2. Ayirboshlash tenglamasi
M. Fridmen kontseptsiyasi garchi o’ziga xosligi bilan ajralib tursa
ham, u pulning miqdoriy nazariyasiga asoslanadi. Pulning miqdoriy
nazariyasiga ko’ra, pul miqdori bilan baholar darajasi o’rtasida bevosita
bog’liqlik mavjud, baholar muomaladagi
pul miqdori bilan aniqlanadi,
pulning sotib olish qobiliyati esa baho darajasiga bog’liq. Pul massasi
ko’paysa, baholar o’sadi, va aksincha, pul massasi kamaysa,
baholar
pasayadi, ya’ni boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda tovarlarning
baholari pul miqdori-ga mutanosib tarzda o’zgaradi.
Tovar aylanishini ta’minlovchi naqd pul taxminan bir yil-lik
daromadning o’ndan bir qismini tashkil etadi, deb faraz qilaylik.
Boshqacha
aytganda, pul yiliga o’n marta aylanadi. Pul bir yilda 10
marta aylansa, unda misol uchun 10 mln. so’mlik bir yillik daromadni
(mahsulotni) sotish uchun muomalada 1 mln. so’m bo’lishi kerak. Agar
muomaladagi pul miqdori 1 mln. so’mdan 2 mln. so’mga ortsa, unda
(boshqa shartlar o’zgarmagan holda) baholar ham ikki barobar oshadi.
Bunday bog’liqlik, ya’ni muomaladagi pulning miqdori bilan
mamlakat doirasida sotilgan tovar va xizmatlarning umumiy miqdori
o’rtasidagi bog’liqlik
Irving Fisherning ayirboshlash tenglamasida
ifodalanadi:
M • V = P • Q
bu erda, M – pul miqdori; V – muomaladagi pulning aylanish tezligi; R
–
baholar darajasi; Q – ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning
miqdori.
Tenglamaning chap tomonidagi M • V jami ishlab chiqarilgan
tovarni sotib olishga ketgan xaridorlarning umumiy sarflarini va pulning
aylanish
tezligini bildirsa, o’ng tomonidagi P • Q esa, ushbu
ayirboshlanadigan tovarlar miqdori va baholar darajasini bildirdi. Agar
M • V bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan
umumiy xarajatlar bo’lsa, unda u nominal sof milliy mahsulotga (SMM)
teng bo’lishi kerak, ya’ni SMM = P • Q.
Ayirboshlash tenglamasi funktsional bog’liqliklarni ancha aniq
tasavvur etishga imkon beradi. Agar pul massasi ortsa yo (R) baholar, yo
(Q) ishlab chiqarish miqdori o’zgaradi.
Klassiklar muomaladagi pulning aylanish tezligi (V) , va
ishlab
chiqarilgan mahsulotlar miqdori (Q) pul massasi (M) o’zga-rishiga
bog’liq emas deb hisoblaganlar. Ularning fikriga ko’ra, ishlab
38
chiqarishning real miqdori davlatning mehnat resurslari holati bilan,
ishlab chiqarish quvvatlari bilan aniqlanadi, pul-ning aylanish tezligi
esa ishchilarga har yili to’lanadigan ish haqi miqdoriga o’xshash
omillar
bilan ifodalanadi.
Monetaristlar juda ko’p amaliy materiallarga asoslangan holda (bu
haqida yuqorida aytib o’tildi) pul taklifi nominal SMM ishlab
chiqarishda hal qiluvchi omil hisoblanadi, deb xulosa qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: