4. “Reklama – bu xaridor va iste`molchilarga mahsulotning sifati, inson
75
5. Psixolingvistikada reklama tili – bu bir shaxsning ikkinchi bir shaxs
ruhiyatiga o`z so`zlari bilan ta`sir etib, mahsulot sifatiga ishontira oladigan til.
8. Psixologiya xaridor ruhiyatini o`rgansa, tilshunoslik o`sha shaxsga ta`sir
etadigan so`zlarni va matn, chiroyli nutq ustida bosh qotiradi.
9. Sizning so`zlaringiz shunchalik sodda bo`lishi kerakki, boshqalar
ruhiyatiga ta`sir etib, hayron qoldirsin va o`ziga ergashtira olsin.
10. OAV mahsulotni tanlashda yordam berish bilan birga yuqorida bayon
qilinganidek, ruhiy holatimizga, nutq madaniyatimizni oshirishga ham ma`lum
ma`noda ta`sir qiladi. Har jihatdan mukammal, bezakli, bejirim,
adabiy til
me`yorlariga amal qilgan holda tayyorlangan reklamalar inson ruhiyatiga nafaqat
ijobiy ta`sir etadi, kerak bo`lsa, hordiq chiqarishga yordam beradi.
11. Reklamada so`zli matn muallif tomonidan reklama xabariga aylantirilgan
butun mazmuniy quvvatni namoyon etadi.
12. Reklama matnida slogan, sarlavha, asosiy reklama matni, exo-ibora kabi
jihatlar birlashgandagina maqsadga muvofiq matn tuziladi.
13. Reklama – sotuvchining xaridorga aytmoqchi bo`lgan gapi. Bunda
so`zlovchining nafaqat nutqi, balki uning nutq jarayonidagi ijtimoiy holati,
ruhiyati, millati, kasbi, qiziqishlari hisobga olinadi.
14. Reklama komp’yuter ekrani yoki ofis stolida yashamaydi.
U haqiqiy
o`ziga xos muhitda – gazeta, jurnal yoki televideniya bloklari, avtoyo`l shitlarida
yashaydi.
15. Agar reklama sota olmasa, eng yaxshi ajoyib matn ham foydasiz.
Reklamada har bir so`z sotish uchun xizmat qiladi.
16. Tasvir so`zga o`xshab reklamaning eng muhim sharti sanaladi.
Reklamada tasvir ikkita asosiy (boshqa xususiyatlardan tashqari) vazifani bajaradi:
diqqatni jalb qiladi va reklama xabarining mazmun mohiyatini aniqlashga imkon
yaratadi.
17. Adresantning vazifasi mahsulotni tanlashni eng oson yo`lini adresatga
ko`rsata olishdir.
76
18. Reklama matnlarida ortiqcha va tasodifiy
yoki matnda ishlatilgan
terminlarning mohiyatini ochib beruvchi vositalarsiz ishlatilgan so`zlar,
shuningdek, mavhum qisqartmalar adresatni toliqtiradi va hech qanday foyda
bermaydi.
19. Reklama matnlari boshqotirma shaklida, ya`ni asosiy semantik ma`noni
topish adresatga havola qilish tarzida tuzilmasligi kerak. Sodda, ravon va
tushunarli tilda adresat ongiga bosh g`oyani yetkazib berish lozim.
20. Reklama matnlarida uchraydigan yana bir muammo tor soha
mutaxassislariga mo`ljallangan reklama matnlaridir. Bunday reklama matnlarida
sohaviy (texnikaviy) so`z birikmalarining qisqartma shaklda berilishi reklamaning
ahamiyatini yo`qotadi. Chunki bunday birikma terminlarni tushunuvchi adresatlar
doirasi chegaralangan bo`ladi. Tor sohaga oid terminlar
agar qisqartma sifatida
berilsa, uni tushunuvchi adresatlar soni yana ham kamayadi.
21. Kopireyter (reklama matni muallifi) o`zining fikrini qog`ozga tushira
olish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak, ammo bu qobiliyat mijoz (klient)ning ichiga
kirib, uning muammolarini yechishi mumkinligini aytish qobiliyatidan keyin
turadi.
22. Har qanday reklama axborotni ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak,
har qanday reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir. Reklamalar matni
ko`cha tilining boshqa turlari (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan
o`ziga xos xususiyatlarga ega.
23. Har qanday matndan anglashilayotgan kommunikatsiya asosan til
birliklari orqali ifodalanadi. Matnning o`ziga
xos xususiyati undagi til
birliklarining o`zaro bog`liqligi va yaxlitligidir. Semiotikada matn tushunchasi
ostida kommunikatsiyaning har qanday shakli, ya`ni ma`no anglashishi
tushuniladi.
24. Vizual reklama matnlarida lingvistik vosita sifatida asosan yuqori
emotsional - ekspressivlikka ega bo`lgan sifat turkumiga oid so`zlar qo`llaniladi.
77
25. Lingvistik matnsiz reklamalarda til birliklari deyarli qo`llanmaydi.
Bunday reklamalarning asosini turli ramzlar, rasmlar
va nolingvistik vositalar
tashkil etadi.
26. Vizual reklama matnlarida gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topib,
ko`pincha so`z-gaplar, to`liqsiz gaplardan iborat bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: