Tugun deb, texnologik birlikni tashkil etuvchi o‘zaro birlashuvchi bir nechta detallar birlashmasiga aytiladi. Guruh deb, o‘zaro birlashgan ammo tanavorni yoki buyumni hosil qilmaydigan tugunlarga aytiladi. Ustlik tanavori yoki poyabzal konstruktiv asosi chizmalarida tanavorni yoki buyumni barpo qiluvchi barcha detallarga raqam qo‘yiladi, ular tarkibiy qismlarga: guruhlar tugunlar va detallarga bo‘linadi. Bunday bo‘lib chiqishi uchun tayyor tanavor yoki poyabzal namunalaridan foydalanish mumkin. Alohida guruhlar 297 va tugunlar mos ravishda bir nechta tugun va detallardan tuzilgan. Avval boshqa guruh va tugunlar bilan kam kesishadigan guruh hamda tugunlar ajratib olinadi. Detallarni tugunga, tugunnni guruhlarga shunday ketma-ketlikda yig‘ish kerakki, birikadigan keyingi detal xalaqit bermasdan bajariladigan tadbirlarga yengillashtirib, buyum sifatini oshirsin. Detallarni shu tariqa yig‘ib tanavorni yig‘ish sxemasi tuziladi. Quyidagi shartli belgilardan foydalaniladi: detal to‘rtburchak shaklida uch qismga bo‘lib chiziladi va chap tomoniga tartib raqami, o‘ng tomoniga detalning soni ko‘rsatiladi. Tugun esa raqamlanmaydi. Guruhlar ham to‘rtburchak shaklida ikkita parallel chiziqlar orqali tasvirlanadi.
Terilarning sifati, ya’ni tayyor charm va mo‘yna ishlab chiqarish uchun ularning yaroqligi va ishlab chiqarish usullarini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlovchi xossalarga quyidagilar: maydoni bo‘ylab qalinligi va tekisligi, maydoni, massasi, zichligi, epidermis va teri osti to‘qimasi qalinligi, jun qoplamining rivojlangan darajasi, dermaning to‘rli va g‘uddali qatlamlarining o‘zaro munosabati, dermadagi tolalarning o‘rama xarakteri, topografik qismlarning rivojlanganlik darajasi, kimyoviy va oqsil tarkibi, nuqsonlari, jun qoplami xarakteri (mo‘yna xom ashyolari uchun) kiradi. Terining qalinligi charm maqsadini va 100m 2 charmga sarf bo‘ladigan xom ashyoning miqdorini belgilaydi. Cho‘zishda mustahkamlikning chegarasi va ishlab chiqarish jarayonlariga ishlov berish muddati ko‘p miqdorda terining qalinligiga bog‘liq. Qancha teri tekis bo‘lsa, shuncha undan charm bichish ham qulay, ham foydali bo‘ladi. Terining qalinligi bo‘ylama yo‘nalishda 30 dumg‘azadan yoqaga qarab, ko‘ndalang yo‘nalishda arrakushtdan etakka qarab kamayishi yoki yopqichdan qorin qismiga qarab yo‘nalishda terining yupqalanish nuqsoni qalinlikni yo‘qotish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |