1-ma’ruza.
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash
tillari. Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasi.
Reja:
1.
Dasturlashnig zamonaviy texnologiyalari.
2.
Dasturlash tillari turlari.
3.
C++ dasturlash
tili va uning lahjalari
4.
Borland C++ Builder 6 tizimi
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-tеxnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni
taxlil qilish va boshqa masalalarni yеchish tillari ma’lum. Masalan: FORTRAN tili 1954
yili ishlab chiqilgan bo’lib, FORmyla TRANslator -formulalar tarjimoni dеgan manoni
anglatadi va ilmiy va muhandis – tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til dеgan
ma'noni anglatadi va ilmiy-tеxnik masalalarni hisoblashlarda qo’llaniladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge –
“savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til” dеgan ma'noni anglatadi. Korxona va
tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan
bog’liq iqtisodiy masalalarni yеchish uchun qo’llaniladi.
BORLAND C++ BUILDER 6 tili 1971 yilda e’lon qilingan bo’lib, frantsuz olimi
Blеz Borland C++ Builder 6 nomiga qo’yilgan. Toifali xildagi masalalar yеchimini olishda
tartiblangan (struktoifaaviy) dasturlar tuzishda qo’llaniladi.
PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/`1 - 1-tartib raqamli
dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til univеrsal tillar toifakumiga kiradi. Bu tilda
ishlab chiqilgan dasturlar komputerni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib
chiqilishi zarur emas. BЕYSIK (BASIC - Beginner's All
Purpose
Sumbolic
Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash
algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik tildir. Bu til 1965 yilda Dartmut
kollеji xodimlari Kеmini va Kurtslar tomonidan ishlab chiqilgan.
Protsеduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matеmatik ifodalari, algoritmlar
va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan
komputerning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi.
Muammoga mo’ljallangan tillar komputerda masala yеchish usullari va dasturlash
usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi
masalani tariflashi, boshlang’ich malumotlarni bеrishi va natijani chiqarishning talab
qilingan ko’rinishini aytishi kifoya.
Komp’yuterda dasturlash oxirgi yillarda juda tez rivojlanib dastur tuzishga
qiziquvchilar soni oshib bormoqda. 10-15 yil oldin o’z dasturlarini Windows muhitida
yaratish ko’pgina dasturchilarning orzusi edi. Dasturlashtirish vositalarining zamonaviy
texnologiyalari aynan shu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun qaratilgan. Hozirgi
vaqtda yuqori darajali dasturlash tillaridan Borland C++ Builder 6, C++, Java kabi tillar
Windows muhitida dasturlash imkonini beradi.
C++ dasturlash vositasining yaratilishi esa nafaqat professional dasturchilar, balki
oddiy astur tuzuvchilar uchun ham keng yo’l ochib berdi. Juda qisqa vaqt ichida Borland
korporatsiyasi C++ning bir qator (1 tadan 8 tagacha) laxjalarini ishlab chiqdi. C++ ning
oxirgi laxjalarida ma'lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash, Internet tarmog’idan
foydalangan holda ma'lumotlar alamashinuvini o’rnatish, dasturlashning ob'ektga
yo’unaltirilgan modelini keng qo’llash, visual dasturlashda yangi komponentalar
kutubxonasini (VCL) yaratish kabi asosiy farqli imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.
Borland C++ Builder (Borland C++ Builder 6) - Windows operatsion tizimida
dastur yaratishga ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash muxitidir. Borland C++ Builder 6
dasturlash muhitida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash texnologiyalariga
asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob'ektga yo’naltirilgan g’oyasi mujassamlashgan.
Borland C++ Builder 6 - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar
kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan:
-
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
-
ob'ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
-
dastur ilovalarini vizual tuzish;
-
ma'lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Borland C++ Builder 6 - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay
bo’lgan vosita bo’lib, komp’yuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi,
xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur
zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob'ektga yo’naltirilgan dasturlash
nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi.
Ma'lumki, dastur tuzish sermashaqqat
jarayon, lekin Borland C++ Builder 6 tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va
masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50-80%ni tizimga yuklaydi.
Borland C++ Builder 6 tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi,
hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.
Borland C++ Builder 6 o’zida bir qancha zamonaviy ma'lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari, dasturlash texnologiyalarini ham ma'lumotlar bazasini yaratishda
ishlatadi.
Borland C++ Builder 6ning asosiy xarakteristikalari .
- C++ Builder 6 - bir nechta dasturlash texnologiyalarni ishlata oladi;
- yuqori darajali kompilyatorga ega;
- komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli mavjud;
- ilovalarni vizual ravishda tuzish imkoniga ega;
-ma'lumotlar bazalarini yaratishda maxsus vositalardan foydalaniladi.
Komponentalarning ob'ektga yo’naltirilgan modeli tayyor ob'ektlardan foydalanib
yangi ilovalar yaratish, shu bilan birga foydalanuvchining shaxsiy ob'ektlarini yaratish
imkonini beradi.
Borland C++ Builder 6ning standart ob'ektlari 270tadan ortiq asosiy sinflarni
birlashtiradi. Borland C++ Builder 6 sinflari murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lgan
vizual komponentalar kutubxonasini (Visual Component Library -VCL) tashkil qiladi.
VCL tarkibiga kiruvchi yuzlab sinflar mavjud.
Ilovalarni vizual ravishda tuzish. Vizual dasturlash vizual ravishda loyixa proektini
tuzish va uning asosida programma kodini yaratish imkonini beradi. Vizual dasturlashni
amalga oshirish uchun Borland C++ Builder 6, Borland C++ tizimlaridan foydalaniladi.
Vizual dasturlash texnologiyasida ob'ekt deganda muloqat oynasi va boshqarish
elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa)
tushuniladi.
Borland C++ Builder 6da dasturlash ikkita o’zaro ta'sir etuvchi bir-biri bilan bog’liq
jarayon asosida tashkil qilinadi:
-dasturni vizual loyihalash jarayoni;
-dastur kodlarini kiritish (yozish) jarayoni.
Vizual loyihalash jarayonida dasturda yaratilayotgan ilovaning dizayni shakllanadi.
Dasturchi vizual loyihalash jarayonini bajarganda Borland C++ Builder 6 avtomatik
ravishda dastur kodini yaratishni boshlaydi. Dasturchi loyihasini ishlashi mobaynida dastur
kodini C++ tilining maxsus operatorlari bilan to’ldiradi.
Ma’ruzada Borland C++ Builder 6 tizimida ishlash tavsifi keltirilgan bo’lib, bu
dastur ham Windows amaliyot tizimining boshqa dasturlari kabi ishga tushiriladi: