Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


SHAXSGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI AMALGA OSHIRISH BO’YICHA TA’LIM TURLARI



Download 7,41 Mb.
bet6/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

SHAXSGA YO’NALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI AMALGA OSHIRISH BO’YICHA TA’LIM TURLARI

Axatova D. A., Axatova X. A.




Axatova Durdona Aktamovna
NavDPI Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, p.f.n.


Axatova Xilola Aktamovna
NavDPI Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisi.

Davlatimiz intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan davlat siyosatini yuritib kelmoqda. Bunda albatta ta’lim sohasidagi innovatsiyalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Buni 2020 yil 23 sentaybrda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ham ko`rishimiz mumkin. Qonunda “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o`tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan” [1; 20-б.] ligi ta’kidlanadi.


Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va o`quvchi va talabalarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarini biladigan, ulardan o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o’qituvchilari pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni bilishi va olgan bilimlarini o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llashga o`rganishlari lozim.


Pedagogik texnologiyalardan foydalanishga e’tibor kuchayganining asosiy sabablari sifatida: pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligi, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish


imkoniyatini berishi, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligini ko`rsatishimiz mumkin.


Pedagogik texnologiyalar ichida shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning o’rni va ahamiyati juda muhimdir. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning o’ziga xosligi shundaki, ular shaxs rivojlanishini qandaydir buyurtma asosida shakllantirishga emas, aksincha uning(shaxsning) tabiiy qobiliyatlari asosida shakllantirishga yo’naltirilgan.


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim – o’quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim.


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi [2; 14-б.].


11
Bu turdagi ta’lim bolalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o’quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Shuning uchun ham shaxsga yo’naltirilgan texnologiyani o’rganish va uning usullaridan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’qitish jarayonining ishtirokchilari o`qituvchi-o`quvchi yoki o`quvchi-o`quvchi, o`quvchi-o`quvchilar guruhi, o`quvchi-o`quvchilar jamoasi tarzida o’zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.


Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo’naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir [3; 8-б.]:






  • rolli va ishbilarmonlik o’yinlari;

  • bahs-munozara, debat;

  • musobaqa ko’rinishidagi bellashuvlar

Shaxsga yo’naltirilgan o’quv vaziyatlari o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bog’liq. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars shakllariga misol keltiramiz:


Musobaqa darsi- o’quvchilarning o’zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari.


Ijod darsi- o’quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi.


Shubha bildirish darsi- dars mavzusi bo’yicha qoidalar, xulosalarni agar notog’ri deb hisoblansa, nimalar bo’lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o’tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.


Ijodiy hisobotlar darsi- o’quvchilarning ayrim mavzular bo’yicha mustaqil o’rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti.


Ilmiy-fantastika darsi- o’quvchilarning o’rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o’ylab topishlari mashqini o’tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi.


Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan o’quvchilarning mustaqil fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni o’zlashtirishni ta’minlash darsi.


Ekskursiya darsi- bu darslarda o’quvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan bog’lash va kasbga yo’naltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi.


Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchini ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim o’quvchilarni o’z-o’zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur.


Hozirda shaxsga yo’naltirilgan ta’limning quyidagi turlari mavjud :





Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish