4.Xulosa Hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan texnika olamida jahon standartlariga to’la javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda ularning sifatiga katta e’tibor berilishi kerak. Zero sifatga to’la to’kis javob bera oladigan mahsulot jahon bozoridan o’rin egallay oladi. Bunday mahsulotlarni katta qismini aynan avtomobillar va qishloq xo’jalik mashinalari tashkil qiladi.Avtomobil sanoatida sifat juda katta ahamiyatga ega.Avtobil detallarining yuqori aniqlikda tayyorlanishi uning xizmat muddatini uzayishi bilan bevosita bog’liq.Bunday talablarni bajarish uchun yetarli bilimga va tajribaga ega mutaxasislar kerak albatta. Shu maqsadda texnika o’quv yutlarida zamon talablariga mos innovatsion ta’lim metodlari bilan biz kabi bo’lajak injenerlarga ta’lim berilmoqda.Ta’lim jarayonida kurs ishi va bitiruv malaka ishi kabi jarayonlar bizda kerakli tushuncha va ko’nikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytamanki men bajargan bitiruv oldi amaliyotidagi yakka topshiriqni ishlash mobaynida matiz avtomobili gaz taqsimlash valining tishli g’ildiragini ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga, oz vaqt ichida kam mehnat va sifatli ishlaydigan stanoklardan foydalanishga harakat qildim. Detalning zagotovkasini shtamplash usulida loyihaladim, chunki po’lat materiali cho’yanga nisbatan qattiqligi uzoq vaqt davomida ishlashi bilan farq qiladi. Bu detal tayyorlashdagi jarayonlarni iloji boricha kamaytirishga harakat qildim. Iqtisodiy jihatdan detalni deyarli uchdan ikki qismini tayyorlashda biz tokorlik dastgohdan foydalanamiz. Bu dastgoh sal qimmatroq bo’lsa ham detalga ishlov berishda ko’p afzalikka ega.Menga berilgan mavzu bo’yicha mana shu ishlab chiqarish dasturi asosida ilmiy izlanishlar olib bordim. Men bitiruv oldi amaliyotidagi yakka topshiriqni bajarishda foydalangan adabiyotlarimdan detalning kimyoviy tarkibi, mustahkamlik darajasini, unga ishlov beradigan dastgohlar, qo’yimlar, kesish ma’romlari va texnik vaqt me’yorlarini hisoblashda foydalandim.
Men bitiruv oldi amaliyotidagi yakka topshiriqni bajarishda kompyuter dasturlaridan bir qanchasida foydalandim.Shulardan eng asosiysi AutoCAD Mechanical hamda Kompas 3D dasturlaridir.Bu dasturlarda ishlash qulay bo’lib, ularda qilingan ishlar sifati va chizmalarni tayyorlashda sarflangan vaqti bilan boshqa dasturlaradan ko’rinarli darajada farq qiladi. Hozirda deyarli barcha texnika oliygohlarida mashinasozlikda chizmalarni tayyorlash va ularni qayta ishlash uchun zarur bo’lgan kompyuter dasturlari biz kabi talabalarga chuqur o’rgatib kelinmoqda.Bitiruv malaka ishini ishlash davomida men o’quv va amaliy jarayonlarda olga bilimlarimni yanada mustahkamladim, qo’shimch abilimlarni kerakli adabiyotlardan va rahbarim, uztozlarimdan o’rgandim. Xulosa qilib aytganda kelajakda vatanimga, xalqimga foydasi tegadigan o’z kasbini yetuk mutaxasisi bo’lib shakillanishimda manashu bitiruv oldi amaliyotidagi yakka topshiriqni bajarishda olgan tajriba va ko’nikmalarim juda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday ishlar biz talabalarni mustaqil izlanishga hamda kitoblar, internet saytlardan unumli foydalanishga o’rgatadi.