Object Inspector
oynasi ob'ekt xossalarini taxrirlash uchun xizmat qiladi. Object
Inspector oynasini yoritishdan avval C++ Builder 6da ob'ekt tushunchasini tavsiflab
o’tamiz. Ob'ektga yo’naltirilgan dasturlashda dastur bu ob'ektlar tizimi bo’lib, har bir
ob'ekt bir qator xossalarga ega bo’lishi mumkin. Xossa esa ma’lumotlar va ularni
boshqarish usullaridan (protseduralardan) iborat. Ob'ekt xossalari bu - ob'ektga berilgan
xarakteristika bo’lib, uning ko’rinishi, joylashishi va holatidir. Masalan, Width va Height
xossalari forma o’lchamini, Top va Lift esa formaning ekrandagi holati, Caption - sarlovha
matnini aniqlaydi. Bundan tashqari ob'ekt turli hodisalarni ham o’rnatishi mumkin. Hodisa
deb bajarish, boshqarish usuliga aytiladi, masalan, sichqonni bosish, kursorni siljitish va
hokazo amallarga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |