“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
694
ekanini isbotladi. Shu bilan birga, oʻquvchilar oʻrtasida bu fanga nisbat qiziqish ortganiga
hamda fanning obroʻyi bir pogʻona koʻtarilganiga guvoh boʻlamiz.
Hozirgi davrda geografiyani oʻrganishga kirishgan oʻquvchilar faqat darslik bilan
chegaralanib qolmaydilar. Ular yer yuzining tuzilishi, geografik qobiqda yuz berayotgan
jarayonlar, okeanlarning paydo boʻlishi, orollarning materiklardan ajralib chiqishi,
obhavoning oʻzgaruvchanligi, iqlim hosil qiluvchi omillar kabi maʼlumotlarni bilishda
axborot texnologiyalaridan, ayniqsa, internet saytlaridan unumli foydalanishadi. Buni
hozirgi murakkab davrda ham yaqqol kuzatish mumkin. Har bir fan uchun Telegram
messenjerida alohida guruhlar ochib, onlayn darslar olib borilayotgan bir vaqtda
oʻquvchilarga berilgan topshiriqlarni taʼlim saytlaridan izlanib javob topishlari va qaysi
manbalardan foydalanayotganlarini koʻrsatishlari ham quvonarli holat.
Geografiya fanining oʻqitilishida darslar hayotga bogʻlab qiziqarli va ijodiy tashkil
etilsa, maqsadga erishish oson boʻladi. Geografiya darslarida dars samaradorligini
oshirishda koʻproq koʻrgazmali qurollardan, suhbat, bahs-munozara uslublaridan,
kinofilmlardan, turli boshqotirmalardan, testlardan, amaliy mashgʻulotlardan foydalanish
mumkin. 4-sinfda ―Tabiatshunoslik‖ fanini oʻzlashtirib, 5-sinfga qadam qoʻygan oʻquvchi
uchun ―Tabiiy geografiya boshlangʻich kursi‖ qiziqarli boʻlish bilan birga biroz
murakkablik qiladi. Beshinchi sinfda haftasiga atigi bir soat geografiya darsining oʻtilishi
esa mavzularni oʻzlashtirishni yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun mavzularni
tushuntirish uchun metod va usullarni qoʻllashda bolaning yosh xususiyatlarini ham hisobga
olish shart.
XXI asr – texnologiyalar va informatsiyalar zamonida yashayapmiz. Zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanib videodarslar tayyorlash imkoniyatlari mavjud.
Bunday darslarda turli animatsiyalardan foydalanilsa, darslar yanada qiziqarli boʻladi. Uyida
kompyuter yoki noutbuk boʻlmagan oʻqituvchilar ham bemalol mobil telefonlar orqali turli
dastur hamda ilovalar yordamida bunday darslarni tayyorlay oladilar. Izlagan imkon topadi.
Internet brauzerlari orqali ―Inshot‖, ―Filmix‖, ―Du Recorder‖ kabi programmalarga qidiruv
berib yuklab olish mumkin. Bu dasturlar orqali oʻqituvchilar oʻz ijodiy mahoratlarini sinab
koʻrishlari va amalga oshirishlari mumkin. Bunday darslar, ayniqsa, masofaviy darslarda
qoʻllanilsa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Oʻqituvchilar har bir yangi mavzuni oʻtganida topshiriqlarning mazmunan xilma-xil va
qiziqarli boʻlishiga eʼtibor qaratishi lozim. Oʻquvchilarga yangilik berish bilan birga,
ularning psixofiziologik imkoniyatlarini hisobga olish, ularning fikrlash qobiliyatlarini va
ijodiy tashabbusini rivojlantira olish kerak. Darhaqiqat, oʻquvchilarimizni mustaqil, erkin
fikrlay oladigan, jahon ilm-fani darajasida oʻz oʻrniga ega boʻladigan, raqobatbardosh
kadrlar qilib tarbiyalash zimmamizdagi eng masʼuliyatli va sharafli vazifa. Yaratilayotgan
imkoniyatlardan
toʻlaqonli
foydalanib
oʻz
kasbiga
vijdonan
yondashadigan
oʻqituvchilarimizdan nafaqat ochiq darslarda yoki fan oyliklarida, balki oddiy darslarda ham
nutqiy savodxonlikka eʼtibor qaratishlari, shiddat bilan rivojlanayotgan zamon bilan
hamnafas boʻlishlari talab etiladi. Shundagina biz koʻzlagan manzilimizga, oldimizga
qoʻygan maqsadimizga erishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |