2. Kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish bosqichlari
Kompyuter arxitekturasining rivojlanishi. Kompyuterlarning turlari Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini
quyidagicha ifodalash mumkin: Nolinchi avlod – mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) - Paskal (1642 yil), Leybnits (1672
yil) va Bebbidjlar (1722 yil) tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar. Birinchi avlod – elektron lampalar asosida qurilgan
kompyuterlar (1945-1955 yillar) – Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar. Ikkinchi avlod – tranzistorlar asosida
qurilgan kompyuterlar (1955- 1965 yillar). Uchinchi avlod – integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1965-1980 yillar).
To‘rtinchi avlod – katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1980 yillardan boshlab) – Intel 8080 (8), 8086 (16),
8088 (16), 80486 (32) va Pentium protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.
3.Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi.
Analog xisoblash mashinalari
, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani
qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi). AXM juda
sodda va foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mexnat ta’lab etilmaydi.
Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bo‘yicha o‘zgarishi mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish
mumkun (RXM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan). AXM
murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo‘lgan matematik masalalar samarali yechiladi.
Elektron AXM ni ko‘pincha elektron modellashtiruvchi mashinasi xam deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda
tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. To‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RXM
xam xuddi Shunday atash
mumkun
, vaxolangki ularda xam yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.DXM (duragay
(gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan
axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi
texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.Iqtisodda va shuningdek ilim xamda
texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RXM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan
oddiy
kompyuter
deb ataladi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |