muddatli muvozanat turlarini ajratib ko’rsatib beradi. Bir zumli
muvozanatda taklif o’zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab
qondirilishi mumkin emas (band bo’lmagan quvvat-lardan foydalanish
yoki yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak bo’ladi). Bu
vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor
bahoni oshirish hisobiga qo’shimcha daromad olishi mumkin. Masalan,
tirik baliq bozorida baliqqa bo’lgan talab oshdi deylik. Baho ko’tarildi,
lekin o’sha kuni sotuvchilar taklifni ko’paytira olmaydilar (yangisini
15
olib kelishga ulgurmaydilar). Shuning uchun taklif egri chizig’i to’g’ri
chiziq (S) ko’rinishida bo’ladi. Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, baho
oshadi (P
1
dan P
2
ga, 3-rasm).