FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
13.
G.D Rajabova. ― Gerontologiya ― Toshkent
14.
N.N. Nasriddinova , ― Geriatriya‖ Toshkent
15.
M.F.Ziyayeva ― Qariyalarda hamshiralik parvarishi‖ Toshkent
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
720
16.
Internet ma‘lumotlari
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
721
REVMATOID ARTRIT KASALLIGIDA HAMSHIRALIK ISHI
Sobirova Dilfuza Madaminovna
Xorazm viloyati, Xiva shaxridagi tibbiyot kollejining
" Maxsus fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Saidova Shahlo Mahmudjanovna
Xorazm viloyati, Xiva shaxridagi tibbiyot kollejining
" Maxsus fanlar" kafedrasi o'qituvchi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada revmatoid artrit kasalligining sabablari va
belgilarini o‘ziga xos tomonlari haqida ma‘lumot berilgan. Revmatoid artrit kasalligidan
kimlar ko‘proq aziyat chekish sabablari to‘liq yoritilgan. Kasallikni oldini olish va
parvarish chora tadbirlari sanab o‘tilgan.
Tayanch iboralar: ( kalit so‟zlar
)
artrit, kontraktura, ankiloz, giperimiya, karaxtlik.
Revmatoid
artrit – biriktiruvchi to‘qimalarning surunkali tizimli autoimmun
yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, asosan, periferik bo‘g‘imlarning avj olib boruvchi eroziv
destruktiv poliartriti ko‘rinishida kechadi. Kasallik ko‘p tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha
nogironlikka olib keladi.
Etiologiyasi. Hozirga qadar revmatoid artrit rivojlanishiga sabab bo‘ladigan yagona
etiologik omil topilmagan. Kasallik nasliy moyillik bo‘lgan shaxslarda turli tashqi va ichki
omillar – virus yoki bakterial infeksiyalar, ruhiy emotsional zo‘riqish, dori vositalarini
ta‘siri, gormonal o‘zgarishlar va boshqalardan keyin rivojlanishi kuzatilgan.
Klinikasi. Ko‘pincha kasallik o‘tkir yoki o‘tkir osti ko‘rinishda boshlanadi.
Odatda, avval qo‘l va oyoq proksimal falangalararo bo‘g‘imalari simmetrik
shikastlanishi kuzatiladi. Keyinchalik boshqa yirik bilak – kaft , boldir – tovon va nihoyat
tizza, yekla, tos- son bo‘g‘imlari ham qo‘shiladi. Ba‘zan xastalik yirik bo‘g‘imlar
shikastlanishi bilan ham boshlanishi mumkin. Bo‘g‘imlarning birmuncha shishishi ,
mahalliy harorat oshishi, giperemiya , paypaslaganda og‘riq aniqlanadi. Aksariyat
bemorlarda bo‘g‘im sindromi ertalablari paydo bo‘lib, faol harakatdan keyin, o‘tib ketuvchi
butun tana yoki bo‘g‘imlardagi karaxtlik , artralgiya, umumiy holsizlik, tana vaznining
kamayishi, ko‘p terlash, subfebril isitmalash, ECHT ni biroz oshishi bilan boshlanadi.
Revmatoid artrit o‘tkir osti, faollikda kechganda , asta sekin- umumiy va mahalliy karaxtlik,
qo‘l va oyoq panjalarining mayda bo‘g‘imlaridagi turg‘un poliartralgiya yoki artrit
rivojlanadi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riq ― yallig‘lanishli ritm‖ ga ega bo‘lib, tunning 2 yarmida va
ertalablari kuchli, kun davomida esa kamayib boradi. Kasallik, birinchi navbatda II-III kaft
– falang hamda proksimal falangalararo, kam hollarda esa plyus – falanga, ikkinchi
navbatda, tizza, bilak- kaft, tirsak, boldir -tovon bo‘g‘imlari simmetrik artriti bilan
boshlanadi. Distal falangalararo, birinchi kaft- falanga, jimjiloqni proksimal falangalararo
bo‘g‘imlari umuman shikastlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |