TA’LIMDA LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR VA MENTALLIKNI O‘RGATISHNING AHAMIYATI
Gulhayo Jo‘rayeva
NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti
XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi. U birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum, taomil, ramzlarini tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo‘lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi, mentallik va mentalitet kategoriyalarini tashkil etadi.
Darhaqiqat, mentallik – milliy xarakterning intellektual, ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti hisoblanadi. A. Ya. Gurevichga ko‘ra, mentallik – dunyoni ko‘rish yo‘li,
194
u g‘oya bilan o‘xshamaydi. “Mentallik falsafiy, ilmiy yoki estetik tizimlar emas, u fikr emotsiyadan qismlarga ajralmagan jamiyat tafakkurining darajasi”. 8 Xalq mentalligi tilning muhim konseptlarida dolzarblashadi.
Lingvokulturologik birliklarda mentallik va mentalitet xalq urf-odatlari, an’analari, afsonalari, aforizmlari, turli bayram va marosimlari, diniy aqidalari, pul birligi, o‘lchov birligi, sanoati, savdosi, fan va texnikasi, san’ati, ta’limi, milliy taomlari, me'moriy obidalari, milliy xarakteri kabilarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu borada o`zbek adabiyotida Tog`ay Murod asarlari salmoqli o‘rin tutadi.
Tog`ay Murod qissalari sof milliy o‘zbek qissalari. Said Ahmad ta’biri bilan aytganda, Tog`ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o‘zbekligi bilinib turadi. Ularning xulq-atvori ham boshqa xalqqa sira o‘xshamaydi. Bunday qahramonlar yaratish uchun adib rassomdek ranglarni bir-biridan farq qiladigan, bastakordek tovushlarni tiniq eshitadigan bo‘lishi kerak. Ana shunday qobiliyat bilan u o‘zbek xalqining mentlitetiga ko‘zgu tutadigan o‘lmas asar- “Oydinda yurgan odamlar” asarini yozdi.
“Oydinda yurgan odamlar qissasida o‘zbek millatining, o‘zbekning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy qobiliyati, bir so‘z bilan aytganda mentaliteti aks etadi. Mentalitet (nem. mentalität < lot. mens, mentis – aql, idrok) turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-intellektlarini namoyon qiladi. Bu asar lingvokulturtemalarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Shunga ko‘ra uni alohida lingvokulturologik birliklardan tashkil topgan bir qancha predmetlar asosida tasniflash o‘rinlidir:
Muqobilsiz leksik birliklar. Har qanday til yoki dialektda boshqa
bir tilga bir so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va h.k. tushunchalarni anglatadigan so‘zlardan tarkib topadi.O‘zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak, halim kabi so‘zlarda ko‘rish mumkin.
Mifologiyalashtirilgan til birliklari. Bular arxetiplar va mifologemalar,
udumlar va rivoyatlar, taomillar va urf-odatlar sanaladi. O‘zbek kundalik turmushida non muhim ozuqa hisoblanadi. Xalqimiz nonni azaldan hurmat qiladi, hamma narsadan afzal, aziz va muqaddas biladi. Ota- bobolardan qolib kelayotgan udum, an’anaga binoan, hatto nonni teskari tishlamaydilar, nonning ustiga boshqa narsalarni qo‘ymaydilar, nonni ustidan hatlab o‘tmaydilar, agar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshanalariga suradilar, non ushoqni dasturxon ustida ko‘rsalar barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib, yeb qo‘yadilar. Nonga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish bolalarga yoshlikdan o‘rgatiladi, ularga nonning ushog‘ini yerdan yig‘ib olish, uni e'zozlash va oyoq osti qilmaslik zarurligi uqtiriladi. Biror o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Shunga ko‘ra, tarkibida non komponenti ishtirok etgan non yemoq, noni butun, noni yarimta bo‘ldi, non ursin singari frazeologizmlarning asosida non arxetipi hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik ramzi sifatida keladi.
Tilning paremiologik (maqol va matallar) fondi. Tilning paremiologik fondini xalq durdonalaridan tuzilgan va uning madaniyatidan mustahkam o‘rin olgan javohir sandig‘i deyish mumkin. Ma’lumki, maqol va matallarni tilshunoslikda, xususan, lingvokulturologiyada o‘rganish endi boshlanmoqda. Andijonda mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan.
Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi. Masalan, ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmoq “imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq”, tanobini tortmoq “faoliyat doirasini, imkoniyatini cheklab qo‘ymoq”, to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq “ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirmoq”, to‘nini teskari kiyib olmoq “o‘chakishgan holda qaysarlik qilmoq”, xamir uchidan patir “katta ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism”, Xo‘ja ko‘rsinga “shunchaki nomigagina”, Xizrni yo‘qlasam bo‘lar ekan “kimnidir ko‘rish istagi qo‘qqisdan ro‘yobga chiqqanda aytiladigan ibora”. Biron tilning o‘zigagina xos bo‘lgan hisob so‘zlari qolipining frazeologizmlarga ko‘chganini ko‘rish mumkin.
O‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar. O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli
Z. N. Xudoyberganova. Tarjimaning lingvomadaniy masalalari. T.:2016. B. 27.
195
tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsionalekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari muhrlangan bo‘ladi. Prof. N. Mahmudov o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarni to‘rt unsurga ajratib, ularni o‘xshatish subyekti,
o‘xshatish etaloni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi deb nomlaydi. “...O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar va 2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi”9. Masalan, aksariyat tillarda tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi. Mazkur o‘xshatish etalonlari milliy dunyoqarash, dunyodagi hodisalarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash, qiyoslash natijasida shakllangan.
Adabiyotlar
1.Z. N. Xudoyberganova. Tarjimaning lingvomadaniy masalalari. T.:2016. B. 27.
2.N. Mahmudov. “Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab…”//O`zbek tili va adabiyoti. – T.:2012.
– 5-son. B.3.
Do'stlaringiz bilan baham: |