Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 7,41 Mb.
bet31/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

Hadislardan birida: ―Ota – ona farzandiga go‘zal odobdan ko‘ra yaxshiroq narsa bera olmaydi‖,- deb aytilgan.

Dono xalqimizning ajoyib bir hikmatli so‘zi borki: ―Farzand aziz, tarbiyasi esa undanda aziz‖.


Bugungi kunda farzand tarbiyasi otalarning oldidagi vazifalari nimalardan iborat bo‘lishi kerak.


Farzandini shaxs sifatida kamol topishida ota har bir ishni donolik va xusherlik bilan amalga


oshirishi, sabrli bo‘lishi kerak. Milliy qadriyatlarni unutmay oilasiga, farzandiga mehr-muhabbat bilan yashashi kerak.


Tarbiya ota-onaning izlanishi va mexnatining samarasi. Farzandlarimiz biz kutgandek inson bo‘lishi uchun, avvalo tarbiyani o‘zimizdan boshlashimiz kerak.


Qashqadaryo viloyatida ota-onalar o‘rtasida farzand tarbiyasiga oid so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Farzandingiz tarbiyasi bilan oilada kim shug‘ullanadi degan savolga so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning


75%dan ortig‘i oilada farzand tarbiyasi bilan ona shug‘ullanishini, 17 % i buvilar shug‘ullanishi bildirgan edi.


51
Xuddi shuningdek farzandingizga qachon oxirgi marta kitob sovg‘a qildingiz degan savolga 1.5-2.0 foiz otalar farzandi uchun kitob sotib olganligini bildirgan, aksariyati farzandiga kitob sotib olish bilan onalar shug‘ullanishini bildirgan.


Farzandingizga bir kunda qancha vaqt ajratasiz degan savollarga juda ko‘pchilik javob berishga qiynalgan.


―Yoshlar‖ telekanali orqali ota-onalar, bobo-buvilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ham har birimizni o‘ylashga, fikrlashga, farzandimiz tarbiyasiga nihoyatda katta e’tibor qaratishimiz lozimligi eslatdi. Ko‘chada to‘xtatib savol berildi. Qachon farzandlaringiz bilan muzeyga bordingiz? So‘rov o‘tkazilgan respondentlarni 90 foizi qachon farzandlari bilan muzeyga borganliklarini eslolmadi.


Otalar farzand tarbiyasida e’tibor karatishi kerak bulgan xususiyatlar quyidagilardang iborat bo‘lishi


kerak:




  • Farzandlariga munosib ism quyishlari;




  • Har bir ishga o‘zlari o‘rnak bo‘lishlari;




  • Farzandlari uchun vaqt ajratishlari va o‘z mehrlarini ko‘rsatib borishlari;




  • Farzandlarini o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishlari;




  • Farzandlari fikrini tinglash va e’tiborli bo‘lishlari;

 Farzandlari qobiliyati iqtidorini, qiziqishini ko‘ra bilish, to‘g‘ri yunaltirishlari;



  • Farzandlari ishonchini oqlash. Berilgan va’dani albatta bajarish lozimligi;




  • Mehnatsevar qilib tarbiyalashlari;




  • Barcha uy-yumushlarini, tozalash, uy ta’mirlash, ovqat qilish, bozor qilishni o‘rgatishlari;




  • Farzandlar qalbida halollik va poklikni shakllantirishlari;

 Farzandlarni bilim olishga, til o‘rganishga, kitob o‘qishga qiziqtirishlari;



  • Farzandlari oldida yolg‘on gapirmaslik, g‘iybat qilmasliklari;




  • Ular oldida o‘zgalarni kamsitish, haqoratlash, janjallarga yo‘l quymasliklari;




  • Farzandlari bilan do‘st bo‘lishlari;




  • Farzandlari ongiga ―Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat‖ ruhini singdirishlari;

Oiladagi kattalar bobolar va buvilarni hurmat qilishga o‘rgatishlari;


Oiladagi tarixiy meros, ota-bobolardan o‘tib kelayotgan an’analarni saqlashga o‘rgatishlari;



  • Eng asosiysi oila, mahallani , Vatanni sevishga o‘rgatishlari , bu borada o‘zlari namuna bo‘lishlari kerak.


Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish