O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so‘ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi.
O`zbekiston respulikasi pul tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o‘sishini nazorat qiladi. Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O‘zbekistonda Markaziy bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi.
O‘zbekistonda pul tizimi to‘g‘risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me‘yoriy huquqiy asoslari bo‘lib, quyidagi qonunchilik
hujjatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risidagi qonun
O‘zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun
O`zbekiston respulikasi pul tizimi
So‘ngi yillarda milliy valyutaning qadrsizlanish suratini ya‘ni devalvatsiya su‘rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. Xalqaro valuta fondining ekspertlari xulosasiga ko‘ra milliy valutaning yillik qadrsizlanish su‘ratini 10% ga etishi salbiy chegaraviy darajada hisoblandi. Milliy valutaning real almashinuv kursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli respublikamiz so‘mning asosiy tashqi savdo hamkorlarimiz bo‘lgan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, va Ukraina valutalariga nisbatan real almashinuv kursining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim kasb etadi.
O‘zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag‘ishlangan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud..
Naqd pullarga bo‘lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo‘nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O‘z Res moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas..