Zamonaviy iqtisodiy


Urushdan keyingi institutsionalizm



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/88
Sana29.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#74902
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiy talimotlar a3c88

 
2. Urushdan keyingi institutsionalizm 
 (XX a. 40-70 y.) 
 
 
Institutsionalistlar asta-sekin boshqa iqtisodiy maktablar talqin qila 
boshlagan iqtisodiy muammolarni tahlil qila bosh-ladilar. Lekin bunda 
ular o’z tahlilini har xil siyosiy, ijti-moiy, madaniy institutlarni hisobga 
olgan holda olib bordilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy samaradorlik va 
 
48


ijtimoiy xarajatlar tushunchalariga berila boshladi. 
         a) “Yangi industrial jamiyat” kontseptsiyasi 
 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin sof institutsionalizm bi-roz 
susaydi, ammo Jon Kennet Gelbreyt (1909 yil tug’ilgan) asarlarida bir 
muncha o’zgargan shaklda qayta tiklandi. Uning «Yangi industrial 
jamiyat» nomli asosiy asari iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili 
va roliga bag’ishlangan. Texno-struktura deganda, J.K. Gelbreyt fikriga 
ko’ra, texnologiyalar bo’yicha olimlarni, konstruktorlarni, 
mutaxassislarni o’z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya 
va umuman olganda, yirik korporatsiyalarning me’yorl ishlashini 
ta’minlash uchun ke-rak bo’lgan narsalar tushuniladi. 
 
J.K.Gelbreyt fikri bo’yicha, hozirgi zamon bozor iqtiso-diyoti 
xatti-harakati murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi yirik 
korporatsiyalar bilan aniqlanadi. Zamonaviy korporatsiya-larda real 
iqtisodiy hokimiyat kapital egalariga emas va hatto menejerlarga ham 
emas, balki texnologik bilim egalari – texno-strukturaga tegishli bo’ladi. 
Texnostruktura vakillari ishlab chiqarish to’g’risida o’ziga xos 
professional bilimga va qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan 
axborotlarga ega. Albatta, rasmiy ji-hatdan muhim qarorlar, qoidaga 
ko’ra, kompaniyaning etakchi menejerlari – direktor va uning 
o’rinbosarlarining alohida huquqi hisoblanadi. Lekin barcha qarorlarni 
qabul qilish deyarli 100 foiz axborotlarga bog’liq. Axborotlar esa 
texnostruktura «nazorati» ostida bo’ladi. 
       Texnostrukturaning    hukmronlik qilish sababini J.K. Gelb-reyt 
tarixiy o’xshashlik nuqtai nazaridan asoslab berishga harakat qiladi. 
Industrial jamiyatgacha bo’lgan davrda asosiy ishlab chi-qarish omili er 
hisoblangan, negaki u ancha noyob resurs sifatida bo’lgan. Shuning 
uchun real hokimiyat er egalariga qarashli bo’lgan. Buyuk geografik 
kashfiyotlar va sanoat to’ntarilishi natijasida er resurslari o’zining 
noyoblik xususiyatini yo’qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi 
omili  kapital kelib chiqadi. Hokimiyat kapital egalari qo’liga o’tadi. 
Zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – axborotfan-texnika bilimi. 
Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura qo’lida. 
 
T.Veblen o’z nazariyasida, texnokratiya jamiyatda oldingi 
qatorlarda bo’lish kerak deb aytgan bo’lsa, J.K. Gelbreyt esa, u amalga 
oshirildi deb tasdiqlaydi. 
 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim hodi-
salarini J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to’g’ri-dan-
to’g’ri va bevosita natijasi deb tushuntiradi. Texnika va texnologiya, 
 
49


uning fikriga ko’ra, hozirgi zamon kapitalizmi uchun xarakterli bo’lgan 
yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. Ulardan eng muhimi 
rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqa-ruvchi texnostruktura 
ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish 
va bitimlar tizimi (xom ashyo, asbob ukunalar, ilmiy va konstruktorlik 
ishlamalarni etka-zib berish bo’yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, 
raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki reja raqobat bilan unchalik 
«chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon iqtisodiyotida 
muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki, 
ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo’lishini ta’min-laydi. 
Stixiyali bozor va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi, 
zamonaviy rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli 
rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqari-lib turiladi. 
 
J.K. Gelbreyt o’zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan 
tanqidiy fikrlarni bildirgan. U texnostrukturani «bo-zor tizimini» 
ekspluatatsiya qilishda (mayda va o’rta biznesni), davlat amaldorlari 
bilan qo’shilib ketishda, qurollanish ketidan quvishda, tabiiy 
resurslardan foydalanishdagi isrofgarchilikda, bozorga ta’sir 
ko’rsatishning monopolistik uslublarini qo’llash-da aybladi. Yirik 
korporatsiyalar davlat mashinasi bilan uzviy bog’langan va undan naf 
ko’radi: qulay buyurtmalarni va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat 
kurashida siyosiy mexanizmlardan foydalanadi. J.K. Gelbreyt davlat va 
jamiyat tomonidan texno-struktura faoliyati tartibga solinib turilishini 
qayd qilib o’tadi. 
 
U, shuningdek, mayda va o’rta tadbirkorlikni va ijtimoiy 
texnostrukturani (uy-joy qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni, 
qishloq xo’jaligini, san’atni) davlatning qo’l-lab quvvatlashini talab qilib 
chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish haqini bevosita tartiblash, uning 
fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi baho va daromadlarga 
bo’lgan ishonchini uyg’otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy 
investitsiyalarning bar-qarorlashuviga olib keladi. Davlatning 
aralashuvi, eng avvalo, «bozor tizimi» zarar ko’radigan inflyatsiyani 
to’xtatish uchun ham zarur. Hukumat korporatsiyalar bilan nufuzli 
kasaba uyushma-larining o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoniga aralashuvi 
va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi darajasini bevosita nazorat qilib 
turishi kerak. 
 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish