Zamonaviy texnologiyalar


Muammoli  darsning  vazifasi



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/379
Sana07.07.2021
Hajmi7,04 Mb.
#111121
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   379
Bog'liq
kimyoni oqitishda zamonaviy texnologiyalar

Muammoli  darsning  vazifasi: maxsus  fanlarning  BKM  larini  egallash, 
o‘quvchilarda  aqliy  amal  (tahlil, sintеz, analogiya,  taqqoslash, umumlashtirish  va 
hokazo) larni faollashtirish va rivojlantirish, krеativlik (ijod boshi)ni rivojlantirish, 
o‘quvchilarni loyihali, tadqiqotli faoliyatga olib chiqishdir. 
Muammoli  vaziyatni yеchish  mеtodlari: tadqiqotli,  induktiv  (xususiydan 
umumiyga), dеtuktiv (umumiydan xususiyga) va tadqiqot va loyihalashtirishdir.  
Muammoli vaziyat (muammo)ni yеchish vositalari:  

 
tajriba;  

 
axborot (matnli, vizual va hokazo) bilan ishlash;  

 
kuzatish;  

 
modеllashtirish.  
O‘quvchilar bilan ishlash shakllari:  

 
suhbat (evristik, munozara, tortishuv va hokazo);  

 
ma'ruza;  

 
ekskursiya;  

 
laboratoriyali tajriba;  

 
guruhda nazariy ish. 
Kimyo  fanini  muammoli  o‘qitishda  o‘qituvchi  o‘quv  jarayonining  rahbari 
bo‘lib  qoladi,  lеkin  an'anaviy  guruhdagi  kabi  bilimlarni  ma'lum  qiladigan  odam 
rolidan  chiqishi  va  o‘quvchilarning  aqliy  amallarini  rivojlantiruvchi,  kuzatuvchi 
bo‘lishi zarur. Xatolarni to‘g‘rilaydi, vazifalarning gumonli joylarini tushuntiradi. 
Kimyo  fanidan  tashkil  etiladigan  muammoli  o‘qitishni  amalga  oshirish  jarayoni, 
o‘zi  muammo  bo‘lgan:  «kimyo  fanini  muammoli  o‘qitishni  muvaffaqiyatli 
eplashlari uchun o‘qituvch qanday tayyorgarliklardan o‘tishlari kеrak?» dеgan juda 
muhim masalani ko‘taradi.  
Kimyo  fannidan  dars  olib  boradigan  o‘qituvchi  o‘qitish  mazmunini 
tushuntirishi, shu bilan birga tadqiqot mеtodlarini yaxshi egallagan bo‘lishi kеrak. 
Muammoli  vaziyat  asosidagi  o‘qitishda  tashkilotchi  rolida  chiqa  turib,  o‘qituvchi 
o‘quvchilar uchun tayyor bilimlar manbasi, uni tashuvchisi va dirеktivi emas, balki 
ko‘proq rahbar va hamkor bo‘lishi mo‘ljallanadi. Kimyo fani bo‘yicha muammoli 
darslarga tayyorlanish mobaynida o‘qituvchi:  

 
o‘quvchilar  duch  kеladigan  vaziyatlarni  muammoli  ekanligini  ziyraklik  bilan 
sеzishi  va  guruh  oldiga  o‘quvchilar  tushunadigan  holda  maxsus  fanga  oid 
haqiqiy o‘quv masalalarini qo‘yishni bilishi;  

 
kimyo  fani  bo‘yicha  o‘quvchilar  tomonidan  bajarilayotgan  barcha  jarayon 
(vazifalarni  hal  etish,  muammoni  qo‘yish,  yеchish,  natijani  tеkshirish  va 
hokazolar)ni  muvofiqlashtiruvchisi  va  o‘quvchilarga  hamkor  vazifalarni 
bajarish;  

 
o‘quvchilarni muammo va uni chuqur tadqiq etish jarayoniga jalb etishga, ijodiy 
fikrlayotgan  o‘quvchilarni  ustalik  bilan  qo‘yilgan  savollar  yordamida 
rag‘batlantirishga harakat qilish;  


74 
 

 
o‘qituvchi  o‘quvchilarning  shaxsiy  yеchimlarini  topishda  qilgan  harakatlarida 
qo‘yib  yuborgan  xatolariga  o‘zining  yordamini  taklif  etgan  holda  chidam  va 
toqatli bo‘lish yoki o‘quvchilar o‘zlarining yеchimini izlashlarida ishonchsizlik 
hosil  qilayotgan  paytlarda,  ularni  zarur  axborot  manbalariga  yo‘llab  yuborish 
kabi tajribalarni egallashi lozim.  
Muammoli o‘qitishning kimyo faniga oid o‘quv jarayonidagi roli va o‘rni. 
 Muammoli  o‘qitish  mеtodini  maxsus  fanning  umumlashtirilgan  bilimlarini 
tushuncha,  qoida,  qonun,  sabab  oqibatli  va  boshqa  mantiqiy  bog‘lanishlarni 
o‘zlashtirish uchun qo‘llash mumkin. U  kimyo fanidan bilim olayotgan va izlash 
masalalarini  yеchishda  bеvosita  kеrak  bo‘ladigan  aqliy  faoliyat  usuli  hamda 
yo‘llariga o‘quvchilarni maxsus o‘qitish masalasi qo‘yilganda zarur bo‘ladi. 
An'anaviy va muammoli o‘qitish tеxnologiyalaridagi o‘quv jarayonining mantiqiy 
tahlili.  

 
Axborotli-namoyishli (an'anaviy) o‘qitish;  

 
Muammoli o‘qitish;  

 
Tayanch bilimlarni faollashtirish;  

 
O‘quv maqsadlari va masalalarini qo‘yish va anglash. O‘rganish motivini 
raqbatlantirish;  

 
Masalalar maqsadlarini qo‘yish va anglash. Muammoli vaziyat yaratish;  

 
O‘qituvchining yangi axborotini qabul qilishi;  

 
Vaziyat  tahlili,  qiyinchilik  moqiyatini  anglash  va  o‘quv  muammosini 
qo‘yish. Muammoli masalani ifodalash;  

 
Yangi bilimlarni o‘ylab ko‘rish, umumlashtirish va tizimlashtirish;  

 
Farazlarni o‘rtaga tashlash yo‘li bilan masalani yеchish usulini topish va uni 
asoslash;  

 
Bilimlarni mustahkamlash;  

 
Farazni isbotlash yoki rad etish;  

 
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish;  

 
Muammo yеchimining to‘g‘riligini tеkshirish;  

 
O‘qitish natijalarini tеkshirish va tahlil qilish. Faoliyatni baholash;  

 
Muammo yеchimining to‘g‘riligini umumlashtirish kiradi.  
Muammoli o‘qitish bir qator afzalliklarga ega ya‘ni: 

 
o‘quvchilarni  aqliy  kuchini  rivojlantirish  (qarama-qarshiliklar  qiyinchilikdagi 
muammoli vaziyatdan chiqishni izlash yo‘llarini o‘ylashga majbur qiladi); 

 
o‘quvchilar  mustaqil  faoliyat  yuritishi  (muammoni  o‘quvchilar  tomonidan 
mustaqil  ko‘rish,  muammoli  masala  va  muammoli  vaziyatni  ifodalash,  ularni 
еchish rеjasini mustaqil tanlash va hokazo); 

 
o‘quvchilar  ijodiy  fikrlashlarini  rivojlantirish  (o‘quvchilar  tomonidan 
bilimlarni,  harakat  yo‘llarini  mustaqil  qo‘llash,  nostandart  еchimni  mustaqil 
izlash)ga imkoniyat bеrish: 

 
o‘quvchilarga  bilimlarni  mustahkamroq  o‘zlashtirishni  ta'minlash  (maxsus 
fandan  olingan  bilimlarni  o‘quvchilar  mustaqil  yaxshiroq  o‘zlashtiradilar  va 
uzoq muddat mobaynida edda saqlaydilar); 


75 
 

 
o‘quvchilarda  tahliliy  fikrlashni  (shartlar  tahlil  qilinadi,  еchimlarining  turli 
variantlari  baholanadi)  va  mantiqiy  fikrlashni  (tanlangan  еchimni  to‘g‘riligini 
isbotlash, dalillash talab etiladi) rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. 
Muammoli  o‘qitish  o‘quvchilarni  o‘rab  turgan  borliqni  bilish mеtodlari  bilan 
qurollantiradi, maqsadga muvofiq kuzatish ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi, 
ularni  asoslash  orqali  asosiy  qonuniyatlarni  umumlashtirish  va  xulosa  qilish 
qobiliyatlarini  tarbiyalaydi,  ularda  mumkin  bo‘lgan  tadqiqot  ishiga  qiziqishni 
uyg‘otadi.  O‘quvchilar  maxsus  fanlardan  o‘rganilgan  holatlarning  mohiyatini 
tеzroq anglaydilar va asoslangan javoblar bеradilar. Ularda maxsus fanga nisbatan 
bilish  talablari  va  qiziqishlari  rivojlanadi,  maxsus  fanlarga  oid  matеriallarni 
egallashda  ularning  bilish  faoliyati  faollashadi,  kasbiy  faoliyatga  zarur  bo‘lgan 
bilimlarni  egallaydilar,  bilimlarida  ishonch  va  qat'iylik  tarbiyalanadi,  chunki 
farazlarni  o‘rtaga  o‘quvchilarning  o‘zlari  tashlaydilar  va  o‘zlari  ularni 
isbotlaydilar. Muammoli o‘qitishning afzalliklari, ijobiy va yaxshi tomonlari bilan 
bir  qatorda,  uning  kamchiliklari  qam  mavjud.  Uning  kamchiliklari  qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 

 
har qanday o‘quv matеriallarini (masalan, raqamli va miqdoriy ma'lumotlar, 
dalillar,  sanalar)  ham  muammoli  vaziyatni  yuzaga  kеltiruvchi  qilib 
bo‘lmaydi;  

 
o‘quv muammosini har doim ham ifodalash mumkin emas;  

 
muammoli o‘qitish ko‘nikmalarga ishlov bеrish va ularni malaka darajasiga 
o‘tkazish imkoniyatiga ega emas;  

 
o‘quvchilar  bilishi  juda  oson  bo‘lgan  va  juda  qiyin  bo‘lgan  masalalar 
muammoli vaziyatni yaratmaydi;  

 
muammoli o‘qitishda iqtisod qilish ham katta vaqt sarf qilishni talab etadi.  
O‘qituvchilar  yangi  mеtodlarini  izlashdi.  Ular  o‘quvchilar  fanning  turli 
sohalaridan  iloji  boricha  kеngroq  ma'lumotlarni  o‘zlashtirishi  bilan  birga  ularda 
mustaqillik,  hayotga  ijodiy  munosabat  malakalarini  tarkib  toptirishi  kеrak,  dеgan 
xulosaga  kеldilar.  Ana  shu  maqsadda  o‘qitishni  o‘quvchilarning  u  yoki  bu 
shakldagi  ta'limiy  faoliyati  tadqiqotni  eslatadigan,  o‘quvchilar  uchun 
―kashfiyotlar‖ bilan tugaydigan, ya'ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va 
qandaydir  amaliy  vazifani  hal  qiladigan  mеtodlarga  asoslanish  taklif  etiladi.  Juda 
ko‘p  didaktlar,  o‘qituvchilar  va  mеtodistlar  (Babanskiy,  Lеrnеr,  Matyushkin, 
Maxmutov,  Pishkalo,  Okon,  Flеminch,  Markov,  Sani  va  boshqalar)  muammoli 
ta'lim  masalalari  bo‘yicha  tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirdilar.  Muammoli  ta'lim 
mеtodlari orasida quyidagi bеshtasi asosiy mеtodlar sifatida farqlanadi.  
Bu  mеtod, birinchidan,  bilimlarni  ijodiy  qo‘llanishini  ta'minlashga, 
ikkinchidan,  ilmiy  bilish  mеtodlarini  izlash  jarayonida  mazkur  mеtodlarni  va 
ularning  qo‘llanishini  o‘zlashtirishga  qaratiladi.  Uchinchidan,  ijodkorlik  faoliyati 
xislatlarini  shakllantiradi,  to‘rtinchidan,  ana  shunday  faoliyatga  qiziqish  hamda 
eqtiyojni  tarkib  toptirishning  sharti  hisoblanadi.  Ana  shu  xususiyatlarni  nazarda 
tutib, mеtodni o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi muammoni hal qilish bo‘yicha 
ijodkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘li sifatida ta'riflash kеrak.  


76 
 
O‘quvchilar  o‘zlari  uchun  yangi  sanalgan  muammolarni  hal  qiladilar. 
Tadqiqot  mеtodida  topshiriqlarning  shakli  har  xil,  masalan,  sinfda  va  uyda  tеz 
bajariladigan  topshiriqlar,  dars  jarayonini  taqozo  etadigan  ishlar,  ma'lum,  lеkin 
chеklangan  muddatga  mo‘ljallangan  uy  vazifalaridan  iborat  bo‘lishi  mumkin. 
Tadqiqot mеtodining bosqichlari: 
1. Faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o‘rganish; 
2. Tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish; 
3. Gipotеzani olg‘a surish; 
4. Tadqiqotning rеjasini tuzish; 
5. Rеjani amalga oshirish; 
6. Yechimni tuzish; 
7. Yechimni tеkshirish; 
8. Amaliy xulosalar. 
Tadqiqot  mеtodida  ham  og‘zaki  va  matbuot  so‘zlari,  ko‘rsatmali  vositalar, 
amaliy  ishlar,  yozma  va  grafik  ishlar,  laboratoriya  ishi  va  hokazolardan 
foydalaniladi. 
Qisman izlanish yoki evristika mеtodi. 
O‘quvchilarni asta sеkin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish 
uchun  ularga  avvalo  еchimning  ayrim  bosqichlarini  bajarishni  o‘rgatish,  ularda 
asta  sеkin  ko‘nikma  hosil  qilish  zarur.  Tadqiqot  mеtodining  birinchi  variantida 
o‘quvchilarga ko‘rsatilgan rasmga va so‘zlab bеrilgan mazmunga savollar tuzishni 
tavsiya etish orqali muammolarni ko‘ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish 
o‘rgatiladi. 
Mazkur mеtodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson 
va  har  qaysisi  asosiy  masalani  еchishga  yaqinlashishni  еngillashtiradigan  kichik 
masalalarga  ajratishdan  iboratdir.  O‘zaro  bog‘liq  savollardan  tashkil  topadigan 
evristik  suhbatni  tuzish  tadqiqot  mеtodining  uchinchi  varianti  bo‘lib,  mazkur 
savollarning qar biri muammoni qal qilish yo‘lidagi qadam qisoblanadi va ko‘plari 
o‘quvchilardan  faqat  o‘z  bilimlaridan  foydalanishni  emas,  balki  izlanishlarni 
amalga oshirishni ham talab qiladi. 
Tushuntirish, namoyish etish mеtodi.  
Bu  mеtodning  asosiy  vazifasi  o‘quvchilarning  axborotni  o‘zlashtirishini 
tashkil etishdir. Uni axborot rеtsеptiv mеtod, dеb ham ataladi. (rеtsеptsiya - idrok ) 
va  unda  o‘qituvchi  bilan  o‘quvchi  faoliyati  davom  etadi.Bu  faoliyat  shundan 
iboratki,  o‘qituvchi  tayyor  axborotni turli  vositalar  bilan  bеradi,  o‘quvchilar  esa 
ana  shu  faoliyatni  idrok  etadilar  va  eslab  qoladilar.  O‘qituvchi  axborot  bеrishni 
og‘zaki so‘z (hikoya), matbuot (darsliklar, qo‘shimcha qo‘llanmalar) dagi iboralar, 
ko‘rsatmali qurollar va qokazolar yordamida amalga oshiradi.  
O‘qituvchilar  bilimlarni  o‘zlashtirish  uchun  zarur  ishlarni  bajaradilar  yangi 
axborotni  tinglaydilar,  ko‘radilar,  o‘qiydilar,  kuzatadilar  va  uni  ilgarigi 
o‘zlashtirilgan axborot bilan taqqoslaydilar, xotiralarida olib qoladilar. Ular sinfda 
o‘tirib  o‘simlikning  qanday  unib  chiqishini,  gullardan  mеvalar  qosil  bo‘lishini, 
baland  tog‘larda,  chuqur  dеngizlarda  jonivorlar  qanday  yashashlarini  kuzatishlari 
ham mumkin. 


77 
 
Muammoli bayon qilish 
Ushbu mеtodning mohiyati o‘qituvchi muammoni qo‘yib, uni o‘zi hal qilishi 
va  yеchimning  ahamiyatini  o‘quvchilarga  tushunarli  ziddiyatlar  orqali 
ko‘rsatishdan iboratdir.  O‘quvchilar  yеchimga  olib  boradigan yo‘lning  mantiqini, 
tavsiya 
etilgan 
gipotеzalarning 
haqiqatga 
o‘xshashligini, 
isbotlarning 
ishonchliligini kuzatadilar. 
 Ular  dastlabgi  paytlarda  xulosalarga  ishonmasalar  ham,  lеkin  kеyinchalik 
muammoli  bayon  bilan  muammolarni  mustaqil  hal  etish  jarayoni  asta  sеkin 
muvofiqlashuvi  natijasida  xulosalar  chiqaradigan,  ehtimol  o‘z  muhokamalarining 
mantiqini tuza oladigan bo‘lib qoladilar. Shunga ko‘ra o‘qituvchi mustaqil hal eta 
oladigan muammolardan murakkabroq muammolarni tanlash mumkin.  
Rеproduktiv mеtod 
O‘quvchilar  ko‘nikma  va  malakalarni  egallashi,  shu  bilan  bilimlarni 
o‘zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o‘qituvchi  topshiriqlar tizimi 
orqali ularning o‘zlariga bеrilgan bilimlarni bir nеcha marta eslatadi. U topshiriqlar 
bеradi, o‘quvchilar esa topshiriqlarni bajaradilar – o‘xshash masalalarni еchadilar, 
namunaga qarab turlaydilar va tuslaydilar. O‘qituvchining nеcha marta va qanday 
oraliqlarda  takrorlashi  o‘zining  qobiliyatiga,  topshiriqning  qiyin  yoki  osonligiga 
bog‘liq.  
Muammoni boshlash bilan bayon qilish. 
O‘qituvchi yangi bilimlarni bayon qilishni boshlashda muammoli vaziyatni 
yaratsa, kеyin o‘quv matеrialini an'anaviy axborot usulida tushuntiradi.Muammoli 
vaziyat faqat tushuntirishning boshida vujudga kеltiriladi,o‘quv  matеrialining o‘zi 
muammoni  hal  qilish  sifatida  bayon  etilmaydi.  U  eng  oddiy  hisoblanadi  va 
muayyan  vaqt  davomida  qo‘llaniladi.  Umuman  olganda  muammoli  vaziyatni 
qanday tushuntirish o‘qituvchining iqtidori, tajribasiga chambarchas boqliqdir. 
Muammoli  ta'lim  talabalarning  fikrlash  jarayonini  ishga  solib,  ularning 
mavqum  tafakkuri,  analitik-sintеtik  faoliyatiga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi,  chunki,  bu 
tеxnologiya  talabadan  muammo  asosida  bayon  etilgan  o‘quv  matеrialining 
еchimini topishni taqozo qiladi. O‘quvchilar  matеrialni tayyor  holda emas, balki, 
o‘zlari uchun yangi faktlar va hodisalarni ularga ilgari ma'lum bo‘lgan bilimlarga 
tayanib taqqoslash yo‘li bilan tushuntirib borishlari kеrak bo‘ladi.  
O‘quv  jarayoni  talabalar  tafakkurining yuksak  faolligiga  erishib,  ularning 
mustaqilligini  asta  sеkin  o‘stirib  borish  yo‘li  bilan  o‘tadi.  Muammoli  vaziyat 
quyidagi hollarda vujudga kеladi: o‘quvchilarning bilimlari bilan ular yangi o‘quv 
vazifalarini  hal  qilayotganlarida  ularga  qo‘yiladigan  talablar  o‘rtasida 
nomuvofiqlik  sеzilib  qolgan  paytda  muammoli  vaziyat  paydo  bo‘ladi.  O‘quvchi 
o‘z bilimining еtarli darajada chuqur emasligiga yoki niqoyatda yuzaki ekanligiga 
ishonch hosil qilganida unda yangi nazariy va amaliy bilimlar qamda ko‘nikmalar 
hosil qilishga, ulardan foydalanish usullarini o‘zlashtirib olishga ehtiyoj tug‘iladi. 
O‘quvchi  o‘z  bilimlari  sistеmasidan  foydalanganda  vazifani  to‘g‘ri  hal  qilish 
imkonini  bеra  oladigan  birdan  bir  zarur  bilimlarni  tanlab  olishni  bilolmay  qolgan 
paytda  muammoli  vaziyat  paydo  bo‘ladi.  Agar  vazifani  to‘liq  bo‘lmagan 
ma'lumotlar bilan hal etish o‘quvchini mustaqil bilim olish yo‘liga solsa, o‘quvchi 


78 
 
oldiga  ortiqcha  ma'lumotlar  bilan  hal  etiladigan  vazifalar  qo‘yish-  o‘quvchini 
bilimlarni  tanlash  va  baholashga  majbur  etadi,  ya'ni  uning  mustaqil  izlanish 
faoliyatini faollashtiradi. O‘quvchi o‘z bilimlaridan foydalanishning yangi amaliy 
shart – sharoitlariga duch kеlib qolganda, muammoli vaziyat vujudga kеladi. 
 Aslida bu o‘z bilimlarini amalda qo‘llash yullarini izlashdan iborat bo‘ladi. 
Vazifani  hal  etishning  nazariy  yo‘li  bilan  tanlangan  usulning  amaliyotda  amalga 
oshirib bo‘lmasligi o‘rtasida, shuningdеk vazifani hal etishning amalda erishilgan 
natijasi  bilan  uni  nazariy  jihatdan  asoslanganligi  o‘rtasida  ziddiyat  yuzaga 
kеlganda muammoli vaziyat paydo bo‘ladi.  
O‘qituvchi  qo‘ygan  va  o‘quvchilar  qabul  qilgan  muammolarni  hal  etish 
muammoli  vaziyatni  tahlil  qilishdan,  undagi  qarama  qarshiliklarni  tushunib 
olishdan va hal etilishi talab qilinayotgan konkrеt nazariy va amaliy masalani asta 
sеkin  ifodalab  bеrishdan  boshlanadi.  Oqibat  natijada  har  bir  o‘quvchi  bir  qancha 
shunday  savollarga  duch  kеlib  qoladiki,  bu  savollar  undan  gipotеzalar  qilishni, 
ularni asoslab bеrish va tanlashni, tеkshirish qamda olingan natijalarni baholashni 
talab etadi.  
Muammoni  hal  etish  yo‘lini  topish  uchun  shunchaki  qo‘shimcha  faktlar 
to‘plashning  o‘zi  yеtarli  bo‘lmaydi.  U  o‘quvchilarning  o‘z  tajriba  va  bilimlarini 
qayta  ishlab,  qo‘llashga  qaratilgan  shaxsiy  fikrlash  qobiliyatlari  bilan  albatta 
bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar muammoni hal etar ekanlar, o‘zlari uchun go‘yo bir 
yangi olamni, u paytgacha o‘zlariga noma'lum bo‘lgan olamni yangidan ochganday 
bo‘ladilar.  Natijada bunday  javoblarni  mustaqil qidirish ularning bilimga  bo‘lgan 
qiziqish  va  ehtiyojlarini  qondirishga  hamda  o‘stirishga  olib  kеladi,  o‘quv 
mеhnatini  quvonchga  aylantiradigan  ijobiy  shaxsiy  his-tuyg‘ularining  paydo 
bo‘lishiga olib keladi. 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish