Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING BADIIY TARJIMADA BERILISHI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING BADIIY TARJIMADA BERILISHI 
Husenova Gulnora Saidovna 
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 40-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
 
Bugungi  kunda  badiiy  adabiyotlarda  uchraydigan  frazeologik  birikmalarni  tarjima  qilish  sohasida 
yuzaga  kelayotgan  muammolarga  katta  e’tibor  berilmoqda.  Lingvistik  tarjimashunoslik  bo’yicha 
yaratilayotgan  ko’pchilik  tadqiqotlarda  tarjima  nazariyasi  va  amaliyotining  juz’iy  masalalari  bilan  bir 
qatorda mazkur sohaning mahiyatini aks ettiradigan umumnazariy muammolar ustida ham keng ko’lamda 


 
194 
 
bosh  qotirmoqda.  Bu  hol  lingvistik  tarjimashunoslikning  tadqiqotchilar  e’tiborini  borgan  sari  ko’proq 
o’ziga tortayotganligidan dalolat beradi. 
Tilning  leksik  birliklariga  nisbatan  birmuncha  murakkab  tarkibli  lisoniy  vositalari  bo’lmish 
frazeologik  birliklarni  tarjimada  adekvat  talqin  etish  tarjima  amaliyotining  o’ta  murakkab  va  shu  bilan 
birga,  juda  mas’uliyatli  masalalaridan  hisoblanadi.  Chunki  frazeologik  birliklar  nutqning  badiiy-tasviriy 
vositalari  sifatida  fikrning  oddiy,  betaraf  bayonidan  ko’ra  ko’proq  turli-tuman  uslubiy  vazifalarni  ifoda 
etishda ishtirok etadilarki, ularni ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularning tarjimada bejirim talqin 
etishga intilish badiiy asarning obrazli hamda hissiy-tasviriy qiymatini qayta yaratish yo’lidagi jonbozlik 
bilan chambarchas bog’liqdir. 
Frazeologik  birliklarni  tarjima  qilishning  o’ta  murakkab  amaliy  jarayon  ekanligi  asosan  mazkur 
birliklar tabiatiga – ularning leksik, semantik va qurilish jihatdan murakkabligiga bog’liqdir. Boz ustiga, 
talay  frazeologizmlar  milliy  xususiyatga  egadirlarki,  bu  hol  ham  tarjimonlar  oldiga  qator  amaliy 
qiyinchiliklarni ko’ndalang qilib qo’yadi. 
Asl nushada qo’llanilgan frazeologik birliklar tarkibidagi badiiy muqoyasalar umuminsoniy haqiqat, 
ma’lum va mashhur tarixiy dalillar, tarjima tili vakillariga yaxshi tanish narsa va boqea- hodisalar asosida 
yuzaga  kelgan  bo’lsalar,  boz  ustiga  muqoyasa  unsurlari  orasidagi  mantiqiy  bog’lanish  ko’zga  yaqqol 
tashlanib tursa, bunday frazeologik birliklarni kalka usulida tarjima qilish aksariyat hollarda adekvatlikni 
yuzaga keltiradi. 
Frazeologik birliklarni tasviriy yo’l bilan talqin qilish kitobxonga ularning ma’nolarinigina yetkazib 
beradi, uslubiy vazifalarini so’ndirib, ifodalarni badiiy-tasviriy xususiyatdan mahrum qiladi. 
Ma’lumki,  xalqlarning  turli  tabiiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  -siyosiy  sharoitlarda  yashashlari  natijasida 
ularning ongi, dunyoqarashi va axloqida goho bir -biridan farq qiladigan turli tuman o’ziga xos tushuncha 
va qarashlar shakllanadiki, ular so’zsiz o’sha xalqning tilida o’z aksini topadi. Shunga ko’ra ayrim narsa va 
hodisalar  hamma  tillarda  bir  xil  timsolli  mazmun  kasb  etavermaydi.  Bir  tilda  muayyan  hislat  yoki  sifat 
timsoli bo’lgan narsa yoki voqea-hodisa boshqa bir tilda o’sha xususiyat ramzi bo’la olmasligi mumkin. 
Masalan, tropik iqlim sharoitida yashovchi xalqlar qor nimaligini ko’z oldiga keltira olmagan bir paytda 
ularning tillarida ijobiy baholanayotgan bir narsaning ittifoqo “qor”ga o’xshatilishi zaruriy obrazli ifodani 
yarata  olmaydi.  Binobarin,  eslatilgan  tushunchalar  asosida  qaror  topgan  lisoniy  birliklarni  o’zgacha 
sharoitlarda istiqomat qiladigan xalqlar tiliga o’girish tarjimon oldiga qator muammolarni qo’yadi. 
O’zbek tilida tim qora, ya’ni chiroyli, jozibador ko’zning charosga muqoyasa qilinishi fikrni obrazli 
ifoda etishni an’anaviy uslubi bo’lib, rus tilida bunday vazifa “qora smorodina” – “chyornaya smorodina” 
zimmasiga  yuklanadi.  Shu  asosida  mazkur  tillarda  “charosdek  qop-qora  ko’zlar”  va  “glaza  chernыe  kak 
mokraya  smorodina”  komporativ  frazeologik  birliklari  hosil  bo’lganki,  tarjimada  ularni  ekvivalentlar 
sifatida  tan  olib,  birini  ikkinchisi  orqali  talqin  etish  progmatik  adekvatlikni  yuzaga  keltiradi.  Birliklar 
tarkibidagi “smorodina” va “charos” so’zlari anglatadigan ma’nolar mahalliy hususuyatga ega ekanliklari 
tufayli mazkur so’z birikmalarini kalka usuli vositasida o’girib bo’lmaydi. Bunday o’ziga xosliklar boshqa 
tillarda ham ko’zga tashlanadi. Masalan, dilbar qizning yuzi inglizlar nazarida “gilos”ga yoki “atirgul”ga 
o’xshatilsa,  o’zbeklar  ta’rifida  “olma”ga  muqoyasa  qilinadi,  ingliz  tilida  beozorlik  timsoli  sifatida 
“kabutar”, o’zbek tilida “musicha” qabul qilingan. 
Demak,  tarjima  turli  xalqlar  adabiyotlarining  o’zaro  aloqasi  va  bir-biriga  ta’siri  jarayonini 
tezlashtiradi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish