27
5. Multiplikator
J.M. Keyns investitsiyalarning ko’payishi bilan milliy
daromadning ko’payishi o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qildi. Uning
ko’rsatib berishicha, investitsiyalarning ko’payishi milliy daromadning
o’sishiga olib keladi va u quyidagi formula ko’ri-nishida ifodalanadi:
K =
∆
Y /
∆
I
Bu erda, K – multiplikator,
∆
Y – milliy daromadning o’si-shi,
∆
I –
investitsiyalarning o’sishi.
Investitsiyalarning ko’payishi va uning natijasida milliy daromad
va aholining ish bilan bandligining o’sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy
samara sifatida ko’riladi. Ana shu iqtisodiy samara iqtisodiy
adabiyotlarda multiplikator samarasi deb ataladi. Multiplikator – bu son
koeffitsienti bo’lib, daromad o’sishi bilan, ushbu o’sishni yuzaga
keltirgan investitsiyalar o’simi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931
yili ishlatgan. Unda ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator samarasi
to’g’risida so’z yuritiladi. R.Kanning «ish bilan bandlik multi-plikatori»
investitsiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan tarmoq-larda ish bilan
bandlikning ko’payishi o’rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariya-siga ko’ra,
«qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o’ssa, unda
daromadlarning ko’payishi investitsiyalar o’simidan K marta ortiq
bo’ladi». J.M.Keynsning ta’kidlashicha, bunday holatning sababi
«psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko’ra «real daromad-ning
o’sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini
iste’mol qilishni xohlaydi».
Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o’tganimiz-dek,
investitsiyalarning ko’payishi daromadning ortishiga olib kelishini
ko’rsatadi va bu ortgan daromad (jamg’armani chiqarib tashlagandan
keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning
multiplikatsiyalashuvi jarayoni to’xtamaguncha shunday davom etib
boraveradi. Bu erda shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kishilarning
jamg’armaga bo’lgan moyilligi qancha ko’p (shunga muvofiq MRS
miqdori kam) bo’lsa, multiplikator-ning ahamiyati shuncha kam bo’ladi.
To’la ish bilan bandlik sharoi-tida multiplikator amal qilmaydi, negaki
bo’sh turgan resurslar-ning bo’lmaganligi sababali ishlab chiqarishini
ortiqcha kengay-tirib bo’lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko’paymagan
holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi.
28
Multiplikatsiyalashgan iste’molning kengayishi baholarning o’sishida
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |