“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
79
o‘zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining axloqiy, estetik, oila va islom dini, oila va aholi
salomatligini
himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi, tuzilishi, oiladagi moddiy mojarolar va ajralishlar,
ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo‘nalishlar sotsiologik tadqiqot
obyekti bo‘lib qolmoqda.
Oila yoshlarga ta’sir etuvchi asosiy subyektlardandir. Oila jamiyat va davlatning muhim bo‘g‘ini, shaxs
ma’naviyatini shakllantiruvchi dastlabki va eng asosiy maskan hisoblanadi. Chunki oilada jamiyat a’zolari
– fuqarolar kamol topadi. Oilada singdirilgan tarbiya:
yuksak insoniy fazilatlar, milliy-ma’naviy qadriyatlar,
axloqiy mezonlar mas’uliyat va burchdorlik tuyg‘usi inson qalbida abadiy muhrlanib qoladi.
Oila – umuminsoniy qadriyat. Oila va nikoh munosabatlari, er-xotin, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi
burch va mas’uliyat turli xalq va millatlarda ularning turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari
milliy mentalitetidan kelib chiqib turlicha namoyon bo‘ladi. G‘arb oilasida ota-ona va farzandlar o‘rtasida
munosabat o‘ta erkinlik asosida qaror topgani holda, Sharqda voyaga yetgan
farzandlar ham ota-onalari
bilan munosabatda sharqona odob-axloq qoidalariga rioya etadilar. Bu ertalab ishga ketayotib ota-ona
duosini olish, kechqurun ishdan kelgach hol-ahvol so‘rash, ota-onadan oldin dasturxonga qo‘l uzatmaslik,
ota-onaning ko‘ziga tik qaramaslik, gap qaytarmaslik, ularning gapini bo‘lmaslik, ularning oldida ovozini
baland chiqarib gapirmaslik kabilarda namoyon bo‘ladi.
Oilada farzandlarning ham o‘z ota-onalari oldida burchlari bor. Sharqda ota- onalarni e’zozlashning
quyidagi talablari avloddan-avlodga meros bo‘lib kelmoqda. Bular ota-onaning hurmatini doim joyiga
qo‘yish, ular uchun shirin taomlar pishirib berish, salomatliklari haqida qayg‘urish, ularni norozi qiladigan
harakatlarni sodir
etmaslik, ota-onalarning nasihatlariga amal qilish, ularning holidan doimo xabardor bo‘lish,
ularning roziligi bilan turmush qurish va boshqalar.
Oilaga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining diqqat markazida turadi. Davlat va oila hamkorligining asosida
ham farzandlar tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor yotadi. Shaxs ijtimoiylashuvining agenti sifatida oila globallashuv
jarayonida har qanday holatda
ham farzandlar tarbiyasi, ularni to‘g‘ri yo‘ldan borishi, vatanparvar, halol,
insofli, hayoli, mehrli, diyonatli, e’tiqodli, sodiq bo‘lishi kabi fazilatlarni ularning ongiga singdirish va shu
ezgu maqsad yo‘lida doimo harakatda bo‘lish lozim. Demak, oila birlamchi agent sifatida o‘z faoliyati bilan
farzandlarimizning axloqiy tafakkurini shakllantiruvchi poydevor hisoblanadi.
G‘arb uchun voyaga yetgan farzandlarning ota-onalardan alohida mustaqil yashashi xos bo‘lsa, Sharqda
bir xonadonda 2-3 oila (farzandlarning oilasi ham) birgalikda istiqomat qiladi. Sharqda G‘arb mentalitetiga
xos bo‘lmagan ijtimoiy institut – mahallaning ham shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda o‘rni beqiyos. “Bir
bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, deb bejizga aytilmagan. Mahalla – tarbiya o‘chog‘i. Insondagi bag‘rikenglik,
mehr-oqibat, yurtparvarlik, oriyat,
sharm-u hayo, andisha, kamsuqumlik kabi ma’naviy fazilatlar aynan
mahalla ta’sirida shakllanadi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yozganidek, “Bolaning ongi, asosan, 5-7 yoshda
shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi”
37
.
Inson oladigan barcha informatsiyalarning 70%ini 5 yoshgacha oladi, deyiladi. Bu degani esa, 5
yoshgacha bola ijtimoiylashuv davrini bosib o‘tib bo‘ldi, deganidir. Ijtimoiylashuvning ilk qadami oiladan
ro‘y beradi. Bola o‘z xatti-harakatini ota-onasining munosabatiga asoslanib shakllantirib boradi. Undagi
ijobiy va salbiy xususiyatlarning paydo bo‘lishiga oiladagi yashash tarzi turtki bo‘ladi. Bolaning qiziqishi
va savollari ota-onaning e’tiboridan chetda qolmasligi lozim. Maqsadlar birligi yakdillikda tashkil qilinishi
lozim. Farzandning ongi,
tafakkur dunyosi boyib borishi, insoniylikka xos fazilatlar o‘zida namoyon qilish
qobiliyati va komillikka erishish shu insonlarning qo‘lida. Zeroki, oila tarbiyaning ilk maskanidir.
Oilada ikki narsaga e’tibor berish lozim. Bular: insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini namoyon
qilish holatlari; insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari.
Barkamol
avlodni tarbiyalashda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Oilada yoshlikdan shaxs shakllana boradi. Oiladagi
muhit, tarbiya, e’tibor o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy kamolotini belgilaydi. Shu bois barkamol
avlod tarbiyasi o‘ta nozik va ayni vaqtda mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bunda farzand tarbiyasi millat
va xalqning kelajagiga ta’sir etishini yoddan chiqarmaslik kerak.
37
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент:
Маънавият, 2008. – Б. 53.