www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 67
jarayonlar va olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, maktablarda tabiiy fanlarni o'qitish
uchun laboratoriya jihozlari bo'yicha yangi talablar yuzasidan takliflarni ishlab
chiqish ham belgilandi". Biroq biologiya xonasi va laboratoriyasini zamonaviy,
didaktik-ko'rgazmali ko'rsatmalar bilan jihozlanishiga bo'lgan talablar hali yetarlicha
ishlab chiqilmadi. Psixologlar A.N. Leontiev, Naumov va boshqalar isbotladilarki,
odam ko'rgan narsasining 50 foizini eslab qoladi, eshitgan narsasi esa atigi 20 foiz
takrorlanadi, o'qituvchilarni charchatmasdan, diqqatni darsning bir elementidan
ikkinchisiga o'tkazishga majbur qiladi. O'rta ta'lim tizimida Biologiya xonasining
jihozlanishiga oid talablar masalasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tahlil
qilingan. Jumladan, rus tadqiqotchilardan A.I.Nikishov, V.M. Panamareva,
V.M.Konstantinov va boshqalar biologiyani o'qitishning o'quv-moddiy bazasini
oqilona tashkil etilgan va jihozlangan xona deb hisoblaydilar, unda o'quv jihozlarini
joylashtirish, saqlash va ishlatish uchun sharoitlar yaratilgan.
Biologiyani fanini chuqur o'rganishda laboratoriya ishlarini olib borishi muhim
ahamiyatga ega. Yangi bilim va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish, amaliy o'qitish
usullaridan foydalanish laboratoriya ishining asosiy mohiyati hisoblanadi. O`quv
jarayoniga qo`yiladigan zamonaviy talablar o`qituvchilarni talabalar faoliyatini
tashkil etish orqali bilim, ko`nikmalarni shakllantirishga yo'naltiradi. Laboratoriya
ishini biologik ob'ektlardan, ko`rgazmali qurollardan, biologik moslamalar va
materiallardan mustaqil foydalanish kabi zarur ko`nikmalarni shakllantirish bilan
birgalikda nazariy bilimlarni qo'llash, chuqurlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan
faoliyat deb tariflash mumkin. Laboratoriya ishlarining aksariyati tadqiqotchilik
faoliyatini olib borishga asoslangan bo'ladi. Laboratoriya ishi bu - asbob uskunalar va
boshqa texnik moslamalardan foydalangan holda tajribalar o'tkazish, biologik
jarayonlarni maxsus jihozlar yordamida o'rganishdir; Laboratoriya ishlarini tashkil
etish asosan quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Laboratoriya ishi yuzasidan vazifalarni belgilash:
2. O'rganilayotgan material yoki ob'yekt tarkibi xususiyatlari haqida ma`lumot berish
va suhbat o'tkazish;
3. Tajribalarni mustaqil bajarishga kirishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |