www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 63
Bu kurashda Amir Shohmurod g’alaba qozonib, afg’onlarni mag’lub etadi.
Temurshoh Amir Shohmurod bilan 1788-yilda sulh tuzishga majbur bo’ladi. Bu
sulhga ko’ra, Afg’oniston Andxoy, Shiberg’on, Saripul va Axcha viloyatlarini
Buxoroga qaytarib berib, Amudaryo har ikki davlat o’rtasidagi chegara bo’lib
qolishiga kelishilgan edi. Lekin 1793-yilda Temurshoh Durroniy vafotidan
foydalangan Amir Shohmurod Balx shahrini egallaydi. Bu esa Hindiston bilan savdo-
sotiqni jonlanishiga yo’l ochdi. Amir Shohmurod shialarga qarshi ittifoqchisi deb
hisoblagan Usmonli turk imperiyasiga bir necha bor elchilar jo’natganligi haqida
ma’lumot mavjud. Uning hukmronlik yillarida Turkiyani sulton Selim III (1789-
1807) boshqargan edi.
Amir Shohmurod Usmonli turk imperiyasiga elchilar yuborishining asosiy sababi
bu ikki davlat o’rtasida savdo munosabatlarini o’rnatish emas edi, balki Eronga
qarshi birgalikda “muqaddas urush” olib borishga ko’ndirish edi. Lekin Selim III
ning Eron bilan urishishga imkoni yo’q edi, chunki 1791-yilda bo’lib o’tgan rus-
turk urushidagi mag’lubiyat, mamlakatdagi tartibsizlik, iqtisodiy tanglik sababli
buning iloji ham yo’q edi. Selim III huzurida bo’lgan Buxoro elchilari dastlab
ijobiy javobni olishgan, ularning keyingi tashriflarida sulton bu urushda
qatnasholmasligini, lekin ikki davlat o’rtasida diplomatik va savdo aloqalarini
mustahkamlashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Islom va shariat qoidalariga davlat boshqaruvida jiddiy qo’llagan Shohmurodxon
Xurosonni bo’ysundirish maqsadida, 1789-yilda Marv shahrini to’liq egallagach,
diqqat e’tiborini Eronning shimoliy hududlarini ham bo’ysundirishni maqsad qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Amir Shohmurod 1790-yillardan to hukmronligi
tugagunga qadar har yili bir yoki ikki marta Xurosonga yurish qilgan, ba’zi harbiy
harakatlarga o’zi boshchilik qilgan, ba’zan o’rniga ma’sul kishi tayinlab harbiy
kuch jo’natib turgan. Garchi, Xurosonni egallay olmagan bo’lsada Buxoro lashkari
har bir harbiy yurishdan katta o’ljalar va ko’p asirlar bilan qaytgan. Harbiy asirlar
qul qilinib, Buxoro shahridagi qul bozorlarida sotuvga quyilgan.
Amir Shohmurod taxtga kelgach, tashqi savdoni rivojlantirishda Rossiya bilan
savdo aloqalariga alohida e’tibor qaratdi. Uning davrida Buxoroning Rossiya bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |