2.3 O’zbekistonda Respublikasida iqtisodiy o’sishning tahlili
2022 yilning 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 352 131 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan. Ayni paytda ulardan 333 210 tasi faoliyat yuritmoqda.
2 022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 % ga o‘sdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi», Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihalari jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi.
Yaqin kelajakda Yangi O‘zbekistonni jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon, tinch va osoyishta mamlakatga aylantirishni maqsad qilgan mazkur tarixiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha fikr bildirish ertangi kuniga befarq bo‘lmagan barchamiz uchun sharaflidir.Shuning uchun ham qalb amri bilan ushbu hujjatlarni diqqat va hayajon bilan o‘qib, Harakatlar strategiyasi bilan solishtirib, tahlil qilib, o‘z oldimga quyidagi savolni qo‘ydim hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asar va nutqlariga tayanib, imkon qadar javob berishga harakat qildim.
TARAQQIYOT STRATEGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI NIMALARDAN IBORAT?
El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik.
Birinchidan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasi xalqimizning yuksak ishonch va e’tirofiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovoldi dasturi, ya’ni «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» asari hamda Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida «Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi.
Ikkinchidan, Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat etib belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi «inson – jamiyat – davlat» degan yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Bu – bejiz emas. Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar.
Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat:
birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi,mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi,ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, «Inson qadri uchun» degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi.
To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha Inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan.
Xususan, birinchi ustuvor yo‘nalish oddiygina «xalqparvar davlat barpo etish» – deb emas balki, "inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish» ekanligiga urg‘u berilgan, Shuningdek, to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish sifatida esa «adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlan-tirish” belgilanmoqda.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - «inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz».
Beshinchidan,Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha «yo‘l xaritalari» qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
«Yo‘l xaritasi» tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar; uni amalga oshirish mexanizmlari va shakli; muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilmoqda.
Hammamiz yaxshi tushunamiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadigan kuchli ma’naviyatga tayanamiz.
Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida “ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish” belgilanmoqda.
Shu maqsadda «Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat» konsepsiyasini amalga oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlan-tirish, madaniyat va san’atni yuksaltirish, «jaholatga qarshi – ma’rifat» tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - «O‘zbekiston – ulkan imkoniyat va boyliklarga ega mamlakat. Lekin bizning eng katta boyligimiz – turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikdir».
Bunday bebaho boylikni avaylab-asrash hamda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini, mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida Taraqqiyot strategiyasida millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilanmoqda.
Biz globallashuv har tomonlama avj olayotgan, shiddatli o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan murakkab zamonda yashamoqdamiz. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishlari, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar bizning mamlakatimizda ham yechilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalar hisoblanadi.
Yettinchidan, Taraqqiyot strategiyasining yana bir yangi ustuvor yo‘nalishi sifatida «umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish»belgilanmoqda.
Bugungi kunda insoniyat ko‘plab umumbashariy muammolarga duch kelmoqda va ularga yechim topish nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bunday muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish lozim. Bu esa, o‘z navbatida, kelajagimiz qiyofasini belgilaydigan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish zarurligini anglatadi.
Shuning uchun ham Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish;ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish; xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish; «Vatandoshlar» jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish; pandemiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish kabi global ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlar belgilanmoqda. YAIM iqtisodiy rezident-birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalovchi va ushbu birliklar tomonidan yakuniy foydalanish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymati orqali o‘lchanadigan milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. YAIM fizik hajm indeksi (real o‘sish sur’ati) doimiy narxlarda, ya’ni o‘tgan yilning mos davri narxlarida hisoblangan hisobot davri YAIMni (real YAIM) joriy narxlardagi o‘tgan yilning mos davri YAIMga nisbati orqali hisoblanadi. YAIM deflyator indeksi iqtisodiyotda narxlarning o‘rtacha o‘zgarishini ifodalaydi va nominal YAIMning (joriy narxlardagi hisobot davri YAIM) real YAIMga nisbati orqali hisoblanadi. Aholi jon boshiga YAIM joriy narxlardagi YAIM umumiy hajmini mamlakatning hisobot davridagi o‘rtacha aholisi soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |