Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


TARIX FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL



Download 7,41 Mb.
bet157/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

TARIX FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH
Yakubova S. Sh., Sohibova N. S.
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi.

Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi To’raqo’rg’on tuman xalq ta`limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Abdullayeva Ma’luda Abdulboqiyevna


Bugungi kunda zamonaviy darslarni tashkil etish o‘quv jarayonlariga ilg'or texnologiyalarni olib kirish, ta'lim jarayonini loyihalashtirish kechiktirib bo'lmas vazifalardan biriga aylanib qolmoqda.Ta'lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosidir.Ta'lim sifatini oshirishda an'anaviy va noan'anaviy ta'lim yondashuvlari, intefaol metodlar, didaktik topshiriqlar va ularning tarix fanida qo‘llanilishi bo‘yicha namunalaridan foydalanish bilan bir qatorda mavzuga oid aforizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.Jumladan "Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o‘qish va o'rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi" Abdurauf Fitrat, "Kishi ikki narsa tufayli qarimaydi, biri - ezgu xulqi, biri ezgu so‘zi" Yusuf Xos Hojib, "Men muvoffaqiyatning uchta omilini bilaman: boshqalardan ko'proq bilish; boshqalardan ko'proq ishlash; boshqalardan ko‘proq kuta olish"- Shekspir.


Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan foydalangan holda, yo'l qo'yilgan xatolarlarni takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashimizni tezlashtiradi.Shu sababli tariximizni va rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqurroq o'rganib uni respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish zarur ekanligini anglagan holda o'quvchiga har bir mavzuni to'laqonli yetkazib berish tarix fani o'qituvchisining muqaddas burchidir.


Tarix o'qitish metodikasida darsliklarning ahamiyati katta. Darsliklarda berilayotgan ma'lumotlar bola psixologiyasini hisobga olgan holda berilishi ahamiyatlidir. Darslikdagi tushuncha va sanalar bilan bir qatorda tarixiy lug'atlarni alohida alohida yoritib borish ijtimoiy fanlar oldidagi dolzarb masalalardan biridir. Yana shuni alohida ta'kidlash joizki darsliklarda berilgan ma'lumotlar bir-biriga zid kelishi holatlari mudom uchrab turadi. Misol uchun 2014-yilda nashr etilgan 8-sinf O'zbekiston tarixi darsligida 13-§. Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi mavzusida "1753-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo‘ldi" - deb ma'lumot berilgan bo'lsa, 2019- yil qayta ishlangan 8-sinf uchun O'zbekiston tarixi darsligi 14-§. Buxoro amirligining tashkil topishi mavzusida "1756-yildan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi "- kabi ma'lumotlar o'quvchida ikkilanish hosil qiladi. Xo'sh shu va shunga o'xshash muammolar ta'lim sifatiga qanday ta'sir etishini ko'rib chiqadigan bo'lsak, o'quvchi fan olimpiadasida, abituriyentlar oliy o'quv yurtiga imtihon topshirayotgan paytda quyidagi holatga duch kelishlari va unga qanday yechim topishlari mumkin?


Savol:Buxoro xonligi qachondan boshlab amirlik deb atala boshlandi? A)1753-yil B)1756-yil C)1758-yil D)1747-yil


Yana ushbu ma'salani e'tibotli tomoni shundaki,o'quvchining bitta noto'g'ri javobi uchun millionlab kontrakt to'lashi yoki talabalik baxtidan mosuvo bo'lishi mumkin.Bundan ko'rinib turibdiki, umumta'lim maktablari o'quvchilari foydalanayotgan darsliklar ularning hayotida oliy ta'limga yo'l olishlariga qanot bo'lib hizmat qiladi. Shunday ekan ta'limnig uzviyligini hisobga olib ma'lumotlarning aniqligianiqligi, asosliligi va har tomonlama aniq bo'lishi masalaning yechimlaridan biridir. Tarix fani o'qitish metodikasida yangiliklardan habardor bo'lish va qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanish ta'lim sifatini oshirishga hizmat qiladi. Ta'limning umumiy o'rta ta'lim maktab bosqichida ijtimoiy fanlarni yanada chuqurroq o'rganishlarida ushbu fan, aynan tarix fanini nima uchun o'qishlari kerakligini anglashlari lozim. Datlabki ta'lim jarayonida o'quvchilarning hayolidan kechayotgan "Tarix nima uchun kerak " , "Biz nima uchun bu fanni o'qiymiz " kabi savollarga o'quvchilar tarix fani o'qituvchisidan javob olishlari zarur.Tarix fani o'qituvchisining salohiyati , hur fikirliligi o'quvchilarning "TARIX- IBRAT UChUN KERAK " , "TARIX -SABOQ UChUN KERAK " ekanligini anglab yetishlari uchun xizmat qilishi kerak.Shunday ekan bugungi kunda tarix fanini o'rganayotgan har qanday o‘quvchi kelajakda vatanparvar,tarix va tarixiy shaxslarga xurmat bilan tarbiyalangan, o'zligini anglab yetgan jamiyatning faol kishisi bo‘lib yashamog‘i lozim.


Tarix fani muammolaridan yana biri o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish. Bunda o'qituvchi darslikdan tashqari ma'lumotlardan berib borishi jumladan tarixiy shaxslarning go'zal insoniy


245
fazilatlari , axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalardan namunalar keltirib borishlari lozim. Ayniqsa bugungi kunda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida tarixchilarni ta'sirlari katta deb o‘ylayman. Masalan 5-7-sinflarda “Jaloliddin Manguberdi mohir sarkarda” mavzusini yoritishda Sh.Isaxanovaning «Sulton Jalliddin Manguberdi asari»ning hamda ”Mirzo Ulug‘bek akademiyasi” mavzusida Odil Yoqubovning «Ulug’bek hazinasi» eng etiborga molik joyidan bir parcha keltirish tavsiya etiladi. O’quvchini izlanishga chorlagan bo'lamiz.Bu esa bir necha o'quvchining shonli tariximizni yaqidan o‘rganishga va albatta kitobga bo‘lgan xurmatini oshirishga xizmat qilgan bo'lamiz.


Talim berishning nazariyasi va amaliyotida o’quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda pedogoglarning diqqati bilim orttirishning muloqot yuritish shakliga asoslangan o’qitishning interfaol shakl va uslublarini o’zlashtirishga qaratilgan. Ta’lim berish jarayoni quyida ko’rsatilgan talablarga amal qilgan taqdirda samarali bo’lishi yaxshi natijalar berishi amalda o’z isbotini topmoqda:


O’quvchilar talim olish uchun ochiq va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabat va hamkorlikka faol kirishib ketadilar;


O’z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish uchun imkonga ega bo’ladilar; O’quvchilarda o’ziga ishonch uyg’otish va fikrlarini kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik.


Hozirgi kunda sifatli ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy toliqishlarsiz yuqori natijalarga erishishdir. Belgilangan qisqa muddatda muayyan nazariy va ilmiy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda fanlar yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish, o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda bugungi kunda ta`lim sohasida mustahkam o’rin egallayotgan pedagogik texnologiya – interfaol metodlarni qo’llashni talab etadi. Bunda o’qituvchi tanlanilayotgan metodni mavzuga mos va hosligini ko’rib chiqishi lozim va o’quvchilarni yosh hususiyatlarini hisobga olishi talab etiladi.


Ta`lim sifatini pasayishiga yana bir sabab sinflarda bolalar sonining haddan ziyod ko’pligidir. Ularni bilim olishga intilishi va ishtiyoqi ham bir-biridan farq qiladi. Taklifim shundan iboratki sinflarda qo’uvchilar sonini kamaytirish, 20-22 nafardan oshmasligi, pedagogning har bir o’quvchi bilan alohida ishlash imkoniyatini beradi. Bu esa ta`lim sifatida samarali natija beradi degan umiddaman.


Bunday darslarni sifatli qilib yaratish murakkab jarayon, ammo biz pedagoglar tarbiyalanayotgan yosh avlodning o’ziga ishonch ruhida tarbiyalashimiz, o’quvchi qalbiga joylanayotgan o’ziga ishonch urug’i bir kun daraxt bo’lib meva beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar.


Q.Usmonov, U.Jo’raev. «O’zbekiston tarixi» 8-sinf uchun darslik. «O’qituvchi» nashriyoti.
Toshkent 2014. 54-sahifa.

Q.Usmonov, U.Jo’raev, G.Jo’raeva «O’zbekiston tarixi» 8-sinf uchun darslik. «O’qituvchi» nashriyoti. Toshkent 2019. 53-sahifa.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish