Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija


CHET TILINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING AHAMIYATI



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

CHET TILINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING AHAMIYATI 
Azizova Zilola Ravshanovna 
TDAU Ingliz tili o`qituvchisi 
 
 
Ma’lumki, pedagog jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi, shunday ekan har tomonlama yetuk 
mutaxassislarni tayyorlashda o‘qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob 
berishi, mustaqillik g‘oyasiga e’tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, o‘z kasbining bilimdoni, 
pedagogik  muloqot  ustasi,  shuningdek,  pedagogik,  psixologik  va  uslubiy  bilim,  malakalarni  egallagan 
bo‘lishi  hamda  turli  pedagogik  vaziyatlarni  tezda  sezishi,  o‘rganishi  va  baholay  olishi,  pedagogik  ta’sir 
ko‘rsatishning  eng  maqbul  usul,  vositalarini  tanlay  olish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  lozim.  Chet  tilini 
o‘rgatishda ham ana shu kabilarning o‘z o‘rni bor. 
Til o‘rgatish jarayonlari bir qator aniq va tabiiy fanlarni o‘rgatishdan muayyan darajada farq qiladi. 
Chunki bunda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida samimiy  va  samarali muloqot o‘rnatilishi kerak. Dars 
soatining har bir daqiqasi, o‘qituvchi va o‘quvchining bir-biri bilan bevosita dialogi, guruhdagi boshqalar 
bilan bahslari mazkur fandan bilim berishning zaruriy talablaridan biridir. Shu bois, o‘qituvchi pedagogik 
muloqot va auditoriyani boshqarishning turlicha usullaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. 
Pedagogik muloqot – qulay psixologik muhit yaratish maqsadida o‘qituvchining o‘quvchi bilan dars 
va undan tashqari jarayondagi haqiqiy muloqotidir. Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan-naslga 
o‘tuvchi xususiyat bo‘lmagani kabi pedagogik muloqot ham hayot davomida bilim, izlanish, tajriba asosida 
yaratilgan qobiliyat hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik muloqot mahorati hamma o‘qituvchilar uchun 
standart,  ya’ni  bir  qolipdagi  ish  usuli  emas,  balki  tinimsiz  izlanish,  ijodiy  mehnat  mahsulidir.  Noto‘g‘ri 
pedagogik muloqot o‘quvchida qo‘rquv, ishonchsizlik tug‘diradi, diqqati, xotirasi va ishlash qobiliyatini 
susaytiradi, nutq me’yorini buzadi. Natijada ularning o‘qishga, mustaqil o‘rganishga va fikrlashga bo‘lgan 
qiziqishlari susayadi. 
Oqibatda o‘quvchilarda o‘qituvchiga, uning faniga nisbatan muayyan salbiy munosabatlar uzoq vaqt 
shakllanib  qoladi.  Pedagogik  muloqot  ijtimoiy-psixologik  jarayon  sifatida  quyidagi  funksiyalar  bilan 
xarakterlanadi: shaxsni o‘rganish (bilish), axborot almashish, faoliyatni tashkil etish. 
Muloqotning turli shakllari: yig‘ilish, munozara, bo‘sh vaqtni o‘tkazish o‘qituvchidan muloqotning 
o‘ziga  xos  uslubidan  foydalanishni,  uning  ohangdorligini  o‘zgartirib  turishni  taqozo  qiladi.  Muloqotda 
taktikani tanlash rollar pozitsiyasidan foydalanish bilan bog‘liqdir. A.V.Dobrovich rollar pozitsiyasi uch 
xil  bo‘lishini  isbotlagan.  “Yuqoridan  kelish  pozitsiyasi”  –  o‘qituvchi  o‘zining  to‘la  mustaqilligi, 
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini namoyon qiladi. Bu pozitsiya ota-ona pozitsiyasi deb ataladi. “Pastdan 
kelish pozitsiyasi” – o‘qituvchi o‘z shaxsini mustaqil emas, balki bo‘ysunuvchi va o‘ziga ishonmaydigan 
qilib ko‘rsatadi. Bu bolalar pozitsiyasi deb ataladi va o‘quvchi mustaqilligini oshirish maqsadida ishlatiladi 
(doskada o‘qituvchi ataylab xatoga yo‘l qo‘yadi). “Yonma-yon turish” – o‘qituvchi xushmuomalaligida va 
vazminligida, vaziyatga qarab ishlashni bilishida, boshqalar holatini tushunishida hamda javobgarlikni o‘zi 
va boshqalarga taqsimlashida ifodalanadi. Bu kattalar pozitsiyasi deb ataladi. 
Albatta,  xorijiy  tillarni  o‘rgatishda  mazkur  rollardan  qaysi  birini  tanlash  o‘qituvchi  zimmasiga 
tushadi, biroq bu borada pedagog har bir dars mavzusi xarakteri va ko‘zda tutilgan maqsadidan kelib chiqib, 
turlicha  yondashuvni  qo‘llashi  zarur  bo‘ladi.  So‘zlarning  to‘g‘ri  yozilishi  va  fe’l  zamonlari  kabi  til 
birliklarini  yakka  holda  qo‘llashni  o‘rgatishga  oid  dars  mashg‘ulotlarida  ko‘proq  “pastdan  kelish” 
pozitsiyasi  ish  bersa,  aksariyat  darslarda  “yonma-yon  turish”  pozitsiyasining  o‘rni  muhimroq.  Chunki 
boshqa tillarni o‘rganishda bahs-munozaralar ko‘p o‘tkaziladi, ayrim hollarda “o‘zaro tanishuv” sahnalari, 
turli mavzudagi dialoglar, o‘quvchining sinf oldida o‘zini tanishtirishi kabi  vaziyatlarda o‘quvchi o‘zini 
erkin tutishi zarur. Agar u xato qilishdan yoki sinf oldida kulgiga qolishidan qo‘rqsa, bu keyinchalik shu 


 
182 
 
tilda  gapirishga  kirishganda  ana  shunday  hissiyotlarni  yana  boshidan  kechirish  odatini  shakllantirishi 
mumkin. 
Pedagogik muloqot jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo‘lishi, avvalo, o‘qituvchining ilmiy 
salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro‘siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajriba va 
mahorati  hamda  o‘quvchi-talabalar  bilan  o‘rnatilgan  do‘stona  munosabatiga  bog‘liqdir.  O‘qituvchining 
pedagogik muloqot mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ongli, milliy g‘oya va mafkuraga sodiqligi, 
bilim va fikr doirasining kengligi, o‘z vazifasiga munosabatiga e’tibor bermoq kerak. Ayniqsa, pedagogik 
muloqot jarayonida o‘qituvchining fikr doirasi keng bo‘lishi zarurligini alohida hisobga olish lozim. Chunki 
kishida bilim, fikr mukammal bo‘lmasa, u kamolotga erisha olmaydi. 
Darhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta, fikr orqali hal etadi. Shuning uchun pedagogik muloqot 
sohibi bo‘lishga intilgan kishi, shubhasiz, o‘z bilimini doimo kengaytirishi, o‘quvchi-talabaga ma’naviy-
axloqiy ta’sir etuvchi g‘oya va fikrlarni yangilab borishi zarur. Buning uchun ko‘p o‘qishi, o‘rganishi lozim. 
O‘qituvchining pedagogik muloqot mahoratiga baho berish uni muloqotining mohiyati qay darajada natija 
berishi bilan bog‘liqdir. 
Bugungi  kun  pedagoglaridan  o‘zlaridagi  mavjud  bilim,  saviya  bilan  cheklanib  qolmasdan,  xorijiy 
mamlakatlar  tajribasini  qunt  bilan  o‘rganib,  turli  muloqot  uslublarida,  har  qanday  sharoitda  pedagogik 
taktga amal qilgan holda, takomillashgan kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarurligini zamon talab 
etmoqda.  Rossiyalik  psixolog  olim  A.Leontev  kommunikativ  malakalarga  quyidagicha  xarakteristika 
beradi: ijtimoiy persepsiya (yuzidan o‘qib olish) malakasini egallash; o‘quvchining tashqari belgilariga xos 
ravishda uning shaxsi, psixik holati va boshqa xususiyatlarini modellash; o‘quvchilar bilan muloqot paytida 
vazmin  bo‘lish;  nutqni  psixologik  nuqtai  nazardan  eng  maqsadga  muvofiq  qilib  tuzish,  ya’ni  nutq 
muloqotida  o‘quvchilar  bilan  nutq  va  nutqsiz  muloqot  qilishni  bilish.  Muloqotda  rollar  pozitsiyasidan 
unumli  foydalanishga  A.S.Makarenkoning  ko‘cha  bezorini  kollektordan  koloniyaga  olib  kelishidagi 
mahoratini misol qilib keltirish mumkin. “Uni kollektordan koloniyaga borishga hech kim ko‘ndira olmadi, 
o‘zim borishga majbur bo‘ldim. Meni u krovatda yotgan holda e’tiborsiz nazar tashlab kutib oldi: 
– Hammangni jin ursin! Men hech qayoqqa bormayman! 
Menga  uning  qahramonlarcha  g‘ururi  ma’lum  edi.  Shuning  uchun  ham  muloyimlik  bilan  so‘z 
boshladim: Hurmatli janob, Sizni bezovta qilish men uchun ham noqulay, lekin men o‘z xizmat burchimni 
bajarishga  majburman.  Shuning  uchun  ham  o‘rningizdan  turib,  siz  uchun  mo‘ljallangan  ekipajdan  joy 
olishingizni iltimos qilaman. Mening bunday “ajoyib” muomalamdan Oprishko dastlab hayratlandi, hatto 
krovatdan biroz ko‘tarildi. 
Lekin uning o‘jarligi ustun keldi va o‘zini yostiqqa otdi: 
– Bormayman dedimmi, bormayman! Yo‘qol! 
–  U  holda,  hurmatli  janob,  ma’lumingiz  bo‘lsinki,  men  sizga  nisbatan  kuch  ishlatishga  majbur 
bo‘laman! 
– Buni qarang-a! Sen qayerdan kelib qolding? Meni kuch bilan ko‘ndirish oson deb o‘ylayapsanmi?! 
– Har qalay e’tiborga olib qo‘ying. 
– Men tovushimni baland ko‘tarib, istehzo bilan: 
Hurmatli Oprishko, – va birdaniga unga baqirdim, – tur o‘rningdan! Nega cho‘zilib yotibsan. Tezda 
tayyorlang! Senga tur deyapman!!! 
U o‘rnidan turdi va deraza tomon otildi. 
– Xudo ursin, hozir o‘zimni derazadan tashlayman!!! 
– Men unga xavotir bilan qarab shunday dedim: Yo zudlik bilan derazadan tashla yoki aravaga chiq! 
Sen bilan adi-badi aytishgani vaqtim yo‘q! 
Biz  uchinchi  qavatda  edik,  shuning  uchun  Oprishko  sho‘x  va  quvnoq  ko‘lib  yubordi:  muncha 
yopishib qoldingiz! Nima ham derdim? Siz Gorkiy koloniyasining mudirimisiz? 
– Ha. 
– Shunday demaysizmi? Allaqachon jo‘nab ketgan bo‘lar edim! 
Ko‘rinib  turibdiki,  pedagogik  soha  mutaxassislari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  turli  konsepsiyalar, 
muloqot  usullaridan  birini  yaxshi,  birini  yomon  deb  bo‘lmaydi.  Har  bir  muloqot  pozitsiyasi  ta’lim 
jarayonlarining turli bosqichlarida, turli xarakterdagi o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘l kelib qolishi mumkin. 
Shuning  uchun  bo‘lg‘usi  ingliz  tili  o‘qituvchilari  va  shu  sohada  ta’lim  olayotgan  talabalar  pedagogika 
sohalaridan yuqori bilim va malakaga ega bo‘lish bilan birga muloqot mahorati o‘ziga xos bo‘lishi ularning 
kelgusi kasbiy faoliyatlarida katta yordam beradi. 
Adabiyotlar 


 
183 
 
1. 
G‘aybullayev  N.,  Yodgorov  R.,  Mamatqulova  R.,  Toshmurodova  K.  Pedagogika: 
ma’ruzalar matni: O‘quv qo‘llanma. – T., 2000. 
2. 
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1996. – 368 b. 
3. 
Kan-Kalik V.A. Uchitel v pedagogicheskom obщenii. – M.: Prosveщeniye, 1987. 
4. 
Makarenko A.S. Pedagogik poema. – T.: O‘zdavnashr, 1956. – 282 b. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish