KIRISH
Turizm sohasida axborot texnologiyalari bevosita biznesni rivojlantirishga va zamonaviy ish o‘rinlaxini yaratishga asos sol- moqda. Turizm sohasini boshqaruvida esa axborot texnologiyalari - bu apparatli va dasturiy vositalar yordamida turistik biznesda optimal natijalarga erishish maqsadida har xil shakllardagi boshlang‘ich ma’lumotlaming qayta ishlash orqali ishonchli ax- borotga ega bo'lish va ular asosida qaror qabul qilish majmuasidir. Bu yerda
turistik biznes ko‘p tarmoqlami qamrab oladi, masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va hattoki insonlaming psixologik jihatlari.
Turizmda mahsulotlami va xizmatlami taqdim etish shakli keskin o‘zgarishi bevosita axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bo'lib, unda mijozlar to‘g‘ridan- to‘g‘ri turistik xizmatlarini yetkazib beruvchilar bilan ulangan bo'ladi. Natijada
global tarmoq kanallari orqali amalga oshiriladigan biznesda ilgari mavjud bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in siqib chiqarilmoqda.
Internet orqali turizm sohasidagi kompaniyalar o ‘z xizmatlarini taqdim qilish hajmi kundan-kun oshib bormoqda, bunda mehmonxonalar, aviakompaniyalar, turoperatorlar bu borada juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqda. Bundan
tashqari, ushbu kompaniyalarda hujjat yuritish tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. Mobil texnologiyalarining rivojlanishi esa ushbu sohada geoaxborot tizimlarini kirib kelishini jadallashtirib yubordi.
Taqdim etilayotgan o‘quv qo'llanma mehmonxona faoliyatida qo‘llaniladigan texnik vositalar, undagi axborot ta’minoti va axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar ко‘rib chiqilgan. Bunda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqilgan:
kompyuter tarmoqlari;
dasturiy ta’minot;
axborotiy mahsulotlami yaratish texnologiyasi; - internet tizimida mavjud texnologiyalar;
ma’lumotlar bazasi va b.
0 ‘quv qo‘llanma 14 bobdan va har bir bob nazorat savollari va
test topshiriqlarini o‘z ichiga oladi. Keltirilgan materiallar muallif tomonidan yillar davomida informatika, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari kabi fanlardan to ‘plangan tajriba asosida shakllantirilgan. Bundan tashqari, asosiy tushunchalar glossariy shaklida va tayanch so‘zlar ko‘rsatkichi ham keltirilgan.
Qo‘llanmani o ‘zlashtirishni yengillashtirish maqsadida maxsus belgilar qo‘llanilgan va yozuvlar har xil shriftlarda amalga oshirilgan:
asosiy matn oddiy Times New Roman shrifti orqali 1,5 intervalda va 14 pt da berilgan;
jadvallarda esa 1,0 interval va 12 pt ham qo‘llanilgan;
bob nomi katta va qalin harflarda yozilgan;
bobdagi mavzular qalin harflarda yozilgan va ulaming tartib raqami bob raqamiga bog‘langan;
tayanch va xorijiy tildagi so‘zlar qalin shriftda berilgan.
0 ‘quv qo‘llanma turizm, menejment, marketing, xizmatlar sohasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladigan talabalar uchun ham mustaqil ta’lim olishlariga imkon beradi.
🇸🇸محمدأكبرشا, [21.06.2022 15:23] Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Turizm inson faoliyatining va zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning muhim sohasi sifatida hozirda butun jahon mamlakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiy
taraqqiyot tarixi zarvaraqlarida turizm industriyasi orqali o‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga erishgan mamlaktlar soni ko‘p. Ushbu sohani rivojlantirishning afzal tomoni shundaki, turistik xizmatlar sohasi rivojlanishi boshqa sohalarning ham rivojlanishiga olib keladi.
Xozirgi vaqtda “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda
2013 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2014 yilning boshida mamlakatda faoliyatyurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan
ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2013 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan
O‘zbekistonda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish va milliy turizmni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri –turistik mahsulotlarni samarali
shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvch va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishdan iborat.
Milliy turizmni rivojlantirishda turistik korxonalar tomonidan yaratilayotgan
turistik mahsulotlar assortimentini kengaytirish, yangi turlarni yaratish, milliy
mahsulotlar tarkibida ham maxsus “shop-tur”larni shakllantirish bugungi kunning davr talabidir. Turistik korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu- milliy turzmni rivojlantirish orqali potensial turistlar hajmini ko‘paytirishda turistik mahsulotlarni samarali shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish milliy turistik mahsulotlarni muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadi.
Kurs ishining maqsadi: Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida turizm industriyasi iqtisodiyotning etakchi tarmog’i hisoblanadi. O’zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan tarkibiy iqtisodiy islohatlarning asosiy yo’nalishlaridan biri ham shu maqsadga yo’naltirilgan.
Mazkur kurs ishida respublikamizda turizm industriyasini paydo bo’lishi
tarixi, rivojlanishi, hamda uni takomillashtirish uchun olib borilayotgan chora-
tadbirlar tahlil qilinib O’zbekistonda zamonaviy turizm industriyasi xarakterini yoritib berishdan iborat. Bu maqsaddan kelib chiqqan holda kusr ishida quyidagi vazifalar belgilandi:
Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish yo’nalishlarini tahlil etish;
O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllarini amal qilishini tahlil etish;
Turistik firma va korxonalarning faoliyatini tahli etgan holda turistik mahsulot ishlab chiqarish va uni sifatini yoritib berish;
Turizm industriyasini rivojlantirish uchun transport xizmatlarini tashkil etishning tutgan o’rnini ko’rsatish;
Turizm industriyasida turlarni tashkil etishda xavfsizlik yo’llari va ekskursiyalarni tashkil etish jihatlarini yoritib berish;
Turizm industryasida turistik aloqalarni yo’lda qo’yishda shartnomaviy munosabatlarni o’rni va rolini ochib berish;
Turizmni industriyasini tashkil etish va boshqarishda davlatning o’rni va rolini ko’rsatib berish.
Tadqiqot predmeti bo’lib, O’zbekiston Republikasi turizm sohasi korxonalari, tashkilotlari va ularning amaldagi faoliyati hisoblanadi. Tadqiqot ob’yekti bo’lib, turistik tashkilotlar, korxonalar hisoblanadi. Kurs ishini yozishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Farmonlari, Qarorlari, maxsus ilmiy adabiyotlar, statistic ma’lumotlardan foydalanildi.
🇸🇸محمدأكبرشا, [21.06.2022 15:23] Internet saytlar:
www.world-tourism.org- Vsemirnaya turistskaya organizatsiya
www.wttc.org- Vsemirniy Sovet po puteshestviyam i turizmu
www.tag-group.com- Konsultativnaya gruppa po voprosam Turizma
www.ekonomtour.ru- Ekonomicheskiye turi. 5. www.kun.uz (http://www.kun.uz/) – yangilik axborot sayti
🇸🇸محمدأكبرشا, [21.06.2022 15:24] Xulosa
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini turizm sohasi tarmoq sifatida salmoqli o’rinni egallab bormoqda. Bu hol ushbu sohani ilmiy va
amaliy jihatdan tadqiq qilishni zaruratini keltirib chiqaradi. Mazkur kurs ishida O’zbekiston milliy iqtisodiyotida turizm industriyasini shakllanishi, uning tarixi hamda hozirgi davrda rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ochib berishga harakat qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim xulosalarni e’tirof etish mumkin:
Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi. Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan,
ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan: agarda qadim zamonlardan sayohatchilikning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan bo’lsa keyinchalik kema, mashina, samolyot va shu kabi zamonaviy
texnika vositalaariga almashinib boravergan. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshlagani ham muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan
odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. Uning oqibatida O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini
rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar
bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.
Hozirgi davrda turizm rivojlangan ko’pgina mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan 25 foizigacha turizm bilan bog’liq. Shuning uchun turistik mahsulotga va uning xilma-xilligiga, uning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Turizm industriyasida bo’lgan ehtiyojlarning xilma-xilligi, ularga berilgan ahamiyat darajasi turistlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tomonlaridan kelib chiqadi. Bunday hodisalar turistik bozorda sodir bo’ladi. Turistik bozorning serdaromadli faoliyatini boshqarish turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’mol qiluvchilargacha bo’lgan tarqoqlik tufayli mehmonxonalar, restoranlar,tur mahsulotni yetkazib beruvchi transport vositalari, joyni band qilish, zahiralar yaratish bo’yicha jahon kompyuter tarmog’iga ulanish, tur operatorlar va agentliklar faoliyati (vositachilik faoliyatlari) va turistik mahsulot iste’molchilari (turistlar) bozor harakatiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
Turizm industriyasini amal qilishning muhim vositalaridan biri bu
transport xizmatini yo’lga qo’yish va tashkil etishdir. Turistlarni tashish xizmati tur mahsulot tarkibiga kiradi, uning bog’liqligi shundaki, barcha turistik marshrutlar sayohatchilarni yashash joylaridan dam olish joylarigacha faqatgina transport vositasi orqali amalga oshirish mumkin.
🇸🇸محمدأكبرشا, [21.06.2022 15:24]
Quruqlikdagi transport xillaridan turistlar uchun eng muhumi – bu avtomobil va temir yo’l transportidir avtomobil transporti turizmda juda keng qo’llaniladi shu maqsad uchun doimiy turistlarni tashuvchi reysli avtobuslar va doimiy
bo’lmagan (shaxsiy, arenda va boshqa transport vositalari) transportdan foydalaniladi.
Turizm industriyasini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri turistlarning hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha xavfsizlikni taminlash turistik faoliyatga qatnashuvchi barcha tuzulmalar vazifalaridan iborat, shu bilan birgalikda shuni aytish
kerakki, turistlarning xavfsizligini taminlash xar xil darajada: turistik korxona, turistik markaz ma’muriyati, mahalliy hokimiyat, turizm bo’yicha milliy organlar va mamlakatning markaziy davlat organlari darajasida xal etiladi.
Turistik firma va korxonalar turizm tizimining asosiy unsuri sifatida o’zining mijozlari xavfsizligini taminlash uchun eng birinchi javobgar xisoblanadi.
Turistik firma va korxona xamkorlar tanlashda, marshrutlar ishlab chiqishda, transport vositalarini tanlagan vaqtda turistlar xavfsizligini esdan
chiqormasliklari shart. Bulardan tashqari ular vabo, o’lat, xolera, sariq bezgak, isitma to’g’risida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari va ular to’g’risida turistlarni o’z vaqtida ogohlantirishlari zarur bo’ladi.
Har bir turistik firma va koronaning faoliyati albatta biror vaqtda boshqa korxonalar bilan biznes bo’yicha hamkorlik shartnomalariga (kontrakt) ega bo’lishlari shart. Bu ular o’rinidagi o’zaro aloqalarni tartibga solib turadi va turizm indisturyasi sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlikka asos bo’ladi. Tur xizmatlarga bo’lgan mijozlar talabini o’sib borishi va raqobatlar shartlarini kuchayishi sharoitida turistik korxonalar faolyatida bo’ladigan ishonchli shartnoma muxim axamiyatga ega. Tur o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgani uchun ya’ni ko’rsatiladigan xizmatlar xarakteri, sotish shartlari maqsad xarakteri, o’ziga xos bo’lganligi uchun shartnomaviy munosabatlar xam aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi.
Turizm industriyasining tizimini samarali boshqarish uchun uni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va davlat tomonidan nazorat qilishlikni taqozo etadi. Bu esa o’z o’rnida davlatning turistik yagona siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Turistik yagona davlat siyosati shundan iboratki, bu ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashqi-siyosiy, madaniy va boshqa xarakterga ega bo’lgan tadbir-choralar va uslublar tizimi bo’lib parlament, hukumat, davlat organlari, xususiy,
hissadorlik va boshqa korxonalarni turistik zahiralardan to’g’ri foydalanish, turistik industriyani rivojlantirish uchun va turizm industriyasi tizimining samarali faoliyatini yanada oshirish uchun bo’lgan harakatidan iboratdir.
Sayohatning yetarlicha oliy darajada qulayligi, yuqori tezligi, turistik guruhlarni qulay joylashtirilishi, uncha yuqori bo’lmagan baholar bo’lishi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |