Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


ZAMONAVIY TA’LIMDA O‘QITUVCHI USLUBIY ISHINING AHAMIYATI



Download 7,41 Mb.
bet39/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

ZAMONAVIY TA’LIMDA O‘QITUVCHI USLUBIY ISHINING AHAMIYATI Narziyeva Mastura Sunnatovna


BVXTXKT va ularni MO xududiy markazi "maktabgacha.boshlangich va maxsus talim metodikalari " kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ta’lim jara yonlarini zamonaviylashtirish jahon talablariga mos o‘quvchilarni tarbiyalash, ularga ta’lim berish va ta’lim oluvchini o‘z ortlaridan ergashtira olish uchun bugungi o‘qituvchiga qanday tartibda yordam berish mumkin? Ular munosib ilmiy, uslubiy va ma’naviy muhit yaratilishining yo‘llari qay tarzda belgilanadi? Faqat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari yordamida muayyan muammolarni yechish mukminmi? O‘qituvchi, o‘quvchilarga ijodkorlik muhitini yaratish orqali o‘z ustida mustaqil ishlay olishi, izlanishi, mavjud muammolarni yecha olishini qanday tashkillashtirsa bo‘ladi? kabi savollar o‘z yechimini kutmoqda.


Pedagogik faoliyat cheksiz, murakkab, sermehnatdir. O‘qituvchi mehnatida o‘zgarmagan elementlar mavjud emas doimo bilim sohasi rivojlanadi, ya’ni o‘qituvchi o‘qitadigan uning asosi bo‘lgan o‘quvchilar kontingenti o‘zgaradi, pedagogika fani to‘lib boradi. Bularning barchasi eng muhim bo‘lgan mazmunni, maqsadga mos keladigan o‘qitishning shakl, usul va o‘qitish vositalarini, o‘quv jara yonida o‘quvchilar bilan hamkorlikning samarali yo‘llarini doimiy ravishda izlab topishni talab etadi.


O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahoratini takomillashtirishning qismi, uning ilmiy-uslubiy ishi hisoblanib, u quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni to‘plangan tajribalarni tahlil, tizimlashtirish va umumlashtirishdir. Uslubiy ish – o‘qituvchini majburiyatlaridan biri hisoblanib, maxsus fanlardan o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning natijasi bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlarida fan bo‘yicha topshiriqlar va vazifalar majmui, didaktik materiallar, o‘quv-ko‘rgazmali qurollarni yaratishdan iborat bo‘ladi.




Uslubiy ish- bu ilm-fan va ilg‘or pedagogik tajribalarning yutuqlariga va har bir o‘qituvchini kasbiy bilimdonligini va kasbiy mahoratini har tomonlama oshirishga yo‘naltirilishga asoslanuvchi, amaliy tadbirlarning maxsus majmuidir.
Uslubiy ishlar keng miq yosdagi muammolarni qamrab oladi, bular:

mutaxassislarni kasbiy faoliyati tahlili; asosiy mehnat ishlari va kasbiy malakalarini aniqlash (mutaxassis faoliyatini modelini ishlab chiqish);


o‘quv jara yonida mutaxassisni kasbiy faoliyatini modellashtirish (mutaxassisni kasbiy tay yorgarlik modelini ishlab chiqish);


zarur ko‘nikmalarni egallash uchun topshiriqlar majmuini ishlab chiqish, o‘qitish mazmunida uning o‘rnini aniqlash;


o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish;

o‘qitish mazmunida (aniq soha mutaxassisligida) ilm-fan, ishlab chiqarish sohalaridagi rivojlanish bashoratlarini aks ettirish;


o‘quvchilarni fikrlash faolligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini (muammoli ta’limning shakl va usullari) takomillashtirish;


o‘quvchilarni fikrlash faolligini va mustaqilligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning shakl va usullarini (o‘quvchilarning mustaqil ishlarining shakl va usullari) takomillashtirish;


ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar, jamoaviy shakldagi ishlarda topshiriqlarni individuallashtirish, individual o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish);


didaktik materiallarni (dasturlashtirilgan ta’lim uchun o‘qituvchi dasturlar, topshiriqlar majmui, mashqlar, ishbilarmon o‘yinlar, tahlil uchun ishlab chiqaruvchilik vaziyatlar ba yoni) ishlab chiqish.


Aniq mavzuni tanlash pedagogik mahoratdan kelib chiqadi. Tajribali o‘qituvchi o‘zining ishini va hamkasbini ishini tahlil qilishi va umumlashtirishi mumkin, u mustaqil ravishda, o‘zining ijodiy imkoniyatlarini qo‘llab ta’limning yangi usullarini ishlab chiqishi mumkin. Shu bilan birga, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u o‘zining fanini chuqur bilishi, uning metodikasini o‘zlashtirib olgan bo‘lishi kerak. Fan va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi o‘quvchilarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘quvchilar o‘qituvchi bilimining ularga yetkaza olish imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning shu fanga bo‘lgan qiziqishini, uning fidoyiligini taqdirlashadi.


Uzluksiz ta’limning barcha o‘qituvchilari qo‘yilgan talablar bilan birga bevosita faoliyat yo‘nalishlariga oid quyidagilarni bilishlari va uddalay olishlari lozim:


Uzluksiz ta’limda o‘quv ishlab chiqarish jara yoni va amali yotlarini nazariy-metodologik, pedagogik asoslarini;


o‘qitila yotgan umumkasbiy fanlar va maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va amali yoti bo‘yicha tarmoq ta’lim standartlari talablarini;


64
mutaxassislik yo‘nalishiga oid fanlar bo‘yicha ishlab chiqarish amali yotini rejalashtirish, loyihalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish, takomillashtirish, nazorat qilish asoslarini hamda ularga oid me’ yoriy hujjatlar yuritilishini;


o‘quv va ishlab chiqarish amali yotining dolzarb muammolari va ularni yechish usullarini;


mehnatni tashkil etishni ilmiy asoslarini; iqtisod sohasiga oid mehnat qonunchiligini;


o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat odob-ahloq me’ yorlarini va muomala madaniyati asoslari va shu


kabilarni.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish