Zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallari
Shoxrux Baxtiyorovich Xamdamqulov
Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada energiya samarador binolar haqida ma’lumot
berildi. Binolarning issiqlik yo’qotish darajalari foizlarda berildi. Hozirgi kunda keng
foydalanilayotgan energiya samarador qurilish materiallari haqida qisqacha to’xtalib
o’tildi.
Kalit so’zlar
: Energiya samarador, energiya tejamkor, energiya istemoli,
izolyatsiya, isitish tizimi.
Modern energy-efficient building materials
Shokhrukh Baxtiyorovich Xamdamkulov
Jizzakh polytechnic instituti
Abstract
: This article provides information on energy efficient buildings. The
heat loss rates of the buildings are given as a percentage. A brief overview of the
energy-efficient building materials currently in use.
Keywords
: Energy efficient, energy saving, energy consumption, insulation,
heating system.
Energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy
etish hozirgi kunda global muammolardan biriga aylanib bormoqda. Turli
ekspertlarning baxolashlariga ko‘ra, asosiy energiya manbalari hisoblangan neft, gaz
va ko’mirning zaxirasi ko‘pi bilan yana 100 yilga yetishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda energiya iste’molining deyarli yarmi binolarga
to‘g‘ri keladi. Shu sababli resurs tejashning asosiy usullaridan biri bu binolarning
energiya samaradorligini oshirish xisoblanadi. Demak hozirgi zamon quruvchi
muhandislari qurayotgan bino badiiy me’moriy, funksional, iqtisodiy, texnik,
ekologik talablarga asoslanib quribgina qolmay yana bir muhim talab hisoblangan
energiya tejamkor yoki samarador talablariga ham javob bermog’i lozim bo’lmoqda.
Energiya samarador binolarni qurish bo’yicha jiddiy fikr yuritishlar o‘tgan
asrning oxirlaridan boshlandi. Bu sohada Avstriya, Germaniya, Shvetsiya
mutaxassislarini avvalo, elektr energiyasi va binoni isitishga ketadigan iqtisodiy sarf-
xarajatlarni tejash masalalario’rganib chiqildi. Ular tomonidan olib borilgan
tadqiqotlar uyning umumiy energiya samaradorligiga faqatgina izolyasiya yoki isitish
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
248
tizimi kabi ma’lum omillar, balki binoning nisbatan yorug‘likka qarab qurilishi,
qurilish shakli va xokazalar xam ta’sir qilishi aniqlandi.
Yaqin o’tmishda uylarni gaz bilan isitish arzon bo‘lgan vaqtlarda issiqlikni
tejovchi uylar haqida deyarli o’ylanilmagan ham. Butun dunyo bo’yicha energiya
resurslariga bo‘lgan narxlarning o‘sib borishi natijasida bugungi kunda vaziyat
tubdan o‘zgarmoqda. Quruvchilar ko‘prok issiqlikni yo‘qotishni kamaytiradigan
issiqlik saqlovchi uylarni qurish to‘g‘risida bosh qotirishmoqda. Sababi, issiqlik
devorlardan, derazalardagi tirqishlardan chiqishi yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, binoning issiqlik yo‘qotishi darajasi quyidagicha:
➢
ventilyasiya orqali -30-35 foiz,
➢
tomdan-10-20 foiz,
➢
derazalardan 20-40 foiz,
➢
devorlardan-15-25 foiz
➢
fundamentlar orqali yo‘qotish esa 15-20 foizni tashkil etadi.
Energiya samarador uylarni loyixalashtirishning asosiy prinsipi - bu ichki
xaroratni, muqobil energiya manbalaridan foydalanish xisobiga isitish tizimi va
ventilyasiyani qo‘llamagan xolda maqbul xolatda saqlab turish xisoblanadi.
Hozirda energiya samarador binolarni loyihalash va qurish uchun zamonaviy
energiya samaradorligiga ega qurilish materiallarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan
innovatsion-investitsion loyixalarni amaliyotga joriy etishning tashkiliy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish talab qilinmoqda.
Quyida zamonaviy energiya tajamkor binolar qurilishida keng qo’llanilayotgan
qurilish materiallarini keltilib o’tamiz.
Mineral vata - shishali tuzilishga ega bo‘lgan, zich bo‘lmagan material
hisoblanadi.
Mineral plita Izoterm P-35
sifati yuqori bo‘lgan issiqlik va tovush izolyasion
material xisoblanib, tosh vata asosida tayyorlanadi va sanoat xamda fuqoro
qurilishida qo‘llaniladi. Izoterm P-35 o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, suvni
o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Shu bilan birgalikda u 1000
0
C dan yuqori
temperaturaga chidamli, erimaydi va olovdan ishonchli himoya qiladi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
249
Izoterm P-50 tog‘ bazalt jinslaridan va sintetik bog‘lovchilar asosi da mineral
vatadan tayyorlanadi va sanoat va fuqaro qurilishida ishlatiladi. Magistral neft va gaz
quvurlarini, rezervuar, issiqlik tarmoqlari va quvurlarini izolyasiyallashda
qo‘llaniladi.
Texnonikolni ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida gabboro -bazalt guruxiga
kiruvchi tog‘ jinslari qo‘llaniladi. Shu sababli Texnonikol yong‘inga xavfsiz
xisoblanib, tolalarining erish temperaturasi 1000
0
C dan ortiq.
Texnonikol 99% xavodan va 1% tosh tolalaridan iborat.
Texnonikol olovni tarqalishini oldini oladi. Yuqori temperatura ta’sirida o‘zidan
zaxarli gazlarni chiqarmaydi. Barcha Texnonikol IIM lar gidrofob qo‘shimchalar
bilan ishlov berilgan, shu sababli ular suvni o‘tkazmaydi.
Shisha vata (momiq) mineral toladan iborat bo‘lib, uning xususiyatlari mineral
vataga yaqin. Shisha tolani olish uchun kvarsli qum, oxaktosh, dalomit, kalsiyli soda
va shisha chiqindilaridan foydalaniladi. Shisha vata xossalari mineral vata
xossalaridan farq qiladi.
Shisha vata tolalari qalinligi 3-15 mkm, uzunligi mineral vatanikidan 2-4 marta
katta. Shu sababli shisha vataning bikirligi va mus taxkamligi yuqori bo‘ladi.
Materalning issiqlik o‘tkazuvchanligi- 0,030-0,052 Vt/m
0
C. Temperaturaga
chidamliligi - 450
0
C
Bugungi kunda insoniyat tomonidan uning tabiiy resurslardan ayovsiz va
nooqilona tarzda foydalanishi natijasida kelib chiqayotgan tabiiy ofatlar va ekologik
ziddiyatlar oqibatlarining oldini olish zarurligini anglab etishi faoliyat yuritishning
ko‘pgina soxalarida, shu jumladan qurilishda xam burilish nuqtasi bo’ldi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
250
Natijada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asosida energiya
samaradorligiga ega va tejamkor zamonaviy uylarni qurish - bu xayotiy zarurat
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |