Poyabzallarning konstruktiv tavsifi (1)
Zamonaviy poyabzallar konstruksiya jihatidan qiyofasi (ko‗rinishi), ishlatiladigan materiallar, detallarning tuzilishi, soni, shakli vao‗lchamlari, shuningdek detallarning o‗zaro tikilishi kabi belgilar bilan ta‘riflanadi. Bu belgilardan tashqari poyabzal o‗zining ichki shakli, tuzilishi, kimlar uchun mo‗ljallangani va yosh-jinsiy guruhlarga qarab bo‗linadi. Har bir yosh-jinsiy guruh o‗z navbatida har xilo‗lcham va to‗laliklarga ajratiladi. Poyabzal qachon va qayerda ishlatilishiga qarab, maishiy hamda maxsus guruhlarga bo‗linadi. Maishiy guruh o‗z navbatida — kundalik, modelli (bashang) va uy (xona)da kiyiladigan turlardan tashkil topgan. Maxsus guruh poyabzalni tayyorlashda oyoqni har xil xavf ta‘siridan saqlash maqsadida himoyalovchi materiallar qo‗llangan poyabzal bo‗lib, o‗z navbatida, ishlab chiqarish korxonalarida, sport turlari bo‗yicha va tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan poyabzallar hisoblanadi. Poyabzal qiyofasi jihatidan quyidagi 5 turi mavjud: tasmali sandallar, tuflilar, qo‗njsiz botinkalar, botinkalar va etiklar . Tasmali sandallar — ustki detallari tasmalardan iborat yoki old va orqa tomonlari juda ochiq bo‗lgan poyabzallar. Tufli — dastagi to‗piqdan past bo‗lgan, usti esa panjaning sirtini to‗la qoplamaydigan poyabzal. Qo‗njsiz botinka — dastagi to‗piqdan past bo‗lgan, ustki detallari oyoq panjasining sirtini to‗la qoplaydigan va oyoq panjasiga birorta yordamchi moslama (bog‗ich, rezinka) bilan mahkamlanadigan poyabzal. Botinka — dastagi to‗piqni berkituvchi va oyoqqa birorta yordamchi moslama bilan mahkamlanadigan poyabzal. 145 Etik — uzun qo‗njli, oyoq panjasini, boldirini, ayrim maxsus hollarda hattoki sonni qoplaydigan poyabzal. 11.2. Poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladgan materiallar Poyabzallarning detallari qayerda, qaysi maqsadlarda va bajaradigan ishiga qarab ularda ishlatiladigan materiallar ham turlichadir. Asosan, charm, to‗qima material (gazmol)lari, sun‘iy va sintetik charmlar. yog‗ochlar hamda metallar ishlatiladi. Hamma ishlatiladigan materiallar o‗z fizik-mexanik xususiyatlariga qarab tanavor, ya‘ni ustki detallar poyabzalning bikirligini oshirishda ishlatiladigan karkas materiallar va tag detallar uchun ishlatiladigan materiallar kabi uch guruhga bo‗linadi.
1. Ustki detallarida ishlatiladigan, qalinligi 1—2,5 mm, bikirligi kam, ko‗p martali egilish, bukilish deformatsiyalariga yaxshi ishlaydigan, egilish radiusi esa 0,5—1 mm bo‗lgan materiallar. 2. Oraliq detallarida ishlatiladigan karkas materiallar kam egiladigan, birinchi guruhga nisbatan bikirligi katta, asosan, charm buyumlarining shaklini ushlab turadigan materiallar. 3. Tag detallarida ishlatiladigan: ishqalanish, ko‗p marotabali egilish, bukilish (egilish radiusi 50 mm), siqilish va cho‗zilish deformatsiyalariga yaxshi ishlaydigan qalin materiallar. Poyabzal, asosan, tanavorning sirtqi va taglikning materiallariga qarab turlarga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |