205
Namuna:
SO
2
K
2
O
K
2
O
4
kislotali
oksid
asosli
oksid
super
oksid
kislotali
oksid
asosli
oksid
super
oksid
NO
qo‘sh
oksid
qo‘sh
oksid
OKSID befarq
oksid
befarq
oksid
FeO∙Fe
2
O
3
amfoter
oksid
peroksid
oksid
shpinel
amfoter
oksid
peroksid
oksid
shpinel
Al
2
O
3
Na
2
O
2
CuO∙Al
2
O
3
―NIMA UCHUN‖ grafikli organayzeri chizmasi
―Nima uchun‖sxеmasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash
bo`yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va
faollashtiradi.
O`qituvchi o`quvchilarni ―Nima uchun‖ sxеmasini tuzish qoidasi bilan
tanishtiradi.Alohida kichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. ―Nima uchun‖
so`rovini bеradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon
muammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadi va javoblar
guruhlarda umumlashtiriladi.
―Nima uchun‖ grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari.
1. Aylana, to`g`ri to`rtburchak yoki boshqa turdagi shakllardan foydalanishni
o`zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko`rinishini - mulohazalar zanjirini to`g`ri chiziqli, to`g`ri
chiziqli emasligini o`zingiz tanlaysiz.
3. Yo`nalish ko`rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni dastlabki
holatdan izlanishgacha
bo`lgan yo`nalishingizni bеlgilaydi.
Nima uchun
Nima uchun
Nima uchun
Nima uchun
206
Namuna :
Nima uchun oltin va kumush korroziyaga uchramaydi?
Nima uchun suvni tozalashda unga xlor qo‘shiladi?
Nima uchun shamning alangasi yorug‘lik beradi-yu, spirt lampasi alangasi
yorug‘lik bermaydi?
Nima uchun vodorod ham birinchi ham 17- guruhda joylashgan?
Nima uchun Li peroksid hosil qilmaydi?
―BUMERANG‖ texnologiyasi
Bu texnologiya oʻquvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida saqlab qolish,
soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida koʻp
ma‘lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida oʻqituvchi tomonidan barcha
oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsad - oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan
materiallarni oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib
olishlari hamda suhbat -munozara va turli savollar orqali tarqatma
materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va
baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi tomonidan oʻz baho
(ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Texnologiyaning qoʻllanishi – amaliy mashgʻulotlar, seminar yoki
laboratoriya mashgʻulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda
yakka
tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
Mashgʻulotda foydalaniladigan vositalar. Oʻquvchi dars jarayonida
mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun moʻljallangan
tarqatma materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa
matnlar, suratlar, ma‘lumotlar).
Do'stlaringiz bilan baham: