“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
637
O‟ZBEKISTONDA MAKTAB O‟QUVCHILARI UCHUN PISA DASTURI
Shakarova Nazira Abdimurod qizi
Toshkent viloyati Ohangaron tumani
59- umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya
:
PISA dasturi, o‘qish savodxonlik, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar
borasida savodxonlik, O‘zbekistonda olib borilayotgan PISA dasturi va kelajakdagi
istiqbollari haqida
Kalit so‟zlar
:
PISA, tadqiqot, strategiyalar, baholash va savodxonlik.
PISA (The Programme for International Student Assesment) - O‗quvchilarning ta‘lim
yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlarini baholash borasidagi xalqaro dastur hisoblanib, dasturning
bosh maqsadi – yosh chegarasi 15 ni tashkil etgan maktab o‘quvchilarining o‗qish
savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar borasida savodxonlik bilimlarini har
xil testlar bilan baholashdir. Bu tadqiqotlar o‗quvchilarning
ijodiy va tanqidiy fikrlay
olishiga, o‘zlashtirgan bilimlaridan hayotda foydalana bilish qobiliyatlariga baho berish va
so‘ngra bu ko‗nikmalarni paydo qilishga yo‘naltirishdir. Ushbu tadqiqot 1997 yilda joriy
qilingan va har uch yilda bir marta o‗tkaziladi, ilk marotaba 2000 yili o‗tkazilgan. Har uch
yilda yagona fan yo‗nalishiga imtiyoz berilib , hamma testlarning qariyb 50 %
i imtiyoz
berilgan fanga tegishlidir. 2000 yilda birinchi marta o‗qish savodxonligiga urg‗u berilgan.
Dasturning asosiy maqsadi o‗quvchilarning maktabda olgan bilimini emas, balki olgan
tajriba, bilim va ko‗nikmalarni hayotda foydalana bilishi hamda
natijani tahlil qilib bera
olishi, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilishni tekshirish.
PISA - dasturi o‗quvchilarning kelajak hayotga tayyorgarlik darajalarini ruhlantirish,
o‘ziga ishontirish va bilimlarini mustahkamlash negizi bo‗lib xizmat qiladigan dasturdir.
2000-2015 yillar oralig‗ida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra Sharqiy Osiyoda –
Xitoy, Koreya, Yaponiya,
Singapur, Yevropada - Finlyandiya, Polsha, Shveytsariya,
Estoniya va Niderlandiya kabi davlatlarning o‗rta ta‘lim tizimi yaxshi taraqqiy etgan.
O‗zbekistonda 2022 yildagi ta‘lim sifati xalqaro PISA dasturi asosida baholanadi. 2022
yilda O‗zbekiston Xalqaro o‗quvchilarni baholash dasturida PISAda ishtirok etadi.
O‗zbekistonni PISA xalqaro dasturiga tayyorgarlanishiga Rossiya ta‘lim
akademiyasining
Ta‘limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta‘lim sifatini baholash markazi
yordamlashmoqda. 24−25 avgust kunlari Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta‘limi
vazirligi va Rossiya
Ta‘lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta‘lim akademiyasi
Ta‘limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta‘lim sifatini baholash markazi
rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‗tkazilgandi.
Ma‘lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta‘lim
sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan buyon PISA xalqaro tadqiqotlari