Zanjirli traktorning uzatmalar qutisini hisoblash


UZATMALAR QUTISINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI



Download 0,95 Mb.
bet2/6
Sana17.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#817210
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
97-2003

2.2. UZATMALAR QUTISINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI


UQni boshqarish mexanizmlari uzatmalarni qo'shish, traktor va avtomobillar bajarayotgan ish sharoitiga qarab uni almashtirish va uzatmani ajratish-neytral holatga o'rnatish uchun xizmat qiladi. Boshqarish mexanizmlarining konstruksiyasi almashtirish uslubiga qarab — mashinani to'xtatib (quvvat oqimini uzib) yoki mashinani to'xtatmasdan (quvvat oqimini qisqa vaqtga uzib yoki uzmasdan) bajarilishiga bog'liq bo'ladi.
Mashinani to'xtatib uzatmalarni almashtirishda boshqarish mexanizmining xizmati quyidagicha:
shesternya-karetkani yoki blokirovka muftachalarini
(doimiy qo'shilgan shesternyalar bo'lgan taqdirda) ishchi (qo'shilgan) yoki neytral (ajratilgan) holatga o'rnatish; shesternyalar o'z-o'zidan o'q bo'ylab siljib ketmasligini ta'minlash; shesternyalar o'z-o'zidan qo'shilishi yoki ajralib ketishiga yo'l qo'ymaslik;
79
— ikki uzatma bir vaqtda qo'shilib ketmasligini ta'minlash.
Uzatmalar mashinani to'xtatmasdan almashtirilishi uchun UQda faqat doimiy qo'shilgan shesternyalar o'rnatilib, ularning blokirovkasi sinxronizatorlar yoki ko'p diskli gidrosiqiluvchi muftalar bilan bajarilishi mumkin.

2.3 ZANJIRLI TRAKTORINING UZATMALAR QUTISI


Zanjirli traktorlarida revers-reduktorli tarkibli mexanik UQ o'rnatilib, undan sakkizta oldinga va to'rtta orqaga yurish uzatmalari olish mumkin.
Revers-reduktorning (3) ichida shesternyalar bilan birga aylanadigan oraliq val (6) o'rnatilgan (32-rasm).
Asosiy tezliklar tizimini olish uchun birlamchi valni (15) oraliq val (6) bilan birlashtirish kerak, buni vilka tomonidan suriladigan qo'zg'aluchan shesternya (5) bajaradi.
Shlitsali vtulka (34) qo'zg'almas o'qda (33) ignasimon podshipnikda (32) aylanadi. Shlitsali vtulkada orqaga yurish

21
32-rasm. T-4A traktorining revers-reduktorli UQ.
shesternyasi (31) siljishi mumkin, u esa o'z navbatida qo'zg'aluvchan shesternya (5) bilan doimiy tishlashib turadi. UQda (37) rolikli podshipnikda (36) ikki gardishli blok-shesternya aylanib turadi. Uning bir gardishi oraliq valining shesternyasi bilan doimiy tishlashib tursa, ikkinchi gardishi qo'zg'aluvchan shesternya bilan tishlashadi.
Revers-reduktor shesternyalarini boshqarish richagning (38) vilkalari orqali bajariladi, ular valiklarda siljib, kerakli holatda shariklar yordamida ushlab turiladi (stoporlanadi). UQ sharikli (2) hamda rolikli (4, 14 va 18) podshipniklarda o'rnatilgan birlamchi (15) va ikkilamchi (17) shlitsali vallardan iborat. Ikkilamchi val kichik konussimon shesternya bilan bir butun qilib tayyorlangan. Birlamchi valning shlitsalarida erkin siljiydigan ikki blok shesternyalar o'rnatilgan: I va II uzatmalar tishli gardishlari mavjud bo'lgan oldingi blok (10), II va III uzatmalar tishli






































Uzatish sonlari

68.79

59.2

51.18

45.86

37.58

32.35

27.96

25.06

50.85

43.77

37.83




33.9







16 17



Shesternyalar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12




13

14

15

16

17




18

19

20




Tishlar soni

21

23

25

27

35

38

31

30

23

17

23

17




18

14

51

13

57




21

15

51




Uzatmalar

Asosiy




Rezerv va asosiy




Trans




Orqaga yurish







Oxirgi, markaz,iy, lanetar







lil




























l i l




IV

Ishłayotgan shestcrnyalar

(D

2-12-10




10




2 0

(J




3









10-1 1,134

0






Uzatish soni

68,79

59,2




45,86

37,58

32,35

27




25,06

50,85




43,77







33,9




11 13 5 6 7 8 20 1918


33-rasm. T-4A zanjirłi traktorining UQ kinematik sxema
gardishlari mavjud bo'lgan keyingi blok (16). Ikkilamchi valning (17) shlitsalariga I va II uzatmalarning qo'zg'almas shesternyalari (l va 19) hamda III va IV uzatmalarning blok-shesternyasi (20) o'rnatilgan.
UQni boshqarish tishlashish muftasi pedali bilan blokirovkalangan. Asosiy tizim uzatmalarini qo'shish uchun avval revers-reduktor richagini (38) «neytral» holatdan «asosiy» holatga o'tkazib, qo'zg'aluvchan shesternya (5) orqali revers-reduktorning oraliq vali (6) UQ birlamchi vali (15) bilan birlashtiriladi. Undan keyin richagning (l l) o'rni o'zgartirilib, kerakli uzatma qo'shiladi. Pasaytirilgan tizim uzatmalarini qo'shish uchun revers-reduktor richagini (38) «neytral» holatdan «pasaytirilgan» holatga o'tkazish kerak, bunda qo'zg'aluvchan shesternya (5) blokshesternyaning (35) gardishi bilan tishlashadi.
Orqaga yurish uzatmalarini hosil qilish uchun richagni (38) «orqaga yurish» holatiga o'tkazish kerak. Bunda reversreduktorning oraliq vali UQning birlamchi validan ajratiladi, orqaga yurish shesternyasi (31) esa revers-reduktor blok shesternyasining (35) gardishi bilan tishlashadi. Burovchi moment muttasil tishlashgan shesternyalardan orqaga yurish shesternyasiga (31), qo'zg'aluvchan shesternya (5) va UQ birlamchi valiga uzatiladi, undan keyin esa uzatmalar qutisidagi qo'shilgan juft shesternyalar orqali ikkilamchi valga uzatiladi.











3.Texnika xavfsizligi
Insoniyat jamiyatining yashash sxaroitining tamoyili, faoliyatidir. Faoliyatning juda ko’p turlari mavjud. Hayotiy faoliyat jarayoni modelini umumiy ko’rinishda ikki elementdan, va yashash muhiti shaklida tasavvur qilish mumkin. Bu esa o’z navbatida yangi bilim yo’nalishi-hayotiy faoliyat xavfsizligini paydo bo’lishiga olib keladi, ya’ni odamning xoxlagan faoliyat turiga mos keladigan xavfsizlikni o’rganuvchi fan paydo bo’ldi. Ilmiy texnik progress insoniyatga noma’lum bo’lgan texnologiyalarni va ularni xarakatga keltiruvchi energiya turlarini kashf etmoqda. Bu esa o’z navbatida insonga va atrof muhitga ta’sir kuchini va xavfini kuchaytirmoqda. Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) .bu odamning yashash muhitidagi xavfsizligini, uning sog’lig’ini ta’minlashni , zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorlarga kamaytiruvchi usul va vositalarni ishlab chiqishni, tinchlik va xarbiy holatlarda favqulotda vaziyatlardan kelib chiqqan zararlarni chegaralash choralarini yaratish usullariga, yo’naltirilgan o’qitishni o’z ichiga olgan kompleks chora tadbirlardir. HFX kursining ilmiy va amaliy bilim asoslarini, oldinlari o’rganilgan Mehnat muhofazasi, Atrof muhit muhofazasi, Fuqarolar muhofazasi fanlar mujassamligidagi bilimlardan tashkil topgan. Kelajak baklavri o’zining amaliy faoliyatida quyidagilarni bilishi kerak:texnik jarayonlarni ishlab chiqarishni dastgoxlarni, mashinalarni, mexanizmlarni loyixalashi va mehnatni shunday tashkil etishi kerakki unda ishlab chiqarishning zararlari va xavflarini ishlovchiga ta’siri yo’q qilingan holat bo’lishi sxart. Bakalavr olgan bilimlari asosida quyidagilarni aniq bilishi kerak: HFX miqyosida asosiy qonuniyatlarni; davlatning mehnatni muhofaza qilishdagi boshqaruv va siyosatini anglay olishi; xozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida to’g’ri qaror qabul qilishi; HFX bo’yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo’lishi. HFX fani oldida turgan muammolarni ijtimoy-xuquqiy, mehnatni ilmiy tashkillashtirish, texnikaviy estetika, mehnat gigienasi, mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, sanoat toksikologiyasi, ekologiya va boshqa ko’pgina ilmiy fanlarning xulosa va yutuqlaridan foydalanishni taqazo etadi. Shu bilan birga ko’pchilik masalalar yong’in va portlashlarni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish, tinchlik va xarbiy holatlardagi favqulotda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bilan uzviy bog’liqdir.
Titrash. Uning odam organizmiga ta’siri. Titrashni me’yorlash,pasaytirish yo’llari va titrashdan himoyalash. Fizik tabiatiga ko’ra titrash ham shovqin kabi jismlarning tebranma xarakatidan iborat. Titrash-elastik jismlarning mexanik tebranishlari bo’lib, bunda ularning og’irlik markazi yoki simmetriya o’qining fazodagi holati statik holatdagidan ko’ra boshqacharoq shaklga o’zgarishiga aytiladi. Titrashning parametrlari GOST 12.1.012-78 «ССБТ.Выбрация.Обшие требования безопасности» nomli xujjat bilan me’yorlangan. Hosil bo’lish manbalariga ko’ra titrashlar quyidagi turlarga bo’linadi: transport bilan bog’liq, avtotransport vositalarining harakatidan hosil bo’ladi; transport va texnologiyaga oid, texnologik amallarni bajarayotgan mashinalar ishidan hosil bo’ladi, bunda mashinalar statsionar holatda ham bo’lishi mumkin yoki ishlab chiqarish binosi ichida yoki tashqarisida maxsus tayyorlangan yo’lda harakatlanishi ham mumkin; texnologiyaga oid, statsionar mashinalar ishidan hosil bo’ladi yoki o’zining titrash manbai bo’lmagan ish joylariga uzatiladi. Titrash odamga yetib borish usuliga qarab, umumiy va maxalliy turlarga bo’linadi. Birinchi odam tanasiga tayanch yuzalar orqali yetadi, itkkinchisi odamning qo’li orqali o’tadi. Titrashning asosiy ko’rsatkichlari, chastota, tezlik, tebranishlarning tezlanishi, siljish amplitudasi (muvozanat holatidan eng ko’p og’ish).
Titrash tezligi chastotasi va siljish amplitudasiga bevosita bog’liq:

bu yerda: V-tebranishlar tezligi, sm/sek;
f- tebranishlar chastotasi, Gs;
A-siljish amplitudasi, sm;
W .aylanma chastota, ya’ni 2πf vaqtda bo’lgan to’la tebranishlar soni.
Titrashning muhim tavsifi, shovqindagi kabi, uning logarifm birligi-

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish