MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH (BOSHLANG'ICH SINF)
Boltayeva Aziza Aminovna
Buxoro viloyati Peshko' tumani 36-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar faqatgina xalq manfaatlari uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilayotganining guvohi bo’lib turibmiz. Ta'lim jarayonida ilg'or texnologiyalarning yangi-yangi usullarining qo’llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda o'tishiga olib keladi, o'quv materiallarining chuqur o'zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik qarashlarda "Oddiy o'qituvchi - gapiradi, yaxshi o'qituvchi - ko'rsatadi, juda yaxshi o'qituvchi- motivatsiya qiladi", degan gap bor. Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan o'qituvchisi o'zining mutaxassisligini, chuqur o'zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallagan, ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta'lim jarayonida qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi bilan birga innovatsion faoliyat egasi bo'lishi lozim. Ayni paytda o'qituvchi har bir darsning muallifi hisoblanadi. Chunki o'qituvchi ushbu darsni tayyorlashda ilg'or o'qituvchilar tajribasiga tayanadi, uslubiy qo'llanmalarni o'rganadi va uni amalda qo`llaydi.
Matematika darsida o'quv tarbiya jarayonining barcha elementlari o'zaro uyg'unlikda bo'ladi. Bular maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta'limni tashkil kilish shakllari bilan uzviy bog'liq. Boshlang'ich sinflarda ishlaydigan o'qituvchi vatanparvarlik burchini to'g'ri anglaydigan, o'z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol bo'lmog'i lozim. Boshlang'ich ta'lim asosiy poydevor hisoblanadi. Bolaning o'qishga bo'lgan munosabatinig zarur bo'lgan o'qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo'llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o'z-o'zini boshqarish, jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta'limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayonida keng qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z ustida mustaqil ishlashi fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi ilg'or metodikalarga ega bo'lgan tajribali metodist-o'qituvchilar bilan o'z tajribalari to'g'risida o'rtoqlasha olishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta olishi lozim. Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini o'rganishni taqozo etadi. Shuningdek hozirgi kunda matematika fanidan juda ko'p misol va masalalar to'plamlari, qiziqarli matematika o'quv adabiyotlari nashr etilgan. Ushbu fanga taalluqli qoshimcha adabiyotlardan foydalanib, darslarni mustahkamlash qismida foydalanib o tish ham ijobiy samara
beradi.
Bugungi kunda darslarni turli xil metodlar bialan boyitib borishimiz mumkin. Bugungi kunda eng dolzarb bo`lib borayorgan Xalqaro baholash dasturi TIMSS ga tayyorlash ayni davr talabi desak adashmagan bo`lamiz. Topshiriqlarni esa o`zimiz tayyorlab borishimizga to`g`ri keladi.
Bunda "Tushunchalar tahlili" degan metodimizni bir eslaylik. Bu metod orqali otilgan mavzularni eslab qolishda, yangi mavzuni mustahkamlashda va olgan bilimlarimizni eslab qolishida ayni muddao bo`ladi desak adashmagan bo`lamiz. Masalan: o`quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi, ular bu topshiriqlarga o`zlarining javoblarini yozishlari kerak.
107
Tushunchalar
|
Tahlil
|
|
|
Kub
|
Hamma yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped
|
|
kub deb ataladi.
|
|
|
Uchburchak
|
Uchburchak geometrik figuralardan biri boʻlib, bir toʻgʻri chiziqda
|
|
yotmaydigan uchta nuqta va shu nuqtalarni ketma-ket tutashtirishdan hosil
|
|
boʻlgan figura. Nuqtalar uchburchakning uchlari, kesmalar esa uning
|
|
tomonlari hisoblanadi. Uchburchak uning uchlarini koʻrsatish bilan
|
|
belgilanadi.
|
|
|
Kvadrát
|
Qarama-qarshi tomonlari oʼzaro teng bolgan toʼgʼri burchakli
|
|
toʼrtburchak yoki burchaklari toʼgʼri burchaklardan iborat boʼlgan romb
|
|
kvadrat deb ataladi
|
|
|
Aylana
|
Aylana – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar
|
|
toʻplami. Aylana — faqat chiziq. Oq qog‘oz ustiga dumaloq stakanni
|
|
qo‘yib, atrofidan qalam yurgizib chiqsak, hosil bo‘lgan ingichka dumaloq
|
|
chiziq aylana bo‘ladi Aylana chizish uchun sirkuldan ham foydalanish
|
|
mumkin. Agar sirkul bo‘lmasa, qog‘oz varag‘ini yog‘och taxtacha ustiga
|
|
qo‘yib, o‘rtasiga bitta knopka qadang, tagiga pishiq ip bog‘lab qo‘ying,
|
|
ipning ikkinchi uchiga qalam bog‘lang. Qalamning ip bog‘langan joyidan
|
|
ushlab, tarang torting-da, aylanma chiziq chizib chiqing, shunda aylana
|
|
hosil bo‘ladi.
|
|
|
Doira
|
Doira — yassi shakl, uni qirqib tayyorlash mumkin. Hali chizgan
|
|
aylanangizni atrofidan qaychi bilan qirqib chiqsangiz, doira hosil
|
|
bo‘ladi.Doira va aylana «egizaklar», «opa-singillar»dir. Ular har doim
|
|
birga «yurishadi»: aylana chizdingizmi — doira hosil bo‘ladi, doira qirqib
|
|
oldingizmi — qaychi yurgan yo‘l aylanani bildiradi. Sirkul qo‘yiladigan
|
|
yoki haligi knopka qadaladigan nuqta aylana va doira markazi
|
|
hisoblanadi. Limon bo‘lagi va velosiped g‘ildiragi markazini topish oson.
|
|
|
Bu metodni nafaqat matematikada balaki boshqa fanlarda ham ishlatsak bo`ladi. Bolalarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda, mavzularni eslab qolishda bu metodlarni dars davomida foydalanish ularda fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilgan bo`lamiz. Har bir metodning o`ziga xos tomonlari bor, biz undan darslar jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Bu esa fanimizni yanad qiziqali o`tishimizga o`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo`ladi deb o`ylayman.
Fikrimni Rudakiyning ushbu gaplari bilan tugatmoqchiman " Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur".
Do'stlaringiz bilan baham: |