hammasi ish faoliyatining pasayishini ancha kuchaytirdi. Ishlab
chiqarishning real hajmi keskin pasaydi.
Buyuk turg’unlik nafaqat erkin raqobatga va davlatning passiv
roliga asoslangan eski iqtisodiy
tizimni halokatga olib keldi, balki yangi
klassik makroiqtisodiy nazariyani ham inqirozga uchratdi. Iqtisodiyotda
vujudga kelgan bunday keskin vaziyat cheklangan resurslar sharoitida
tanlov muammosini emas, balki ularning nisbiy ortiqchaligini (ommaviy
ishsizlik, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari) muammosini
keltirib chiqardi. Bu ziddiyatli vaziyatdan chiqish uchun keng qamrovli
“umumiy nazariya” ishlab chiqarilishi zarurligini J.M.Keyns yaxshi
tushungan. U iqtisodiyotni tartib solishning yangi nazariyasini yaratdi,
unga ko’ra
bozor iqtisodiy munosabat-lari takomillashgan, o’zini-o’zi
tartiblovchi tizim hisoblanmay-di, faqat davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvi yuqori ish bilan bandlikni, iqtisodiy o’sishni ta’minlashi
mumkin.
J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo’nalish
sifatida – keynschilik deb ataladi.
1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri klassiklarning bozor
iqtisodiyoti o’zini-o’zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g’oyasi ayni
sharoitda noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Davlatning iqtiso-diyotga
aralashuvining zarurligi va uning yordamida iqtisodiyotni tartibga soilsh
mumkinligini J.M.Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi. Uning 1936 yili
chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
asari iqtisodiyotni makro darajada tahlil qilishda inqilobiy to’ntarish
yasadi. Ko’pchilik iqtisodchilarning aytishicha, J.M.Keynsning bu asari
XX asr iqtisodiy fanida burilish yasadi va ko’p jihatdan hozirgi davrda
ham ayrim mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi.
O’rganish predmeti va uslubi. J.M.Keynsgacha bo’lgan iqtiso-diy
nazariyada xo’jalik jarayonlarini tahlil
qilishning mikroiqtisodiy
yondashuvi hukmronlik qilib kelgan. Firmalar-ning samarali amal qilishi
bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir narsa deb
qaralgan. Xo’jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish
faqat pul massasi va bahoning umumiy darajasining o’zaro aloqasi
muammosigagina kelib taqalgan, xolos. Buning ustiga, e’tibor faqat
uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. J.M.Keyns birinchi bo’lib
makroiqtisodiy uslubni qo’lladi, ya’ni xalq xo’jaligi yalpi miqdorlari
(ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg’arma,
yalpi investi-tsiya, yalpi iste’mol
xarajatlari va b.) o’rtasidagi bog’liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi.
21
Makroiqtisodiy uslub ayrim firma-larning rivojlanish sharoitlari bir
butun iqtisodiyotning ri-vojlanish sharoitlari bilan mos tushmasligini
taqozo etadi.
O’rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M.Keyns iqtiso-diy
ta’limotidagi novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtiso-diy
yondashuvdan ko’ra makroiqtisodiy tahlilga ustunlik beri-shida,
ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda «sama-rali talab»
(talabning davlat tomonidan rag’batlantirilishi) kontseptsiyasini asoslab
berishida o’z aksini topadi.
J.M.Keyns o’z tahlilining boshlang’ich nuqtasi qilib ish bilan
bandlik muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o’sha
paytda nihoyatda
ko’paygan edi. U yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur
muammolar (shu jumladan ish bilan bandlik muam-mosi) echimini
taklifdan emas, balki
talabdan qidirish kerak degan xulosaga keldi.
Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chi-qarish resurslariga bo’lgan
talabning kamligi bahoning pasayi-shini va taklifning qisqarishini
keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi
talabning yalpi taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik
jamiyatning surunkali kasalligidir. Yalpi talab harakati va ijtimoiy mah-
sulot miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlik keynschilik
tadqiqotinig markaziy ob’ektini tashkil etadi.
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab
chiqarishning pasa-yishiga
va mehnatga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning
natijasida majburiy ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orqada
qolib ketadi, jami xarajatlar va jami daromadlarning doimiy
muvofiqligini ta’minlovchi Sey qonuni amal qilmaydimi? J.M.Keyns
“Sey qonuni”ning dogmatik qoi-dalari tarafdorlarini keskin va dalillar
asosida tanqid qildi.
Bu borada u shunday yozadi: «Sey va Rikardo davridan boshlab
iqtisodchi – klassiklar o’rgatdilar: taklif o’zi talabni keltirib chiqaradi…
mahsulotning barcha qiymati bevosita yoki bilvosita mahsulot sotib
olishga sarflangan bo’lishi kerak». J.M.Keyns klassiklarning bu tezisini
tanqid qilib, u faqat iqtisodiy hayot-da pul hech qanday mustaqil rol
o’ynamaydigan natural ayir-boshlash sharoitida amal qilishi
mumkinligini ko’rsatib berdi.
Shuning uchun, uning ta’kidlashicha, «Sey
qonuni… to’la ish bilan bandlikka erishishda hech qanday to’siq yo’q
degan taxmin bilan bir narsadir».
J.M.Keyns o’zining o’sha davrdagi «inqilobiy» metodo-logik
tadqiqotiga asoslangan holda o’tmishdoshlaridan farqli o’laroq va
22
hukmronlik qilib turgan iqtisodiy qarashlarga zid tarzda davlat
yordamida ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatidagi ish haqini
pasaytirishga yo’l qo’ymaslikning zarurligini, shuningdek, insonning
jamg’armaga bo’lgan moyilligi tufayli daromadlardan ko’ra
iste’molning ancha sekin o’sishini tasdiqlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: