Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
122
Galdiyeva Mehribon Durdiyevna,
Toshkent davlat texnika universiteti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
YOSHLARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASH jAMIYATNING
YUKSALISH GAROVI
Annototsiya.
Ushbu maqola yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash jamiyatni yuksalish garovi asosiga 
bag‘ishlangan. Maqolada milliy tarbiya, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, 
o‘quvchilarning bilimini oshirishda milliy tarbiya masalalari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
milliy tarbiya, mehr-oqibat, shaxs, milliy qadriyat, komil inson, ota-ona, yosh avlod, 
oila, mahalla.
Аннотация.
 Статья посвящена воспитанию молодежи в национальном духе, как залог прогресса 
общества. В статье анализируются факторы, влияющие на эффективность отечественного 
образования, воспитательной работы, вопросы национального образования в повышении уровня 
знаний учащихся.
Ключевые слова:
 национальное воспитание, доброта, личность, национальные ценности, 
совершенный человек, родители, молодое поколение, семья, сообщество.
Annotation

This article is dedicated to education of young people in the national spirit as a guarantee 
of the progress of society. The article analyzes the factors influencing the effectiveness of national education, 
education, educational work, issues of national education in improving the knowledge of students.
Keywords

national upbringing, kindness, personality, national values, perfect person, parents, young 
generation, family, community
Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oila, mahalla 
va ta’lim muassasalarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, 
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, avvalambor, oila bag‘rida, so‘ngra mahallada shakllanadi. Bolaning 
xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, 
oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori ham oila 
sharoitida qaror topishi, tabiiydir.
Bolajonlik – xalqimizga xos azaliy qadriyat bo‘lib, farzand dunyoga kelishi ota-onaga ham, qarindosh-
urug‘larga ham katta quvonch baxsh etadi. Kelgan kishilar uy egalarini yangi mehmon bilan qutlab: “umri 
bilan bergan bo‘lsin”, “baxtini ko‘ring”, deya yaxshi tilaklar bildirishadi.
Ota-ona farzandiga yaxshi niyat bilan ism qo‘yadi, shu kundan boshlab uning kelajagi va baxtini o‘ylaydi. 
Farzandini axloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, katta bo‘lganda biror kasb-hunar egasi bo‘lishiga ko‘maklashish 
ota-onaning zimmasidagi burchidir.
Qadimdan o‘g‘il bolalar ota yonida dastyor bo‘lib, uning hunarini egallagan, qizlar esa ona rusumini 
tutib kelishgan.Sharqona tarbiyaga ko‘ra qiz bolalar bilan gaplashganda nafosat bilan sekin so‘zlashga 
o‘rgatiladi. Kattalarga tik qarash hurmatsizlik, beodoblik sanalgan. Uyda keksalar yig‘ilganda ayollar yarim 
ovozda so‘zlashishgan. Yoshi ulug‘larning hurmatini bajo keltirish esa ularga ko‘r-ko‘rona itoat qilish emas
balki ularning turmush tajribalariga, bilimlariga hurmat belgisidir.
Qadimdan xalqimizning eng olijanob oilaviy an’analaridan biri kechalari ota-onalar bolalari bilan tancha 
atrofida o‘tirib, tarbiya, odob-axloq haqida maroqli suhbatlar o‘tkazishlari bo‘lgan. Bunda ular o‘zbek xalq 
ertaklari, dostonlari orqali, farzandlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlaganlar. O‘zbek xalqining turmush tarziga 
singib ketgan urf-odatlarimizning aksariyati kishini jismonan sog‘lom, e’tiqodli shaxs bo‘lib yetishishiga 
xizmat qiladi.
Milliy tarbiya ko‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. Odatda, bolaning fe’l-atvori, yurish-turishiga
muomala madaniyatiga qarab ota-onasi kim, oilada qanaqa tarbiya ko‘rgani haqida hukm chiqariladi.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish