamida tekislanadi. Ikkinchi bosqichda organik moddalarga va chirindilarga o‘ta kambag‘al bo‘lgan gruntlarni melioratsiyalash ishlari amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda tekislangan va kartalarga bo‘lingan maydonlar yuzasiga unumdor madaniy tuproq qoplami yotqiziladi. Shundan keyin texnogen landshaftlar va buzilgan yerlar qishloq xo‘jaligida foydalanishga tayyor bo‘ladi. Texnikaviy rekultivatsiya ishlari to‘liq bajarilgach, tayyor bo‘lgan yerlar biologik rekultivatsiyani amalga oshiruvchi xo‘jaliklar tasarrufiga o‘tkaziladi.
Biologik rekultivatsiya jarayoni ilmiy jihatdan asoslangan agrotexnik va fitomelioratsiya tadbirlarini amalga oshirishdan boshlanadi. Uning asosiy vazifasi buzilgan landshaftlarning ikkilamchi ekosiste-masini va uning unumdorligini qaytadan tashkil etish, yangi geosistemalar doirasida tabiatning tirik blokini shakllantirish, komponentlararo va tabiiy hududiy komplekslararo modda va energiya almashinuvini barqa-rorlashtirish hamda yuzaga kelgan keskin ekologik vaziyatni yumshatib, uning muvozanatini tiklashdan iboratdir. Bu jarayonlar sug‘oriladigan agroland-shaftlarni, o‘rmon massivlarini, mevali bog‘larni, tokzorlarni, madaniy yaylovlarni, sun’iy ko‘llarni va rekreatsion maqsadlarda foydalaniladigan dam olish zonalarini barpo etish yo‘li bilan to‘liq amalga oshiriladi.
Texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilishda birinchi navbatda uning samaradorlik darajasini aniqlash kerak. Buning uchun mahalliy, regional va zonal tabiiy geografik sharoitni, geoekologik vaziyatni qay darajada o‘zgarganligini, texnogen geosistemalarning morfologik strukturasini tuzilishini e’tiborga olgan holda mezonlar sxemasini ishlab chiqish lozim. Rekultivatsiya qilish tadbirlari sxemasi har tomonlama puxta ishlangan, ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi va shu bilan birga ishlab chiqilgan tadbirlarni belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshirishni tashkil etish hamda boshqarish kerak. Masalan, Angliyada buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish tog‘ sanoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. AQSH da texnogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish ishlari maxsus tashkil etilgan “Yer resurslarini muhofaza qilish xizmati” tashkiloti tomonidan bajariladi. Germaniyada buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish va ularni uzoq muddatli foydalanishga qaytarish ishlari davlat tomonidan qabul qilingan “Tog‘ qonuni”, “Landeskultura to‘g‘risida qonun”, “Yerlarni rekultivatsiya qilish va tiklash to‘g‘risida qonun”lar asosida amalga oshiriladi. Polshada buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini tog‘ sanoat korxonalari bajaradi.
Texnogen landshaftlarni va ularni geoekologik sharoitini optimal-lashtirishda qo‘llaniladigan tadbir choralar sxemasi chet mamlakatlarda ham ishlab chiqilgan. Germaniyada rekultivatsiya qilingan yerlardan turli xil agrolandshaftlar, o‘rmon massivlari va baliq o‘rchitish uchun hovuzlar barpo etish maqsadlarida foydalaniladi (Rixter, 1983). Polshada buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish jarayonida mutanosiblik prinsipiga qat’iyan amal qilinadi. Bu prinsipning mohiyati shundan iboratki, tog‘kon sanoati ishlab chiqarishga tabiiy yoki agrolandshaftlar tasarrufidan qancha joy ajratilsa, buzilgan geokomplekslardan shuncha yer rekultivatsiya qilinishi shart. Polshada buzilgan landshaftlarni maqsadga muvofiq tashkil etish turli xildagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini, dam olish zonalarini, istirohat bog‘larini va sport inshootlarini barpo qilish yo‘li bilan bajariladi. AQSH da madaniylashtirilgan yerlardan madaniy ekinlar ekishda, o‘rmonzorlar, dam olish zonalari, antropogen o‘tloqlar va yaylovlar tashkil etishda foydalaniladi.
Texnogen landshaftlarni optimallashtirish va rekultivatsiya qilish yo‘li bilan qaytadan qishloq xo‘jalik muomalasiga kiritish Ukrainada ham ma’lum darajada yo‘lga qo‘yilgan. Ukrainaning o‘rmon dasht va dasht zonalarida buzilgan yerlarni madaniylashtirib, agrolandshaftlar maydoni-ni kengaytirmoqda va o‘zlashtirilgan uchastkalarga don ekinlari ekilib yuqori hosil olinmoqda. L.V.Motorinaning (1985) ma’lumoti bo‘yicha Donesk, Dnepropetrovsk, Kirovograd oblastlari hududlarida rekultiva-siya qilingan yerlarning har gektaridan o‘rtacha 24-38 s bug‘doy, 20-29 s arpa, 25-28 s javdar, 38-50 s makkajo‘xori doni va 300-400 s yashil ozuqa, 160-200s suli hosili olinmoqda. Rekultivatsiya qilingan yerlarning hosildorligi qadimdan haydaladigan tuproqlarning hosildorligidan qolishmaydi.
Ammo, O‘zbekistonning tog‘oldi va tekislik zonalarida, jumladan Kattaqo‘rg‘on vohasi hududida vujudga kelgan texnogen landshaftlarni rekultivatsiyalashtirish va geoekologik vaziyatni keskinligini optimallashtirish masalasiga hozirga qadar kam e’tibor berilmoqda. Faqat ba’zi joylardagina mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan rekultivatsiya ishlari amalga oshirilgan. Bunga Samarqand atrofidagi karerlarda sun’iy ko‘llarning barpo etilishi, Samarqand, Urgut, Pastdarg‘om va boshqa tumanlar hududidagi antropogen bedlendlarni tekislab, ularning o‘rnida mevali bog‘larning yaratilishi, Zarafshon qayiridagi buzilgan yerlarni o‘zlashtirib madaniylashtirilgan dala hovli seliteb landshaftlarga aylantirilishi misol bo‘la oladi.
Texnogen landshaftlarni rekultivatsiyalashtirish foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan geokomplekslarni optimallashtirish va atrof-muhitni ekologik jihatdan sog‘lomlashtirishning eng ilg‘or hamda samarali usuli hisoblanadi. Rekultivatsiya qilish natijasida texnogen landshaftlar vujudga keltirgan salbiy oqibatlarga barham beriladi, geoekologik muvozanat tiklanadi, ekosistemalarning normal rivojlanishi va insonning xo‘jalik faoliyati uchun qulay geografik muhit yaratiladi.
XULOSA


Kattaqo‘rg‘on vohasi landshaftlarining morfologik strukturasini, ekologik holatini tahlil qilish, ularni kartalashtirish, optimallash-tirish va muhofaza qilish borasida olib borilgan tadqiqot ishlar negizida erishilgan natijalar va shu asosda ishlab chiqilgan amaliy takliflar quyidagilardan iborat:
1. Voha landshaftlari kelib chiqish va shakllanish xususiyatlariga ko‘ra tabiiy landshaftlardan farq qilib, ular litogen, gidrogen, prolyuvial, allyuvial, karst, eol, glyatsial landshaftlar singari o‘zining mustaqil antropogen genetik qatorini tashkil etadi;
2. Voha landshaftlari ham tabiiy geokomplekslar singari strukturaviy tuzilishining murakkabligi, morfologik birliklarining xilma-xilligi bilan tabiatda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi;
3. Voha landshaftlarining tabiiy geokomplekslardan tub farqi shundan iboratki, ular inson xo‘jalik faoliyati tomonidan to‘liq nazorat qilinish va boshqarilish xususiyatlariga hamda maqsadga muvofiq tadrijiy o‘zgarish harakteriga ega;
4. Kattaqo‘rg‘on vohasida bokira landshaftlarning tabiatiga qadimiy odamlarning ilk bor ta’siri o‘rta pleystotsendan yoki arxeologlarning o‘rta paleolit davridan, voha landshaftlarining vujudga kelishi va shakllanishi esa yuqori golotsendan yoki bronza davridan boshlangan;
5. Kattaqo‘rg‘on vohasi antropogen landshaftlarining morfologik birliklarini tahlil qilish, tiplashtirish va tasniflash asosida harakterli antropogen urochishalar majmuasi ajratildi;
6. Voha landshaftlari dala sharoitida tadqiq etish, morfologik birliklarni ajratish va ularni kartalashtirish natijasida Zarafshon botig‘ining ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan o‘rta masshtabli joy tiplari kartasi, Kattaqo‘rg‘on vohasining 1:100 000 masshtabli landshaft-tipologik kartalari tuzildi;
7. Landshaft tipologik kartalarni tuzishda geografik ob’ektni tanlash va ularning masshtabini aniqlash, tasvirlanadigan geokomplekslarni ajratish va chegaralash, kartaga tushiriladigan geokomplekslarni morfolo-gik jihatdan o‘xshashligiga qarab tiplashtirish va tasniflash hamda kartaning mazmunini va mohiyatini yorqin ifodalovchi legendasini tuzish prinsiplari asosiy mezon bo‘lib xizmat qildi;
8. Tabiatdan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonida inson tomonidan yo‘l qo‘yilgan har qanday xato antropogen va tabiiy landshaft-larga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tarixiy shakllangan ekologik muvozanatni buzadi va geoekologik vaziyatni keskinlashtiradi;
9. Voha landshaftlarida yuz berayotgan ekologik vaziyatni optimallashtirish kabi tadbirlarni tashkil etishdan iborat. Shu bilan birga shahar va qishloq seliteb landshaftlari doirasida vujudga kelgan geoekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish va uni optimallashtirish muammosiga taalluqli bo‘lgan bir qator tadbirlar ishlab chiqildi va amaliy takliflar berildi.


Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish