Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/39
Sana02.01.2022
Hajmi0,96 Mb.
#309925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan d



1-ma’ruza. 

 

Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash 

tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi. 

 

Reja: 

 

1.

 



Dasturlashnig zamonaviy texnologiyalari. 

2.

 



Dasturlash tillari turlari. 

3.

 



C++ dasturlash tili va uning lahjalari 

4.

 



Borland C++ Builder 6 tizimi 

 

Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-tеxnik, iqtisodiy,  matnli va sonli axborotlarni 

taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954 

yili  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  FORmyla  TRANslator  -formulalar  tarjimoni  dеgan  manoni 

anglatadi va ilmiy va muhandis – tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.  

ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til dеgan 

ma'noni anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.  

KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge  – 

“savdo-sotiq  masalalariga  mo’ljallangan  til”  dеgan  ma'noni  anglatadi.  Korxona  va 

tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan 

bog’liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun qo’llaniladi.  

BORLAND C++ BUILDER 6 tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, frantsuz olimi 

Blеz Borland C++ Builder 6 nomiga qo’yilgan. Toifali xildagi masalalar yеchimini olishda 

tartiblangan (struktoifaaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi. 

PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/`1 - 1-tartib raqamli 

dasturlash tili  ma'nosini anglatadi. Ushbu til  univеrsal tillar  toifakumiga kiradi. Bu tilda 

ishlab  chiqilgan  dasturlar  komputerni  yangisi  bilan  almashtirilganda  qaytadan  tuzib 

chiqilishi zarur emas. BЕYSIK (BASIC - Beginner's All 

Purpose 

Sumbolic 

Instruction  Code  -  boshlovchilar  uchun  ko’p  maqsadli  dasturlash  tili)  hisoblash 

algoritmlarini  yozish  uchun  qo’llaniladigan  algoritmik  tildir.  Bu  til  1965  yilda  Dartmut 

kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.  

Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matеmatik ifodalari, algoritmlar 

va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan 

komputerning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.  

Muammoga mo’ljallangan tillar komputerda masala yеchish usullari va dasturlash 

usullari  bilan  tanish  bo’lmagan  foydalanuvchilar  uchun  yaratilgandir.  Foydalanuvchi 

masalani  tariflashi,  boshlang’ich  malumotlarni  bеrishi  va  natijani  chiqarishning  talab 

qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.  

          Komp’yuterda  dasturlash  oxirgi  yillarda  juda  tez  rivojlanib  dastur  tuzishga 

qiziquvchilar  soni  oshib  bormoqda.  10-15  yil  oldin  o’z  dasturlarini  Windows  muhitida 

yaratish  ko’pgina  dasturchilarning  orzusi  edi.  Dasturlashtirish  vositalarining  zamonaviy 

texnologiyalari  aynan  shu  imkoniyatlarni    amalga  oshirish    uchun  qaratilgan.  Hozirgi 

vaqtda yuqori darajali dasturlash tillaridan Borland C++ Builder 6, C++,  Java kabi tillar 

Windows muhitida dasturlash imkonini beradi.  

C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki 

oddiy astur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi.  Juda qisqa vaqt ichida Borland 

korporatsiyasi C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning 



oxirgi  laxjalarida  ma'lumotlar  bazasini  yaratish  va  qayta  ishlash,  Internet  tarmog’idan 

foydalangan  holda  ma'lumotlar  alamashinuvini  o’rnatish,  dasturlashning  ob'ektga 

yo’unaltirilgan  modelini  keng  qo’llash,  visual  dasturlashda  yangi  komponentalar 

kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.    

            Borland  C++  Builder  (Borland  C++  Builder  6)  -  Windows  operatsion  tizimida 

dastur  yaratishga  ob’ektga  yo’naltirilgan  dasturlash  muxitidir.    Borland  C++  Builder  6 

dasturlash  muhitida    dastur  tuzish  zamonaviy  vizual  loyihalash  texnologiyalariga 

asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.  

Borland C++ Builder 6  - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar 

kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan: 

-

 

yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;  



-

 

ob'ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;  



-

 

dastur ilovalarini vizual tuzish;  



-

 

ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.  



Borland C++ Builder 6 - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay 

bo’lgan  vosita  bo’lib,  komp’yuterda    dastur  yaratish  ishlarini  avtomatlashtiradi, 

xatoliklarni  kamaytiradi  va  dastur  tuzuvchi  mehnatini  engillashtiradi.  Delhida  dastur 

zamonaviy  vizual  loyihalash  texnologiyasi  asosida  ob'ektga  yo’naltirilgan  dasturlash 

nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. 

Ma'lumki,  dastur  tuzish  sermashaqqat 

jarayon, lekin Borland C++ Builder 6  tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va 

masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi.  

Borland C++ Builder 6 tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, 

hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. 

Borland  C++  Builder  6  o’zida  bir  qancha  zamonaviy  ma'lumotlar  bazasini 

boshqarish  tizimlari,  dasturlash  texnologiyalarini  ham  ma'lumotlar  bazasini  yaratishda 

ishlatadi. 

Borland C++ Builder 6ning asosiy xarakteristikalari . 

- C++ Builder 6 - bir nechta dasturlash texnologiyalarni ishlata oladi; 

- yuqori darajali kompilyatorga ega; 

- komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli mavjud; 

- ilovalarni vizual ravishda tuzish imkoniga ega; 

-ma'lumotlar bazalarini yaratishda maxsus vositalardan foydalaniladi. 

Komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli  tayyor ob'ektlardan foydalanib 

yangi  ilovalar  yaratish,  shu  bilan  birga  foydalanuvchining  shaxsiy  ob'ektlarini  yaratish 

imkonini beradi.   

  

Borland  C++  Builder  6ning  standart  ob'ektlari  270tadan  ortiq  asosiy  sinflarni 



birlashtiradi. Borland C++ Builder 6 sinflari murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lgan 

vizual  komponentalar  kutubxonasini  (Visual  Component  Library  -VCL)  tashkil  qiladi. 

VCL tarkibiga kiruvchi yuzlab sinflar mavjud.  

Ilovalarni vizual ravishda tuzish. Vizual dasturlash vizual ravishda loyixa proektini 

tuzish va uning asosida programma kodini  yaratish imkonini beradi. Vizual dasturlashni 

amalga oshirish  uchun Borland  C++ Builder  6, Borland C++  tizimlaridan foydalaniladi. 

Vizual  dasturlash  texnologiyasida  ob'ekt  deganda  muloqat  oynasi  va  boshqarish 

elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) 

tushuniladi. 

 

Borland C++ Builder 6da dasturlash ikkita o’zaro ta'sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq 



jarayon asosida tashkil qilinadi: 

 

-dasturni vizual loyihalash jarayoni; 




 

-dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni. 

 

Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni shakllanadi. 



Dasturchi  vizual  loyihalash  jarayonini  bajarganda  Borland  C++  Builder  6    avtomatik 

ravishda dastur kodini yaratishni boshlaydi. Dasturchi loyihasini ishlashi mobaynida dastur 

kodini C++ tilining maxsus operatorlari bilan to’ldiradi.  

Ma’ruzada  Borland  C++  Builder  6  tizimida  ishlash  tavsifi  keltirilgan  bo’lib,  bu 

dastur ham Windows amaliyot tizimining boshqa dasturlari kabi ishga tushiriladi: 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish