Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


AUDIOVIZUAL MATERIALLAR ASOSIDA CHET TILIDA NUTQIY



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

AUDIOVIZUAL MATERIALLAR ASOSIDA CHET TILIDA NUTQIY 
KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH 
Shamsiyeva Hilola Rajabovna 
 Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 40 maktab fransuz tili fani o'qituvchisi 
 
Bugungi  kunda  xorijiy  tillarni  o‘qitishda  innovatsion  metodikalardan  foydalanish  samarali 
natijalarga  erishishda  zaruriyatga  aylanib  bormoqda.  Bu  jarayon  mamlakatimizning  birinchi  Prezidenti 
I.A.Karimov  tomonidan  2012  yil  10  dekabrda  tasdiqlangan  “Chet  tillarni  o‘qitish  tizimini  yanada 
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarorida ham o‘z aksini topgan (1). Bunda 
ta’lim  jarayonida  zamonaviy  innovatsion  metodikalardan  foydalanish,  AKT  va  multimedia 
texnologiyalarini samarali tatbiq etish kerakligiga alohida urg‘u berilgan. 
Chet  tilini  o‘rganish  va  o‘qitishning  zamonaviy  yondashuvlari  muloqot  yuritishga  o‘rgatish 
(kommunikativ yondashuv) va nutqiy vaziyatga mos harakat qilish (faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv)ga 
asoslanadi.  Bu  jarayon  AKT,  xususan,  Internet-video  materiallari  bilan  bog‘lab  amalga  oshirilsa,  ta’lim 
sifatini oshirishda qo‘shimcha afzalliklarni keltirib chiqaradi. 
Shunga ko‘ra, bugungi kunda Yevropa mamlakatlari, xususan, Fransiyada xorijiy tillarni o‘qitishda 
eng zamonaviy va samarali yondashuv sifatida faoliyatga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy yondashuv faol 
qo‘llanilmoqda.  Kompetensiya  biror  faoliyatga  yo‘naltiruvchi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarning 
uyg‘unligidir. 
Ma’lumki,  video  materiallar  o‘z  manbasiga,  metodik  va  metodologik  asosiga  ega  bo‘ladi  va  har 
qanday  video  materialda  muayyan  muammoga  e’tibor  qaratiladi.  Shundagina  unga  muloqotni 
rivojlantiruvchi  vosita  sifatida  qarash  mumkin.  Demak,  videoni  tomosha  qilish  jarayonida  nutq 
amaliyotining interfaol, ijodiy xususiyati namoyon bo‘ladi. 
Lug‘atlarda  video  material  ovoz  va  tasvirning  uyg‘unligi  sifatida  ifodalanib,  ta’lim-tarbiya 
jarayoniga qaratilganligi ta’kidlanadi (8). 
Bugungi  kunda  ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanilayotgan  audiovizual  materiallarning  manbai 
bo‘lgan Internet esa kompyuter yoki mobil qurilmalardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi muloqotning xalqaro 
tarmog‘i sifatida izohlanadi (9). Demak, Internet o‘quvchilar uchun til o‘rganishning motivatsiya manbai, 
dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarni biror bir til vositasida audiovizual materiallar orqali anglash vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Audiovizual materiallar xususida gapirilar ekan, “audiovizual” tushunchasining mohiyatiga to‘xtalib 
o‘tish  joiz.  Lotin  tilida  audire  –  tinglamoq,  videre  –  ko‘rmoq,  ya’ni,  “tinglashga  ham,  ko‘rishga  ham 
mo‘ljallangan” degan ma’noni anglatadi(2, 9). 
Xorijiy tillarni audiovizual materiallar asosida o‘qitish metodi audiovizual metod deb ataladi(2, 9). 
Chet tilini ham tinglash, ham ko‘rish orqali o‘zlashtirish ushbu metodning asosi qilib olingan. Bu metod 
Fransiyada o‘tgan asrning 50-yillarida shakllangan bo‘lib, xorijiy tillarni o‘qitishda asosan video va audio 
materiallardan foydalanish bilan ifodalangan(7, 5). 
                                                             
9
 N. Mahmudov. “Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…”//O`zbek tili va adabiyoti. – T.:2012. – 5-son. B.3. 


 
197 
 
Bu borada F. Manjeno, M. Katru, S. Pyuran, T. Lansiyen, M. Tome kabi olimlar fransuz tilini xorijiy 
til  sifatida  o‘rganish/o‘qitishda  multimedia  vositalari  va  raqamli  texnologiyalarning  ahamiyatini  o‘z 
asarlarida  ta’kidlab  o‘tishgan.  Shuningdek,  F.  Paskiyning  fikricha,  video  materiallar  so‘zlovchidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (og‘izning harakatlanishi, lablarning kengayib-torayishi, mimika, pantomimikalar orqali) 
artikulyatsiya jihatidan muhim ma’lumotlarni audiovizual qabul qilishga imkoniyat tug‘diradi(3, 12). Bu 
esa  tinglovchining  nafaqat  xorijiy  tilni  puxta  o‘rganishiga  yordam  beradi,  balki  bilim  doirasini  ham 
kengaytiradi,  qabul  qilinayotgan  axborotni  tahlil,  sintez  qilish  orqali  ijodiy  erkin  fikrlash  doirasini 
rivojlantiradi.  Ushbu  jarayon  talabaning  chet  tilidagi  nutqiy  kompetensiyasi,  ijodiy  erkin  muloqot 
ko‘nikmasini  yanada  rivojlantiradi.  Mustaqil  o‘rganish  ko‘nikmasini  shakllantirishga,  interfaollikka 
imkoniyat yaratadi. 
J.M. Dyukroning fransuz tili auditoriyasi uchun video materiallardan foydalanish xususidagi (5, 1), 
F.  Manjenoning  fransuz  tilini  xorijiy  til  sifatida  o‘rganish/o‘rgatish  jarayonida  Internet  resurslarining 
ahamiyati  haqidagi  (6,  1),  shuningdek,  M.Katruning  fransuz  tilini  o‘qitishda  faoliyatga  yo‘naltirilgan 
yondashuv  hamda  AKT  va multimedia vositalaridan foydalanish  yuzasidan (4, 1, 4, 7, 14) olib borilgan 
tadqiqotlari  fransuz  tilini  xorijiy  til  sifatida  o‘rganish/o‘rgatishda  audiovizual  materiallarning  nechog‘li 
muhimligini ko‘rsatadi. 
Video material media vosita sifatida ma’lumotni ikki xil yo‘sinda ifodalaydi: tasvir va tovush. Bunda 
tasvirni didaktik vosita sifatida, tovushni ma’lumot beruvchi vosita sifatida tushunish mumkin. 
Tasvir reallikni ifodalagani uchun o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi, ma’lumotni kengroq tushunishga 
imkon  beradi.  Eshitilgan  materialni  vizual  tasvirlashga  imkon  yaratadi.  Ma’lumki,  tasvir  va  tovush 
jamiyatda  muloqot  va  axborot  yetkazishning  fundamental,  samarali  vositasi  bo‘lib,  video  sifatida 
berilganda real voqelikni aks ettirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tovush va tasvir o‘rtasidagi aloqadorlik animatsion tasvir yoki video tasvir vazifasini aniqlab beradi. 
Shu nuqtai nazardan, video tasvirning vazifasi quyidagi afzalliklarda namoyon bo‘ladi: 
Gapirish  /  so‘zlash  uchun  imkoniyatga  keng  o‘rin  berilishi.  Agar  tovush  va  tasvir  video  sifatida 
ifodalansa, tinglovchida mazmun haqida ko‘proq so‘zlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Videodagi manzara 
(insonlar, narsa-mavjudotlar va harakatlar) tovushda ifodalanib, tasvirda paydo bo‘ladi. Bu esa tinglovchida 
xotiradagi leksik boylikdan to‘laqonli foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
O‘rganilayotgan  manba  haqida  keng  ma’lumot  olish  imkoniyatining  mavjudligi.  Animatsiya 
jarayonida tovush orqali berilayotgan ma’lumot tasvir orqali tinglovchining ko‘z o‘ngida gavdalanadi va 
ma’lumot ham audial, ham vizual bo‘ladi. 
Manbani  o‘zlashtirishning  vizual  tomoni.  Tovush  videodagi  voqelik  bo‘yicha  vizual  ma’lumot 
beradi, ya’ni tovush videoda sodir bo‘layotgan voqeaga mos tarzda gavdalanadi. Bunda materialning vizual 
tomoni  talabaning  ko‘z  o‘ngida  voqea  sifatida  gavdalanib  boradi,  bu  jarayon  o‘quvchida  kognitiv 
xususiyatni  rivojlantiradi  va  dunyo  qarashini  boyitadi.  Demak,  didaktik  material  nafaqat  chet  tilini 
o‘rganishda bir vosita sifatida, balki ma’naviy va madaniy dunyo qarashni rivojlantiruvchi vosita sifatida 
ham qaraladi. 
Manbani o‘zlashtirishning audial tomoni. Materialning audial tomoni nutqning nima haqida ekanligi 
to‘g‘risida  to‘liq  verbal  xabar  beradi.  Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  har  qanday  audiovizual 
materialdan foydalanishdan asosiy maqsad talabada nutqiy faoliyat turlaridan biri bo‘lgan tinglab tushunish 
kompetensiyani rivojlantirishdir. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, audial matn real hayotni 
aks ettirishi va o‘quvchini kommunikativ muhitga moslashtirishi kerak. Shundagina, o‘quvchi audial nutqni 
tez va aniq anglaydi, sintez qila oladi. 
Tovush  va  tasvirning  uyg‘unligi  hisoblangan  audiovizual  materiallar  video  ko‘rinishda  aks  etib, 
didaktik  jihatdan  ta’lim  jarayonida  maqsadli  foydalanishda  ham  samarali  hisoblanadi.  Shuningdek, 
audiovizual  materiallardan  ta’limda  didaktik  jihatdan  bir  tomonlama,  ya’ni  audio  yoki  ovozsiz  video 
sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bunda talaba-o‘quvchida muayyan jihatni, ya’ni eshitish, tasavvur qilish 
yoki ko‘rib fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi 
Tovush, albatta, tasvir bilan chambarchas bog‘liq, biroq tasvirning tovush bilan bir vaqtda animatsiya 
orqali  berilishi  ma’lumotni  tushunishda  tasvirga  nisbatan  muhimroqdir.  Ma’lumotni  tushunib  qabul 
qilishda tasvir tovushni to‘ldiruvchi vosita hisoblanadi. Video materialdagi tovushning berilishi didaktika 
jihatidan o‘ziga xos farqli xususiyatga ega bo‘lib, uni uchta farqli qismga bo‘lish mumkin: 
verbal kanal (ya’ni nutqiy jihati); 
musiqa (melodiya va jarangdor musiqiy ohang); 
epizodga mos shovqin. 


 
198 
 
Bu  vositalar  materialni  global  tushunishni  ta’minlashga,  eng  muhim  ma’lumotlarni  ajratib 
ko‘rsatishga xizmat qiladi. 
Audiovizual  materialning  verbal  kanali,  ya’ni  nutqiy  jihati  talaba  uchun  berilayotgan  voqelikning 
mazmunini  anglashda  muhim  vosita  hisoblanadi.  Audiovizual  materialni  ko‘rishdan  maqsad  uning 
mazmunini anglash. Bunda verbal kanal materialdagi muloqotning asosi sanaladi. 
O‘quvchilarda  esa  nutqiy  kompetensiyalardan  biri  hisoblangan  tinglab  tushunish  kompetensiyasi 
verbal kanal orqali amalga oshadi. 
Materialning  musiqiy  jihati  va  epizodga  mos  shovqini  muloqotning  mazmunini  tushunishda 
yordamchi  vosita  sifatida  talabaning  tinglab  tushunish  kompetensiyasini  rivojlantirishda,  voqelikni  tez 
anglashida  samarali  natija  beradi.  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  maqsadli  foydalanishga  mo‘ljallangan 
audiovizual  materiallarda  epizodga  mos  melodiya,  jarangdor  musiqiy  ohang  va  shovqinning  bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Audiovizual  materialning,  xususan,  videoning  didaktik  xarakteridan  kelib  chiqib,  fransuz  tili 
o‘qitiladigan auditoriyada video materialning uchta asosiy vazifasini ta’kidlab o‘tish mumkin: 
Illyustrativ  (tasvirli)  –  video  tasvir  lingvistik  mazmunga  nisbatan  mimika,  jestlarni  ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega. 
Qiziqish uyg‘otuvchi yoki stimul beruvchi – video material talabani chuqur tahlil qilishga, mazmunni 
rivojlantirishga undaydi. 
Harakatga  keltiruvchi  (motivatsion)  –  videoning  tasviri  videoga  ilova  qilingan  mashqlarni  ongli 
tarzda bajarishga, mavzuni chuqurroq o‘rganishga turtki bo‘ladi. Bu esa mashq ishlash jarayoniga ijodiy 
yondashish, o‘sha mavzu bo‘yicha boshqa bir mashqlarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantiradi. 
O‘quvchilarning  chet  tilida  nutqiy  kompetensiyalarini  rivojlantirishda  audiovizual  materiallardan 
foydalanishning afzalliklarini quyidagi xususiyatlardan kelib chiqib ham baholash mumkin: 
Pedagogik xususiyati. Audiovizual materiallardan foydalanishda ta’lim jarayoni talabalarni ko‘proq 
erkinlikka, mas’uliyatlilikka, interaktivlikka va ijodiy fikrlashga undaydi. 
Didaktik  xususiyati.  O‘rganilayotgan  manbani  bir  necha  bor  takroran  eshitish,  o‘z  xohishiga  xos 
metodikani tanlashi mumkin. 
Psixologik  xususiyati.  Bu  jarayonda  o‘quvchilarning  tilni  o‘rganishga  ichki  motivatsiyaning 
kuchliligi, o‘rganilayotgan manbaga nisbatan butun e’tiborning va qiziqishning yuqoriligi kabi xususiyatlar 
bilan  izohlanadi.  Shuningdek,  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  boshqalarning  nigohidan  chetda  va  auditoriyaning 
bosimidan holi bo‘lish kabilar psixologik jihatdan muhimdir. 
Ta’lim jarayonida o‘qitish vositasi sifatida qaraladigan har qanday didaktik material singari video 
materiallarning ham didaktik xususiyatlarini qo‘yidagicha baholashimiz mumkin: 
Tovushli va tasvirli ma’lumot orqali tilga nisbatan stimulatsiya; 
Turfa xillikni tatbiq etish orqali pedagogik mahorat; 
Aniq motivatsion vazifalar; 
Noverbal nutq ustida ishlash imkoniyatlari; 
Tushunish ko‘nikmasini tadrijiy rivojlantirish; 
Auditoriyada jonli chet tili muhitini, ya’ni chet tilida gaplashuvchilar nutqi bilan boyitilgan muhitni 
yaratish. 
Yuqorida  qayd  etilgan  video  materiallarning  didaktik  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  Internet 
tarmog‘idagi  audiovizual  resurslardan  foydalanish  auditoriyada  jonli  chet  tili  muhitini  yaratish  orqali 
talabalarning  nutqiy  kompetensiyalarini  rivojlantirish  maqsadga  muvofiqdir.  Didaktik  mazmundagi 
didaktik  videolar,  hujjatli  videolar,  axborot-yangilik  videolari  va  boshqa  turdagi  audiovizual  resurslarga 
murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Didaktik material tanlanganda video materialning mazmuni, davomiyligi, 
interaktivligi, originalligiga alohida e’tibor qaratish lozim. 
Ta’kidlash  o‘rinliki,  bugungi  kunda  xorijiy  tillarni  o‘qitishda  audiovizual  materiallardan  samarali 
foydalanilmoqda. Biroq, olib borilgan ilmiy tadqiqotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, talabalarning chet 
tilida  nutqiy  kompetensiyalarini  rivojlantirishga  xizmat  qiluvchi  audiovizual  materiallarning  didaktik 
jihatdan  to‘g‘ri  tanlanishi  va  ta’lim  jarayoniga  metodik  jihatdan  to‘g‘ri  tatbiq  etilishi  har  qanday 
o‘qituvchiga o‘ta  jiddiy mas’uliyatni  yuklaydi. Yana bir jihati shundaki, audiovizual materiallar  asosida 
chet tillarni o‘qitishda retseptiv va reproduktiv jarayonlar amalga oshiriladi. Retseptiv jarayon talabalarni 
muloqot qilishga tayyorlasa, reproduktiv jarayon ularning nutqiy kompetensiyasini muloqotga aylantiradi. 
Demak,  audiovizual  materiallar  talabalarning  xorijiy  tilda  erkin  muloqot  qilish  ko‘nikmasini 
rivojlantirishda samarali xizmat qilishi bilan birga ularning ma’naviy, madaniy va estetik dunyoqarashini 
ham shakllantiradi. 


 
199 
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR 
Karimov I.A. “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 
№ PQ-1875 sonli qaror, 2012 yil 10 dekabr. 
Xodjayev M., Qahharova M. Chet tili o‘qitish metodikasi. – T.: Fan va texnologiya, 
2013. – 176 b. 
Abry  D.  La  vidéo  en  classe  de  FLE:  vers  un  développement  de  la  compétence  communicative// 
Dissertation de master. – Paris: Université Stendhal de Grenoble, 2009. – 103 p. 
Catroux M. Perspective co-actionnelle et TICE: quelles convergences pour l’enseignement de langue 
de spécialité? – Paris: JEEA, 2006. – 14 p. 
Ducrot J.-M. L’utilisation de la vidéo en classe de FLE. – Paris: Edufle, 2005.// http://casnav.ins.ac-
guyane.fr/IMG/pdf/jean_michel_ducrot.pdf 
Mangenot  F.  Classification  des  apports  de  l’Internet  à  l’apprentissage  des  langues.  –  Grenoble: 
Université de Grenoble, 1998. – 14 p. https://edutice.archives-ouvertes.fr/edutice- 00000175 
Strike  J.  L’apprentissage  du  français  langue  étrangère  facilité  par  la  technologie//  Dissertation  de 
master. – Prétoria: Université de Prétoria, 2002. – 146 p. 
http://www.larousse.fr/dictionnaires/francais/vidéo/81881 
http://le-dictionnaire.com/definition.php?mot=internet 
 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish