Ta’lim vazifalar; Hartamonlama garmonik jismoniy rivojlantirish; kuchni egluvchanlik, chidamlik, tezkorlik, chaqqonlikni tarbiyalash; o‘qituvchilarni Vatan ximoyasiga, mehnatga va umuman xayotga kerak bo‘ladigan xarakat malakalari bilan qurollantirish.
Tarbiyaviy vazifalar; Mehnatga vatanparvarlik ruxid qarash jamoa mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash; intizomli bo‘lish, jamoada bir-birini xurmat qilish; jasurlik, maqsadga intiluvchan va boshqa sifatlarni tarbiyalash.
Bakalavrning bilim, ko‘nikma va o‘quviga qo‘yiladigan talablar:
Bakalavr quyidagilarni bilishi shart:
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha gimnastika va uni o‘qitish usulubiyoti fanidan quyidagi ma’lumotlarni bilishi shart.
- Nazariy ma’lumotlar: A) jismoniy tarbiya tizimida gimnastika. B). Gimnastikaning qisqacha tarixi. V)Gimnastika atamalari. G). Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish choralari. D)maktabda gimnastika darsining mazmuni va vazifalari. Ye) Dars strukturasi. J). gimnastika darsida jismoniy yukni boshqarish. Z). Dars-reja konspekti.
- Amaliy mashg‘ulotlar. Gimnastika mashqlarini o‘rganish va takomillashtirish.
Quyidagilarni bajara olishi kerak
- Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha gimnastika va uni o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajara olishi kerak;
Gimnastika Fani bo‘yicha darsning tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarini tula o‘tkaza bilish;
Gimnastikadan klassifikatsion talab normalarini bajara bilish xakamlik malaka va ko‘nikmalarini bilish;
Gimnastika fanidan maxsus adabiyot va yo‘riqnomalardan foydalana olish.
Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi fannining boshqa aniq va ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqasi
“Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fani boshqa ijtimoiy va aniq fanlar bilan uzviy aloqada o‘qitiladi.
Ular jumlasiga gigiena, sport tibbiyoti, fiziologiya, sport uyinlari hamda fanlari kiradi.
Shuningdek, dastur materiallarini tushuntirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari va boshqa xukumat xujjatlari bilan keng tanishtirib borish talab etiladi. Mashg‘ulotlar ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’lim va mustaqil ish shaklida olib boriladi. Ma’ruzada talabalar inshoatlarni layxalash va kurish asoslari, shuningdek, Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat rahbarining pedagogik faoliyatidabajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab beradigan bilimlar bilan qurollantiriladi. Amaliy mustaqil ta’lim imkon darajasida kafedraning tayanch maktablarida hamda harbiy qismlar sport bazalarida olib boriladi.
Fanni o‘qitishdagi yangi texnologiyalar
“Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fanidan ma’ruza va amliyot darslarni o‘tkazishda ochiq ma’ruza, qurilmalarni o‘rnatish, ularning sxema maketlarini chizish, ayniqsa, kompyuter texnikasi, internet tizimidan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Fanni o‘qitish semestrlari va uslubiy ko‘rsatmalar
“ Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi” fani 1-2-3-4-semestrda o‘tiladi. O‘quv semestridagi vazifalar talabalar tomonidan amaliy bajarilishiga e’tibor qaratilishi zarur.
M A’LUMOTNOMA
Mirzakarimov Yuldashvoy Abdunabievich
Do'stlaringiz bilan baham: |