TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI TALABASI XOJANAZAROVA GULNIGORNING FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
REJA:
1.Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari.
2.Axloqiy tarbiyaning kamchiliklari.
3.Yosh avlodning manaviy axloqiy tarbiyasi.
Bilamizki hozirgi zamonda muomala madaniyati hayotning asosiy uzaglaridan biri hisoblanadi. Chunki insonlar bir biriga qanday muomala bilan murojat qilishi uni qanday tarbiya kurganidan darak beradi. Hozirgi zamonda bu haqda har hil iboralar, maqollar mavjud. Masalan yaxshi gap bn ilon inidan chiqadi, yomon gap bn pichoq qinidan. Bunday frazalardan juda kup. Inson bu hayotda ya'ni o'tkinchi hayotda bir biriga mehrli bulishi va hushmuomala bulishi darkor. Shunda hammasi joyida hech qanaqa muommo tug'ulmaydi. Bulsayam osonlik bn yechiladi va Hal qilinadi. Men shunday o'ylayman.
Axloqiy madaniyat mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchi-tadabalar tomonidan ma’naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo‘lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Axloq va axloqiylik muammolari insonning ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutgani bois, bu masala azaldan yetuk faylasuflar, allomalarning diqqat-e’tiborida turgan. Chunonchi, o‘z asarlarida inson axloq normalarini egallasagina ma’naviy kamolotga erishishi mumkinliini ta’kidlagan Abu Nasr Forobiy axloqiy kamolot shartlari va asoslarining sharhiga alohida to‘xtalib, axloqiy kamolotga erishish, avvalo, shaxs jamiyat a’zolari bilan faoliyatda mushtarak-mutanosib bo‘lsa, uning ongida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy manfaatlarga ham moyillik yuzaga kelishi orqali amalga oshishini ko‘p bor tilga oladi.
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy axloqiylik insonning kishilarga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga real, amaliy munosabati asosida shakllanishini ta’kidlaydi. Beruniy insonni oliy mavjudot sifatida tavsif etar ekan, Alloh unga inoyat etgan aql-zakovatga munosib bo‘lmog‘i kerakligini bayon etib, insondagi noxush axloqsizlik, badfe’llik, avvalo, uning o‘zi uchun, qolaversa, jamiyat uchun katta musibat keltirishini uqtiradi.
Axloqiy qadriyatlar tabiat hamda inson, jamiyat va milliy– elatlarning ijtimoiy hayotidagi jarayon, voqealik hodisalarga xos axloqiy munosabatlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Axloqiy qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga millat xususiyatlarga ham boydir. Ayniqsa, qadriyat umuminsoniy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga milliy xususiyatlarga o‘zining mazmun–mohiyati, mavqei, jamiyat va inson kamolidagi ahamiyati va betakrorligi, serqirra va sermazmunligi bilan millatimiz mentalitetiga xos va ma’naviyatimizga mos hamda hayotimizning uzviy bir qismi, ya’ni ma’naviy hayotimizning negizi sifatida ajralib turadi.
Axloqiy qadriyatlarning tub ma’nosi har bir jamiyatga adolat, birdamlik, ezgulik, mustaqillik, tenglik va erkinlik imkoniyat asosida komil, yetuk va mukammal insonni kamol toptirishga qaratilgan. Mustaqil yurtimizda yuz berayotgan salohiyatli iqtisodiyotni barpo etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish, huquqiy va ijtimoiy munosabatlarni yangilash, ijtimoiy–mafkuraviy va ma’naviy–axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, fuqarolarda fikr erkinligi, tafakkur teranligi, Vatanga sadoqat, tashabbuskorlik va ishbilarmonlik, kasbkorlik, odob va madaniyatni yuksaltirish, mulkdorlik sinifni shakllantirishda axloqiy qadriyatlar muhim zamin va omil bo‘ladi va bo‘lmoqda.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |