Zamonaviy iqtisodiy o‘sish modellari mundarija kirish I bob zamonaviy iqtisodiy o’sish modellari


III BOB IQTISODIY O‘SISH MODELLARI VA ULARDAN MAKROIQTISODIY TAHLILDA FOYDALANISH YO‘NALISHLARI



Download 0,98 Mb.
bet12/13
Sana06.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#749804
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ZAMONAVIY IQTISODIY O‘SISH MODELLARI (3)

III BOB IQTISODIY O‘SISH MODELLARI VA ULARDAN MAKROIQTISODIY TAHLILDA FOYDALANISH YO‘NALISHLARI
3.1 Iqtisodiy o‘sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo‘nalishlari
Barcha iqtisodiy modellar kabi iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarning abstrakt va soddalashgan ko‘rinishida, shartli tarzda grafiklar va tenglamalarda aks ettiriladi. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalari farqlanadi:
– iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari;
– iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari;
– iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari;
– endogen o‘sishning yangi nazariyalari
(1-rasm). Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari
yaratila boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978) o‘z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi1. U milliy daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi «kapital koeffisiyenti» tushunchasini yaratdi. R.Xarrod kapital sig‘imlilik mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini
tahlil qilishda foydalandi. Amerikalik iqtisodchi, neokeynschilik yo‘nalishi vakili Yevsey Domar (1914-1997) ham R.Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy o‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M.Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo‘shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifining oshishiga ham olib keladi, deb ta’kidlaydi. YE.Domar va R.Xarrod modellarida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu modelda J.Keynsdan farqli o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod Domar modeli bozor iqtisodiyotining o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi. Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo‘llaydigan bo‘lsak, mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi vaqtlarda respublikamizda investitsion muhitni sog‘lomlash tiruvchi va mustahkamlovchi iqtisodiy siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda. Iqtisodiy o‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960-yillarning chegarasida paydo bo‘ldi. O‘sha davrda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini foydalanilmayotgan quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi. Neoklassik nazariya vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R.Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari capital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. Dj.Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. Dj.Mid o‘z konsepsiyasini «Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi» (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. Dj.Mid mehnat va texnik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib, quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atiga kapital o‘sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapi dim yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog‘liqligini ham hisobga olgan. E.Denisonning fikriga ko‘ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o‘sishga ta’siri quyidagi jarayonlar natijasida ro‘y beradi:
– texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish;
– «boy berilganni qoplash», ya’ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o‘sish darajasiga yaqinlashish imkonini beradi;
– ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni yaxshilash hamda ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo‘llash;
– iqtisodiyot ko‘lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni ixtisoslashni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish. Pol Romer (1955 yilda tug‘ilgan) va Robert Lukas (1937 yilda tug‘ilgan) 1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik taraqqiyotni
matematik tushuntirishni nazarda tutar va o‘z ichiga ishchilar faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson kapitalining rentabelligi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi3. Shuning uchun mamlakatning iqtisodiy o‘sishi kapital to‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy o‘sish sur’atla tal oshishining sur’atlari milliy daromad o‘sishi sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayish sur’atlariga olib keladi. Dj.Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi. Iqtisodiy o‘sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o‘sishga turli omillarning ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa qo‘shdi. Bu sohada izlanishlar olib
borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri Edvar Denisondir (1915-1992 y.y.). Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini o‘lchash uchun faqat ish kuchi soninigina emas, balki mehnat numdorligining xo ri kiritilayotgan kapital turiga bog‘liq bo‘ladi. Inson kapitalini oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim va innovasiyalar keltiriladi. Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji yo‘q, deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samaradorlik jihatlarini ustuvor, deb hisoblashadi. Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakatining tabiiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyati, aholining urf-odatlari, an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyotining turli xil tashqi ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunga yaqqol misol sifatida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning «O‘zbek modeli»ni keltirishimiz mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YAIMida namoyon bo‘ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi. Agar mamlakatimizda YAIMning o‘sish sur’atlari 2000-2003 yil-larda 3,8-4,2 foiz, 2004-2006 yillarda 7-7,3 foiz, 2007-2008 yillarda esa 9-9,5 foiz darajasida kuzatilgan bo‘lsa, keyingi yillarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mazkur ko‘rsatkichga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, o‘sish sur’atlarida bir oz pasaygan bo‘lsa-da, dunyodagi kamdan-kam mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqori o‘sish dinamikasiga ega (2-rasm). Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraq qiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy alohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillardan yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi. Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta’sir va oqibatlari saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda o‘zining yangi «xuruji»ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qitalarida iqtisodiy siyosatning zaif jihatlari, ayniqsa, bank-moliya tizimining «mo‘rt» bo‘g‘inlarini oshkor etib qo‘ydi. Prezidentimiz jahon moliyaviy inqirozi ro‘y bergan dastlabki palladayoq uning ta’sir darajasi, ko‘lami va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlariga yetarli baho berib, «jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq»12, deb xulosa chiqargan edi. Bunday haqqoniy xulosalar asosida O‘zbekistonda 2008 yilning o‘zida Inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilib, unda belgilangan tadbirlarni izchil ravishda amalga oshirishga kirishildi. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va modernizatsiya siyosati quyidagi ijobiy natijalarga olib keldi:
– to‘liq makroiqtisodiy barqarorlik va milliy iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlandi;
– inflyatsiya darajasi yiliga 5,5-6,5 foizdan oshmagan holda saqlanib kelinmoqda;
– milliy valyutamiz barqarorligi tobora o‘sib borayotgan oltin-valyuta zaxirasi bilan mustahkamlanib kelinmoqda; O‘zbekiston Respublikasining jami davlat tashqi qarzi bugungi kunda YAIMning 15-18 foizidan oshmaydi. Bunday jami tashqi qarz ko‘rsatkichi Jahon bankining barcha asosiy mezonlari bo‘yicha «juda
o‘rtamiyona» deb tasniflanadi;
– 2002 yildan beri budjet kamomadi YAIMning 1 foizidan oshmagan bo‘lsa, 2005 yildan beri profitsit bilan ijro etilmoqda;
– real YAIMning o‘sish darajasi oxirgi besh yil mobaynida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda, jumladan real YAIMning o‘sish sur’ati 2010 yilda 8,5 foizni, 2011 yilda 8,3 foizni, 2012 yilda 8,2 foizni, 2014 yilda 8,1 foizni va 2015 yilda esa 8 foizni tashkil etdi. Xulosa qilib aytganda, so‘ngi yillarda respublikamiz makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz YAIMi qariyb 5,5 barobardan ziyodga oshdi. 2000-2015 yillarda qishloq xo‘jaligining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 16,6 foizgacha qisqargani holda, aksincha sanoatning ulushi mutanosib ravishda 14,2 foizdan 24 foizgacha oshdi. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatishning YAIMdagi ulushi 54,5 foizni tashkil qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbir korlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Yaratilayotgan YAIMning 56,7 foizi aynan mazkur soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
XULOSA
Iqtisodiy o'sish jamiyatning asosiy maqsadlaridan biridir, chunki uning asosida aholi farovonligini oshirish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish mumkin. Iqtisodiy o'sish omillarining kombinatsiyasi marjinal mahsuldorlikni maksimal darajada oshirish muammosini hal qilishga bo'ysunadi. Bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti va inson kapitaliga investitsiyalardan foydalanish bilan bog'liq iqtisodiy o'sishning uzoq muddatli omillaridan foydalanish eng istiqbolli hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish yer, mehnat, kapital, ilmiy-texnika taraqqiyoti, institutsional omillar kabi ko’plab omillarga bog’liq. Yuqorida aytilganlarning barchasini hisobga olish nihoyatda qiyin, shuning uchun iqtisodiyot o'zini qanday tutishini oldindan aytish juda qiyin, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish usullarini to'g'ri qo'llash kamroq. Shuning uchun modellarni yaratishda iqtisodchilar modelni soddalashtiradigan ko'plab taxminlarni keltirib chiqaradi, lekin natijani haqiqatdan uzoqlashtiradi. Ushbu kurs ishida birinchi ko'rib chiqilgan Keyns modeli bo'lib, u o'tmishda ham, hozirgi paytda ham iqtisodiyotga katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu tushunchalarni zamonaviy amaliyotda to'liq qo'llashga to'sqinlik qiladigan ko'plab kamchiliklar qayd etilgan. Keyingi iqtisodchilar Xarrod va Domar Keyns modelini takomillashtirib, uni dinamik qilishdi, ammo model hali ham bir omil bo'lib qolmoqda va nazariy jihatdan ko'proq ishlaydi. “Qashshoqlikning ayovsiz doirasi”, “katta turtki” va “ikki defitsitli model” tushunchalari “uchinchi dunyo” mamlakatlari rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Biroq, "katta turtki" modeli davlat rahbarlari orasida eng katta e'tirofga erishdi. Bu model mukammal va Uchinchi dunyo mamlakatlari muammolarini hal qiladi, deb aniq aytish mumkin emas. Hali ham ko'plab kamchiliklar, faqat nazariy jihatdan mavjud bo'lgan qoidalar mavjud, ammo amalda hamma narsa ancha murakkab. Shuning uchun olimlarning iqtisodiy fanga qo'shgan ulkan hissasiga qaramay, faqat ushbu nazariy pozitsiyalarga tayanib bo'lmaydi, bundan tashqari, har bir davlatning haqiqiy holatini, xususiyatlarini alohida hisobga olish kerak. Ushbu ish jarayonida uning maqsadi va vazifalari belgilab olindi. Ushbu ishning maqsadi iqtisodiy o'sishning zamonaviy modellarini o'rganishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish kerak: · Iqtisodiy o'sishning ta'rifi , ko'rsatkichlar va iqtisodiy o'sish omillari; · Iqtisodiy o'sish turlarini aniqlash; · Iqtisodiy o'sish modellarini tahlil qilish; · Robert Solow modelini o'rganish. Iqtisodiy o’sishning ta’rifi, uning omillari va turlari berilgan. Iqtisodiy o'sish ma'lum vaqt (odatda bir yil) ichida ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar hajmining o'sishidir. Iqtisodiy o'sish - ma'lum vaqt oralig'ida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi natijasida to'liq bandlik holatida real YaIMning o'sishidir. Keng turdagi o'sish texnologiya darajasi va resurslarning o'zi sifati bilan qo'shimcha resurslarni ishlab chiqarishga jalb etishga asoslangan. Masalan, yangi yerlarni haydash, bir necha smenada ishlashni tashkil qilish uchun ishchilarni jalb qilish va hokazo. Intensiv turi– texnologiyalarni takomillashtirish, resurslar sifatini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish va boshqalar hisobiga ishlab chiqarishning o‘sishi. Iqtisodiy o'sish modellarining ayrim turlari ham sanab o'tilgan (Harrod-Domar modeli, Pol Romer va Robert Solou). Va misol Robert Solow modeli asosida berilgan.
Iqtisodiy o’sish yer, mehnat, kapital, ilmiy-texnika taraqqiyoti, institutsional omillar kabi ko’plab omillarga bog’liq. Yuqorida aytilganlarning barchasini hisobga olish nihoyatda qiyin, shuning uchun iqtisodiyot o'zini qanday tutishini oldindan aytish juda qiyin, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish usullarini to'g'ri qo'llash kamroq. Shuning uchun modellarni yaratishda iqtisodchilar modelni soddalashtiradigan ko'plab taxminlarni keltirib chiqaradi, lekin natijani haqiqatdan uzoqlashtiradi. Ushbu kurs ishida birinchi ko'rib chiqilgan Keyns modeli bo'lib, u o'tmishda ham, hozirgi paytda ham iqtisodiyotga katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu tushunchalarni zamonaviy amaliyotda to'liq qo'llashga to'sqinlik qiladigan ko'plab kamliklar qayd etilgan. Keyingi iqtisodchilar Xarrod va Domar Keyns modelini takomillashtirib, uni dinamik qilishdi, ammo model hali ham bir omil bo'lib qolmoqda va nazariy jihatdan ko'proq ishlaydi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish