Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR 
Bazarova Guljahon Ismatullayevna 
Navoiy shahridagi 16- maktabning Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi. 
 
Alisher  Navoiyg‘azallarimavzusioshiqona,  orifona,    ijtimoiy,    hajviy    va    tabiat  tasviriga 
bag‘ishlangan kabi turlarga bo‘linib, orifona ruhda yozilgan asarlar Navoiy ijodida oshiqona g‘azallardan 
so‘ng  ikkinchi  o‘rinda    turadi.    Yana  shunday  baytlar    bo‘ladiki,    shoirning  boshqa  turdagi  g‘azallari 
tarkibiga kiritilgan bo‘lib, orifona mazmun-mohiyat kasb etadi. 
“G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 227- g‘azal shaklan musalsal va mazmunan oshiqona turga kirib, 
to‘qqiz baytdan iboratdir. G‘azalda orif oshiqning Ilohiy ma’shuq visolidan uzoqda – hijron va hasratda 
kechgan  damlari,  visol  umidi,  o‘zini  bu  ulug‘vor  martabaga  tayyorlash  va  unga  loyiq  ko‘rish  faxriyasi 
qalamga olingan. Undagi orifona ruh,  ayniqsa,  g‘azal yakuni bo‘lmish  maqtada yaqqol ko‘ringan: 
Navoiy o‘ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti, Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon 
ermas. 
Parvona kuydi, bulbul sayradi, lekin Navoiy (ishq va hijrondan biryo‘la) o‘ldi, avvaligilar (bulbul va 
parvona) yaxshi edilar, lekin u ham yomon bo‘lmadi. 
Maqta’da  Navoiy  majoziy  obrazlaridan  bo‘lgan  parvona  va  bulbulga  murojaat  etadi.  Ma’lumki, 
bulbulni – ishq yo‘lida fig‘on chekuvchi tasavvufning sershovqin sukur yo‘lini tutgan oshiqqa, parvonani 
esa bu maslakdagi sokin savh yo‘lini tutgan orifga qiyoslaydilar. Har ikkila obrazga murojaat etgan shoir 
ularni  ulug‘laydi,    lekin  ular  har  qancha  kuyib,    navo  chekkanlari    bilan  Navoiyga    tenglasholmadilar,  
chunki  Navoiy  bu  yo‘lga    kirib,    birato‘la    o‘lib    qo‘ya  qoldi,  deydi  u.  G‘azal  so‘ngida  Navoiy 
payg‘ambarimizning “o‘lmasdan burun o‘ling!” xadisi shariflariga ishora qilgan holda bu yo‘lda kamolotga 
yetganini faxr va ayni paytda kamtarinlik bilan e’tirof etmoqda. 
Shu  o‘rinda  aytish  kerakki,  Navoiyning  eng  dunyoviy    g‘azallarida    ham    ilohiy-orifona  ma’no 
yashirilgan  bo‘lib,  hech  bo‘lmasa,  bir  baytda  bu  pinhonalik  oshikor  etiladi.  Devondagi  423-g‘azalning 
beshinchi baytida mana shunday oshkoralikni ko‘rishimiz mumkin. 


 
187 
 
Yasay dard o‘qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra 
Ki, ko‘nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim. 
Jon  gulshani  ichida  dard  o‘qlaridan  oq  uy  yasayki,  oy  (kabi)  chodirnishin  go‘zalim  ko‘nglimda 
yayrab turolmasa, o‘shanga kir(ib istirohat qil)ar. 
Oq uy – oq kigizdan  yasalgan hamda Chingiziylar  udumi bo‘yicha hukmdorlar va  hurmatli zotlar 
uchun atalgan maxsus qo‘nalg‘a hisoblanadi. Shoir ma’shuqasi uchun jon gulshani ichida dard o‘qlaridan 
shunday  hashamatli  va  e’tiborli  maskan  tortiq  etmoqchi!  Toki  chodirnishin  (ya’ni  boshqalardan  o‘zini 
pinhon tutadigan) go‘zal oshiqning tor ko‘ngilda yayrolmasa, jonidagi o‘sha oq uyda farog‘at topsa. 
Baytda  so‘z  bandani  ko‘ngiliga  jo  bo‘ladigan  ma’shuqa  xayoli  yoki  ilohiy  ma’shuq  yodi  haqida 
ketmoqda. Unga ko‘nglini tortiq etgan shoir endi jonini ham peshkash qilmoqchi va buni shunday obrazli 
tarzda  go‘zal  ifodalamoqda.  Baytda  jon  gulshani,  mohi  xirgohim  birikmalari  asosida  istiora  san’atiga 
murojaat etilgan. 
Navbatdagi 424-g‘azaldagi baytga murojaat etamiz. Ushbubayt ham oshiqona, ham orifona mohiyat 
kasb etib, zulma’naynlik hodisasini hosil qilmoqda: 
May ichkali ul no‘shlab zohir qilur har dam tarab, 
Bu nav’ ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim. 
May  ichib,    u  labi  shirin  mahbubam,    har  lahza  hursandchilik  qiladi,    axir  bu  qadar  suv    ichgan 
gulshanimning unday (go‘zallishib) ochilmog‘ligi ajab emas-da! 
Husni ta’lil san’atiga murojaat etgan shoir may ichayotgan shirinlab ma’shuqani ochilib borayotgan 
gulzorga,  mayni  esa  gulshanni  yashnatadigan  suvga  qiyoslaydi.  Baytni  orifona  ma’noda  izohlaydigan 
bo‘lsak, komil insonning qalbi ilohiy ma’rifat sharobidan xuddi suv ichgan gulshan kabi yashnab turadi va 
bu  shu  ma’rifatga  tashna  toliblar  talabini  yanada  kuchaytiradi,    obrazli    qilib  aytganda  ularni  qalbini 
alangalatadi. 
Devondagi 11-g‘azal sof oshiqona hisoblanib, uning faqat bir –begona bayti orifona hisoblanadi. 
Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ey piri dayr, Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga. 
Boda  sog‘inchidan  ko‘zlarim  oqardi,  ey  mayxona  sohibi,   menga  may  shishasini  sindirib,    undan 
ko‘zoynak yasab ber. Navbatdagi bayt orifona mazmunli begona bayt hisoblanadi.  Ishq,  hijron va visoldan 
so‘z  yuritgan  oshiq  o‘z  fikrini,  endi  irfoniy  mavzuga  qaratadi.  Boda  –  may  istelohini  ilohiy  ishq  yoki 
ma’rifat, piri dayr – mayxona sohibi istelohini esa piri komil ma’nosida talqin etadigan bo‘lsak, baytning 
ma’nosi  quyidagicha  sharhlanadi.  Ya’ni:  ilohiyishq  va  ma’rifatdan  biribir  qalbim  qonmayapti  shuning 
uchun, ey komil ustoz, bu ma’rifat va ishq asosini qalbimga singdir. Natijada men shu tuyg‘ularga asoslanib 
olamga qarab, uning mushkulotlarini mushohida etay. 
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida bunday o‘ziga xosliklar ko‘plab uchraydi. Oshiqona 
g‘azallarda orifona baytlarning kiritilishi ham shunday o‘ziga  xosliklardan  bo‘lib,  ulug‘ shoirning bemisil 
donishmanona dahosidan darak beradi. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish